Olamning yetti mu’jizasi hozir ham bormi?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Qadimgi odamlar "Olamning yetgi mu’jizasi" deb sanalgan inshootlarning qachonlardir yo‘q bo‘lib ketishi mumkinligiga ishonishmagan bo‘lardi, "Olamning yetti mo‘jizasi"dan bizning davrgacha bittasigina saqlanib qolgan, xolos. Bundan 5000 yil muqaddam Misrda bunyod etilgan hamda fir’avnlar va ularning rafiqalari dafn etilgan Xufu (yunonlar Xeops deyishadi) ehromigina omon qolib, hozirgi kungacha insonlarni lol qoldirib kelmoqda.
Olamning yetti mo‘jizalaridan yana biri — hozirgi Iroq hududida joylashgan Bobilning muallaq bog‘lari hisoblanadi. Bizning eramizdan oldin, taxminan 600 yilda shoh Navoxudonosor ko‘rsatmasiga binoan qurilgan. Bog‘ning g‘ishtdan barpo etilgan yuz metrlik devorlari endylikda vayrona holatiga kelgan.
Uchinchi mo‘jiza — Yunonistonning Olimpiya shahrida haykaltarosh Fidiy tomonidan bunyod etilgan Zevs haykalidir. Haykalning balandligi o‘n ikki metr. U fil suyagidan yasalgan bo‘lib, Zevs oltin libosda, uning ko‘zlari qimmatbaho toshlardan ishlangan edi. Haykal bizning zamonlargacha yetib kelmagan.
To‘rtinchi mo‘jiza — hozirgi Turkiya hududidagi Efes shahrida ma’buda Artemida sharafiga bunyod etilgan ibodatxona. Ibodatxonaning tomini un sakkiz metrlik marmar ustunlar ko‘tarib turgan, ichida esa yunon rassomlarining eng nodir asarlari saqlangan. 262 yilda shaharga bostirib kirgan gotlar uni yoqib, vayronaga aylantirishgan. Beshinchi mo‘jiza — hozirgi Turkiya hududidagi Galikarnas shahrida eramizdan oldin 353 yilda vafot etgan Mavsol uchun qurilgan maqbaradir. Bu inshootning shu qadar muhtasham va noyobligidan biz bugun ham ana shunday chiroyli ishlangan noyob maqbaralarni "mavzoley" deb ataymiz.
Oltinchi mo‘jiza — Quyosh tangrisi Gelios sharafiga Rodos orolida o‘rnatilgan muazzam haykal Kolossdir. Balandligi 32 metrlik haykal eramizdan oldingi 224 yilda zilzilada vayron bo‘lgan.
So‘nggi, yettinchi mo‘jiza — Faros orolidagi mayoq edi. Uning qurilishi eramizdan oldingi, taxminan 283 yilda Misr sohillari yaqinida, Faros orolida boshlanadi. Aytishlaricha, mayoq minorasining balandligi 180 metr, tepasida kemalarning ko‘rfazga kirishiga yo‘l ko‘rsatuvchi olov yonib turgan. Mayoq, toki zilzilada vayron bo‘lgunicha, 1500 yil davomida shu’la taratib, odamlarga xizmat qilib turgan.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80