Oltin nega qimmatbaho metall hisoblanadi?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Bashariyat tarixining ibtidosidan boshlab oltin qimmatbaho metall hisoblanib, juda qadrlangan. Balki bu inson bilgan, intilgan eng noyob, topilmas birinchi metalldir? Oltin tabiatda o‘zga metall va ma’dan qo‘shilmalarisiz, sof holda uchraydigan metall bo‘lganligi uchun ham qadimdan odamlar e’tiborini o‘ziga jalb qilib kelgan. U sarg‘ish tusda bo‘ladi. Qadim zamonlardayoq odamlar undan turli xil bezaklar yasaganlar. Ayniqsa, bu metallga ishlov berish osonligi ma’lum bo‘lgach, uning qadri yanada oshgan. Sof oltindan osongina yupqa lappak (doyra) yasab, uni sindirmasdan buklash mumkin. Shuning uchun odamlar qadim zamonlardayoq undan istagan shakllardagi asbob-uskunalarni, bezaklarni, qo‘girchoqlarni va haykallarni yasashgan. Dastlab undan- soch turmagini ushlab turadigan gardishlar ishlangan. Boshga kiyiladigan oltin toj va tillaqosh bezaklar ham ana shunday gardish taqishdan boshlangan.
Yerdagi oltin zaxiralari juda cheklangan miqdorda. Shuning uchun ham oltin koni bo‘lmagan mamlakatlar o‘zlaridagi boshqa noyob boyliklarini oltinga almashtirishga harakat qilishadi. Natijada, oltin o‘sha ayirboshlashda, savdo mezoniga aylangan, Boshqa metallardan yasalgan buyumlar vaqt utishi bilan yaroqsiz holga kelishi mumkin, lekin tilla buyumlarga vaqt ta’sir qilmagani sababli, oltinning qiymati oshib boraveradi. Oltin va kumush haqida ko‘plab xalq maqollari yaratilganligiga ham sabab shu. Muayyan bir mamlakatda zarb qilinadigan pul ham o‘sha davlat bankida saqlanayotgan tillaning miqdoriga qarab chiqariladi.
Darvoqe, hozir jahonda qazib olinayotgan tillaning taxminan yarmi AQSH moliya vazirligiga tegishli bulib, Amerika banklarida saqlanmoqda.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80