Olmos pishiqligi (mustahkamligi) qanday bo'ladi?

Материал из Wikipedia | Haqida
(перенаправлено с «Olmos pishiqligi (mustahkamligi) qanday buladi?»)
Перейти к: навигация, поиск

Agar sizda ozgina plastilin bo‘lsa uni qattiqlashtirish va pishitish uchun ezib, iylaysiz. Qancha ko‘p iylasangiz, plastilin pishiqligi ham shuncha oshib boradi. Olmoslar ham tabiatda xuddi shunday jarayonlar tufayli paydo bo‘lgan. Yuz million yillar muqaddam yer sathi asta soviy boshlagan. Yer qa’rida, chuqurliklarda esa tog jinslarining ulkan massasi erigan holatda, yuqori harorat va kuchli bosim ostida bo‘lgan. Ana shu bosim ostidagi uglerod bugun biz "olmos" deb ataydigan noyob moddaga aylangan.
Olmoslar — yerdagi eng qattiq moddalardir. Ammo uning qay darajada qattiqligini aniq belgilash juda qiyin. Qattiqlik darajasiii aniqlash uchun bir ma’danni ikkinchisi bilan tirnab, ishqalab ko‘riladi. 1820 yilda tadqiqotchi Moos ana shunday uslubga asoslanib, minerallarning qattiqlik miqdorini belgilab chiqdi va shunga moye jadval tuzdi. Jadvalda minerallar qattiqlik darajasiga qarab quyidagi tartibda joylashtirilgan: 1.Talk. 2.Gips. Z.Kalsitlar. 4.Flyuoritlar. b.Apatitlar. b.Dala shpati. 7.Kvars. V.Topaz. 9.Korund. 10.Olmos.
Bu ma’lumotlar bir ma’danning ikkinchisiga nisbatan pishiqligiga kura olingan. Ammo ma’lum bo‘lishicha, korund qattiqlikda — to‘qqizinchi, olmos — o‘ninchi o‘rinlarda bo‘lsa-da, ularning o‘rtasidagi farq judayam katta, zero olmosning qattiqlik darajasini boshqa biror modda bilan solishtirib bo‘lmaydi. Agar olmos shu darajada qattiq bo‘lsa, ularning darajasi qanday aniqlanadi? Olmosni faqat boshqa olmos bilangina kesish mumkin. Olmoslarga qirra beruvchi asboblarning kesuvchi tig‘iga olmos kukun qoplanadi.
Sanoatda olmosdan turli maqsaddarda foydalaniladi. Masalan, olmos optik shishalarga sayqal berishda, mis, brinj (bronza) va boshqa metallardan turli xil asboblar tayyorlashda, oyna qirqishda ishlatiladi.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80