Oilaning axloqiy-ruhiy muhiti

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Yuqoridagi bo‘limda nisbatan kengroq ko‘rib o‘tganimiz uch xil (ijtimoiy, ruhiy, biologik) qovushuvni obrazli qilib, uyning poydevori, devori va tomi deb tasavvur qilsak, oila uchun bular-ning ahamiyati biri birinikidan kam emasligini his qilamiz. Tom mustahkam bo‘lmasa, yog‘ingarchiliqda chakka o‘tishi, qalin qor yoqqanda bosib tushishi mumkin. Ammo uy birdaniga buzilib ket-maydi. Devorlari yupqa bo‘lsa yezda issiqni, qishda sovukni o‘tka-zishi, nurab tushishi mumkin. Lekin poydevor mustahkam bo‘lma­sa, sal zarbadan uy vayron bo‘ladi. Qissadan hissa shulkim, ikki yoshning dunyoqarashi, idealla-ri, hayotiy qadriyatlarga munosabatlari uyg‘un bo‘lgandagina, ular-ning oilasi mustahkam, barqaror va turmushi totli bo‘ladi.
Yuqorida mijozlar haqida suhbatlashganimizda oila quyida-gicha fe’lli kelin-kuyovlardan tashkil topishi mumkinligini ayt-gandik: xolerik-xolerik, xolerik-sangvinik, xolerik-flegmatik, xolerik-melanxolik, sangvinik-sangvinik va hokazo. Turli mijozli nikohda duch kelinishi mumkin bo‘lgan nizolarning bir xilini ko‘raylik. Masalan: er — xolerik. U serharakat bo‘ladi, fa-oliyatga tez kirishib ketadi, yetakchilikka intiladi, turli narsa-larga qiziqadi, odamlar bilan birga bo‘lishni yaxshi ko‘radi. Musi-qani baland eshitishni, serharakat o‘yinlarni yoqtiradi. Uning jufti — melanxolik. Undagi ichki kechinmalar ustunligi sababli yangi, notanish kishilar orasida o‘zini noqulay sezadi, bundan toliqib qoladi, faoliyatga tez kirisha olmaydi, yangi vaziyatga tez moslasha olmaydi, o‘rganganidan kecholmaydi, harakatlari suyet, vazmin bo‘ladi. Xullas, obyektning tashqi tomoniga e’tibori kuch-li xolerik erga ruhan butunlay teskari bo‘ladi. Yuqorida aytilganidek, ularning oilaviy hayotlarida nizolar, urish-janjallar juda ko‘p bo‘lishi mumkin. Ko‘rganingizdek bunga hamma shart-sharoit ham bor. Lekin bunday mijozli er-xotinning hayoti baxtli, turmushi totli bo‘lishi ham mumkin. Buning uchun ularga nimalar kerak? Avvalo, albatta — muhabbat! Zero muhabbat, Risolat aya aytmoqchi, hayotning shoh masalasi. Keling, uning uzatilayotgan nabira qiziga aytayotgan o‘gitini eshitaylik.
— «Qari bilganni — pari bilmaydi», degan ran bor. Aytgan-larimni eshitginu keragini olib, o‘zingga tegishli xulosa chiqa-ravergin. Odatda men tengi buvilar duo qilishea birlamchi nav-batda «Borgan joying gul bo‘lsin», deyishadi. Senga aytadigan gapim: «Borgan joyingni gul qilgin, bolam!» Bu gapning mag‘zi-ni chaqib ol. Tayyor baxtni birov qo‘lingga tutqazmaydi, buni qulog‘ingga quyib ol. Buvang doim: «Hayot ham shaxmatday ran, umr — murosada ran ko‘p, har qadamingni o‘ylab, mushohada bilan qo‘ymasang mot bo‘lib qolasan!» derdilar. Katta maktablarda o‘qigan-san, senga ortiqcha gapning hojati ham yo‘q. Yetti kelin qo‘zg‘olon qiladigan teatrdagi Farmon kampir aytgandek, har bir oila­ning o‘z a’moli, o‘z qoidasi, o‘z «hukumati», o‘z yo‘rig‘i bo‘ladi. Sen borayotgan oilaning qonun-qoidasi biznikiga o‘xshamasligi mum­kin. Zinhor tezoblik bilan unga o‘zing o‘rgangan qoidalarni sing-dirishga harakat qilma.
Uzoqqa borma, o‘zimizning katta hukumatimizdan qiyos ol. Huku-mat boshliklari ne-ne davlatlarga borishmaydi, dunyoning mana-man degan ne-ne podsholari bilan uchrashishmaydi. Yurtimizga kelayotganlarniku asti cheki yo‘q. E’tibor bergin: bir-biriga qara-ma-qarshi davlat kishilari so‘zlashib turishea ham, tabassum bi­lan so‘zlashadi, qo‘l siqishib, ta’zim qilishadi. Nega?! Negaki, bizning hukumat boshliqlarimizning ko‘zlagani — yer yuzida tinchlikni saqlab qolish, odamlar hayotini farovon qilish. Ana shu katta maqsad deb, har narsaga tayyor turishadi. Ko‘p ozor topgan mamlakatlarga yordam berishadi, tenglar bilan maslahat-lashishadi, zo‘rlarga esa «orqa-o‘ngingga qara!» — deyishadi.
Oila ham kichkina hukumat. Ko‘pchilikning ko‘zi, jamoatning fikri har bir oilani imtihondan o‘tkazadi. Imtihon berguvchi esa, bilginki, ko‘pincha ayol kishi bo‘ladi. Negaki oilada osoyishtalikni saklash, baxtli, farovon hayot ko‘rish uchun ayol kishi katta hukumat boshlig‘idek zukko bo‘lishi kerak. Av­valo hayotning shoh masalasi — maqsadini aniq anglab ol. Eshitdim, nevara kuyovim bilan ko‘ngil berib turmush qurayot-gan ekansizlar. Demak, birinchi qadamingni to‘g‘ri bosibsan. Ana shu muhabbat chirog‘ini hech qachon so‘ndirma.
Birinchi qadamingni to‘g‘ri bosibsan, deganimning boisi, ay-rim dugonalaring sovchilar kelib unashganda «men kuyovni tanimas-dan, bilmasdan, sevmasdan, qanday qilib turmush qilaman?!» deb bir tixirlik qiladilar. Ayrimlari ota-bobomizdan qolgan bu udumga keyin tushunib bosh egib ketadilar. Ayrimlari esa keyin turmush-ning past-baland so‘qmog‘idan o‘tishda har baxyada «bilmaganimga erga berib, meni baxtsiz qilishdi!» deb onasining yuragini o‘rtashadi. Demak, sen bu bosqichlarni ortda qoldiribsan, qizim. Endi shu muhabbatingni ko‘z qorachig‘idek asra. Muhabbatning chirog‘i qarshin-gda yonib tursa, hamma qiyinchilikni, albatta, yengib o‘tasan. Kiygan chit ko‘ylaging ham shoyidan a’lo tuyilib, ko‘zingni kuvnatadi. Muhabbatli eru xotin bir jonu bir tan bo‘lib ketadi. Dardi bir bo‘ladi, kuyinishi bir, suyunishi ham bir bo‘ladi. Buni hech qachon esingdan chiqarma.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Xotin-Qizlar Ensiklopediyasi" O'zbekiston milliy ensiklopediyasi-Davlat ilmiy nashriyoti 2010 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты