Odam irqlari qanday kelib chiqqan?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Olimlar shu paytgacha qo‘lga kiritgan ilmiy dalillarga suyana turib, butun insoniyat, odamzod bolalari bitta nuqtadan tarqalgan, barcha irqlarning kelib chiqish manbai bitta degan xulosaga kelganlar. Odamzodning ilk ajdodi umumiy, ya’ni bitta bulib, ba’zi mutaxassislarning taxminiga ko‘ra, bu ibtidoiy bobo hozirgi zamon kishisiga juda o‘xshab ketar, tug‘ilib yashagan o‘rni Osiyo bo‘lgan ekan. Shu bilan birga, sal boshqacharoq fikrlaydigan olimlar ham bor, Ularning fikricha, ilk ibtidoiy odamlar turli o‘rinlarda, turli vaqtlarda paydo bo‘lganlar, keyinchalik esa ular aralashib ham ketganlar. turli xil irqlarning kelib chiqishiga ham sababchi bo‘lganlar.
Bundan 500 000 yillar muqaddam hozirgi odamlarning qadim ajdodlari garbiy Osiyo hududlarida kichik-kichik guruhlarga bo‘linib yashagan. Mana shunday turli xilda ihotalangan guruhlarda yashayotgan odamlarda turlicha ayirmalar ham paydo bo‘la boshlagan. Masalan, ularning bosh chanog‘i shakllarida, ko‘zlarining ko‘rinishida, yuz tuzilishi shakllarida bunday ayirmalar aniq ko‘rina boshlagan. Hayot bir qadar rivojlanib, odamlar o‘rtasida yangi-yangi hududlarni o‘zlashtirish ehtiyojlari paydo bo‘lgach, 300 000 yillar muqaddam ibtidoiy odamlarning ba’zilari alohida-alohida guruhlarga bo‘linib, janubi-sharq tomonga, Indoneziya orollariga, shuningdek, shimol tomonlarga — Xitoy tomon siljib, kucha boshlaganlar. Odamlardan iborat guruhlar shu tariqa zaminning turli burchaklariga ko‘chib o‘ta boshlagan, so‘ng ular bir-birlari bilan yana aralashgan, ba’zi bir guruhlar ihotalanib, biron bir hudud ichida qamalib yashagan bo‘lsa, boshqalari yana qo‘shilishib, umrguzaronlik qilganlar.
Bugungi kunda insoniyat — odam bolalari uchta irqqa bo‘linishini maktab bolalari ham darsliklardan o‘qib, bilib olishgan. Bular, asosan, "oq tanli" odamlardan iborat yevropoid irqi, mutil yuzli (mongoloid) irqi, shuningdek, Afrikaning o‘rmonli hududlarida yashovchi zanjilarga o‘xshash negroid irqlaridir. Ilgari teri rangiga ko‘ra, odamlarni besh xil guruhga ajratish urf b5glgan edi. Hozirgi paytga kelib, odam bolasining terisi rangiga ko‘ra tasniflash mumkin bo‘lmay qoldi. Shuningdek, insonlarni yana boshqa xil tavsifnoma (xarakteristikasi)ga ko‘ra, masalan, bosh chanogining shakliga, qon guruhiga yoki burnining tuzilishiga ko‘ra farqlash ham urf bo‘lmay qoldi. Irqni aniqlashda ko‘plab va turli -tuman xarakterli jihatlarni hisobga olish zarur bo‘ladi. Shunday qilib, irq — odamlarning boshqa irqlardan ajralib turuvchi turli xil jismoniy xarakteristikasi umumiy ota-bobolardan meros qilib olgan, boshqa irqlardan farqini ko‘rsatadigan belgidir.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80