Olov nima?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Havodagi kislorod tarkibi va yonuvchi jismning o‘zaro ta’siridan issiqlik ajraladi. Bu jarayon tezlik bilan sodir bo‘lsa alangalanish, tutash yoki portlash ro‘y beradi. Daraxt yoki qog‘ozning kislorod bilan kirishuvidan olov paydo bo‘ladi. Avtomobil motoridagi yonish jarayoni ham xuddi shunday — benzin bilan havodagi kislorodning reaksiyaga kirishuvidan sodir bo‘ladi. Bu jarayon tezda ro‘y bergani uchun "portlash" deiiladi. Yana shunday yonishlar borki, biz ularni yillar mobaynida sezmasligimiz mumkin. Masalan, metall buyumlarning zanglashi ham sekin yonishdir.
Jismning sekin yonishidan ajraladigan issiqlik havoga tarqalmasa, undagi harorat ko‘tarilib, alangaga aylanishi mumkin. Masalan, yopiq xonada qoldirilgan moyli lattaning oksidlanishidan ajralgan issiqlik havoga o‘tmasdan, o‘zida to‘planadi va harorat ko‘tarila-ko‘tarila borib, oqibatda latta o‘t olib, ulkan noxushliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
Olov kislorodsiz yonmaydi. Tabiat esa har qancha olov chiqarishga yetadigan kislorodga ega. Biz nafas olayotgan havoning taxminan 21 foizi kisloroddan iborat. Olov hosil bo‘lishi uchun kisloroddan tashqari "yonuvchi" jism, ya’ny yonilg‘i kerak. Masalan, yog‘och, kumir, koks, kerosin va gazlarning ayrim turlari yonilg‘i hisoblanadi. Yonish jarayonida havo tarkibidagi ikki atom yonilg‘i uglerodining bir atomi bilan qo‘shilib, ikki oksidli uglerod hosil bo‘ladi.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80