Okeandagi suv nega sho‘r bo‘ladi?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Okean suviga tuz qayerdan tushadi? Shu savolga javob bera olamizmi? Yo‘q, albatta. Lekin biz tuzning suvda erishi va uning okeanga yomg‘ir suvi bilan tushishini bilamiz. Yer yuzasidagi tuz muntazam ravishda erib, okeanlarga tushadi. Lekin okeanlardagi tuzning bunchalik katta miqdorda yig‘ilishita yana qaysi jarayonlar sabab bo‘lishi mumkinligini o‘ylab ko‘raylik. Barcha okeanlardagi suvlarni quritib, ulardan qrlgan tuzdan ekvator chizig‘i bo‘ylab Yer sharini gir aylantirib chiqsak, qalinligi ikki, balandligi 230 kilometrlik devor paydo bo‘lar ekan. Yoki ana shu hajmdagi tuz bir joyga to‘plansa, Yevropa qit’asidan o‘n besh marta kattaroq maydonni egallaydi.
Oddiy kundalik ro‘zg‘orda ishlatiladigan osh tuzi — dengiz suvi, tuz konlari yoki toshtuzlardan olinadi. Dengiz suvining tarkibida tuz 3-3,5 foizgacha bo‘ladi. Urtayer dengizi, Qizil dengiz suvlarida tuz miqdori ko‘proq. Yuzasi 728 kvadrat kilometr maydonni egallagan Ulik dengiz suvida taxminan 10 523 000 000 tonna tuz bor.
Urtacha bir litr dengiz suvi 30 gramm tuzga ega bo‘ladi. Yerning turli mintaqalaridagi toshtuz qatlamlar dengiz suvlarining million yillar mobaynida bug‘lanishi natijasida hosil bo‘dgan. Dengiz suvi hajmining o‘ndan to‘qqiz qismi buglansa, toshtuz hosil bo‘ladi. Binobarin, toshtuz konlari bo‘lgan hududlarda qadimda ichki dengizlar joylashgan. Demak, dengizga ko‘shiladigan suvga nisbatan bug‘lanishning tez sodir bo‘lishi, toshtuz konlarining yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan, Osh tuzi asosan toshtuzlardan olinadi. Odatda toshtuz qatlamiga bir quvurda toza suv yuborilib eritiladi, ikkinchi quvur orqali eritma suyuq holida tortib chiqariladi.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80