Oila muqaddas dargoh

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к навигации Перейти к поиску

Oila — mo‘jazgina bir jamiyat, deydi dono xalqimiz, butun insoniyat jamiyatining daxlsizligi ham uning jipsligiga bog‘liq. Oilaning insoniyat jamiyati bilan uzviy bog‘liqligi uning uhdasidagi eng qutlug‘ vazifa — hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini ta’minlashida yaqqol ko‘rinadi. Oila xalqning, jamiyatning hayoti, turmushiga oid urf-odatlarni o‘zida sinovdan o‘tkazadi. Yaxshilarini o‘z bag‘rida asrab avaylab kelajak avlodlarga yetkazadi. Islom manbalarida bola dunyoga kelmay turiboq uning kelajagi to‘g‘risida qayg‘urish kerakligi haqida ko‘rsatmalar bor. Oila­ning zimmasidagi muqaddas burchlarning biri — ulkan tarbiya o‘chog‘i ekani shunda namoyon bo‘ladi. Oila o‘z farzandlarini tarbiyalab, ularga umuminsoniy qadriyatlarni singdirish bilan ularga boshlang‘ich ijtimoiy yo‘nalish beradi. O‘z farzandlarini katta oqimga — jamiyatga qo‘shish bilan esa oila jamiyat yo‘nalishi, iqtisodiyoti, madaniyati va ma’rifatini ham belgilashga o‘z ta’-sirini ko‘rsatadi. «Millatlar sharafini yuqori martabaga ko‘ta-radigan narsa, — deb ta’kidlaydi sharq donishmandlaridan biri, — millionlar ila sanaladigan askarlar-u, dunyoda eng bukj va zo‘r bo‘lgan kemalar emas, balki eng oz e’tibor beradiganimiz yoki bo‘lmasa hech bir zamon e’tibor bermasdan keladiganimiz oiladir. Oila nizomsiz bo‘lsa, uning yomon oqibati butun millatga ta’sir etadi va shu sababdan fazilat yeriga razolat, taraqkiyot o‘rniga tubanlik negiz quradi...» Shuning uchun ham Sharqda oila qadim-qadimdan muqaddas qo‘rg‘on hisoblanib kelingan. Xususan uzbek oilalarining seril-dizlik, serbutoqlik xususiyatlari avval qanday bo‘lsa, hozir ham boshqa millat kishilarida xuddi shunday ham hayrat, ham hurmat uyg‘otgan xususiyatlardir. Uzbek oilalarining tuzilishiga nazar solsak, uning katta Vatan ichidagi mo‘jaz Vatan ekaniga ishonch hosil qilamiz

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar[править]


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati[править]

1. "Xotin-Qizlar Ensiklopediyasi" O'zbekiston milliy ensiklopediyasi-Davlat ilmiy nashriyoti 2010 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)