Oilaviy sayr

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Oilaviy sayr o‘zaro yaqinlik, ahillik yaratadi. Bir-birini tushunish, bir-birining ishi, tashvishi, yutug‘idan xabardor bo‘lish oilaviy sayr chog‘ida ro‘y berishi mumkin. Shahar sharoitida, ayniqsa kup qavatli uylarda istiqomat qiluvchilar uchun oilaviy sayr qilish juda foydali. Ko‘p qavatli uylar mavzelarida sayr qilib dam olishga mo‘ljallangan, ko‘kalamzorlashtirilgan katta maydonlar mavjud. Uzbek oilalarining ko‘pchiligi serfarzand, shuningdek keksaparvardir. Ayrim xalkdardan farqli o‘laroq, ota-onalar bilan birga yashashni istaydilar. Bunday oilalar uchun yaqin atrofda sayrgohlarning bo‘lishi ayni muddaodir.
Qishloqda yashovchilar garchi tabiat qo‘ynida yashasalar ham o‘z yumushlaridan ortib ko‘ngilli dam olishga, tabiat manzaralari-dan zavq ola bilishga fursatlari yetishmaydi yoki qunt qilmaydi-lar. Vaholanki, kechqurunlari, dam olish kunlari ota-onalar farzandlari bilan sayrga chiqsalar nihoyatda foydali. Bunday sayr chog‘ida charchoqlar tarqaydi, insonda go‘zallikka bo‘lgan tuyg‘u rivojlanadi, tashqi olamga, tabiatga mehr-muhabbat uyg‘onadi. Shuning uchun ham shahar istirohat bog‘lariga, qishloqlarda esa dare bo‘ylariga, tog‘ etaklariga sayrga chiqishga odatlanish kerak. Sayr chog‘ida bolalarni atrofdagi go‘zallikni ko‘ra bilish va idrok etishga, tovushlar hamohangligini eshita bilish va tushuna olishga, xushbo‘y hidlarni payqay olishga o‘rgatish hamda atrof muhit, o‘simlik, hasharot, qushlar va hayvonot dunyosiga qiziqi-shini uyg‘ota borishi lozim. Bolalarning e’tiborini atrofdagi eng go‘zal va qiziq narsalarga, masalan, asalarilarning sharbat yig‘ish jarayoni, kapalaklarning guldan-gulga qo‘nishi, qaldir-g‘ochning in yasashi, chumolining ozug‘ini uyga g‘amlashi va boshqa-larga tortish zarur. Sayrga chiqqanda gulzordagi gul hidlari, nomlari, rang-tuslari, bir-biridan farqi, hidlari haqida bo­lalar ongiga singdirib borilsa, ularda tabiatga qiziqish orta-di, ular qalbida bu yorug‘ olamga nisbatan mehr-muhabbat uyg‘onadi. Sayr chog‘larida ota-onasidan «Tabiatni asra — u hayot manbai, gulni bosma — u nafosat timsoli, suvga tuflama — suvsiz hayot yo‘q, mehnat qil — u seni to‘g‘ri yo‘lga boshlaydi, ko‘chat ek — senga mangulik keltiradi» kabi o‘gitlarni eshitib katta bo‘lgan bolalar yomonlik qilishdan o‘zlarini tiya biladilar.
Ranglarga boy, go‘zal, xushmanzara tabiat inson didini, nutqi, tasavvur va tafakkur qilish faoliyatini o‘stiradi. Kechqurunlari televizorga qadalib o‘tirishdan ko‘ra kichkintoylarni yetaklab er-xotin, qaynona-kelin, chol-kampir, aka-singillar sayrga chiqsalar juda yarashadi. Bunday sayr davomida uy-ro‘zg‘orga oid gaplarni kelishib olish, ertangi kun rejalarini tuzish yoki o‘qilgan kito-blar haqida bahslashish mumkin. Uyqu oldidan oilaviy sayr qilish — tinch, oromli uyqu baxsh etadi. Dam olish kunlarini, mehnat va o‘quv tatillarini samarali o‘tkaza bilish salomatlik va uzoq umr garovidir.


Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Xotin-Qizlar Ensiklopediyasi" O'zbekiston milliy ensiklopediyasi-Davlat ilmiy nashriyoti 2010 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80