Nur nima?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Nur bo‘lmaganida atrofimizdagi olamni ko‘rolmagan bo‘lardik. Shu bilan birga, biz uning aslida qanday paydo bo‘lishini aniq bilmaymiz ham. Biz uni energiyaning bir turi sifatida bilamiz, xolos. Uning harakat tezligi-yu va bir-ikkita o‘ziga xos xususiyatlari haqida fikr yurita olamiz. Shuningdek, biz oq rangning alohida rang emasligi, balki barcha turdagi ranglarning birikmasi, qorishmasi ekanligini bilamiz. Bu holat esa ilmiy tilda "spektr" deyiladi.
Biz yana rang obyektning o‘zi bo‘lmay, balki undan qaytuvchi nurlar ekanligini bilamiz. Ko‘k qogoz ko‘kdan o‘zga barcha ranglarni o‘ziga yutgani tufayli ko‘zimizga ko‘k rangda kurinadi. Yashil oyna o‘zidan faqat yashil rangli nurni o‘tkazib, boshqa ranglarni singdirgani uchun yashil kurinadi. Quyosh nuri energiyadir. Quyosh nuridagi issiqlik linzada jamlanganda olovga aylanadi. Nur va issiqlik oq rangli yuzadan qaytadi, qora rangli yuzaga esa singadi. Shu sababli, oq rangdagi kiyimda qora rangliga nisbatan sovuq ko‘proq seziladi.
Nur qanday tabiiy xususiyatlarga ega? Nurni o‘rganishga birinchi bo‘lib kirishgan yevropalik olimlar orasida Isaak Nyuton ham bor edi. Tadqiqotlar natijasida bu olim nur korpuskul (zarra)lardan iborat, ular manbadan o‘q kabi otilib chiqadi, degan xulosaga keladi. Lekin nurning boshqa ayrim xususiyatlarini bu nazariya bilan izohlab bo‘lmasdi.
Yana bir olim Gyugens nur ilmiga oid "to‘lqin" nazariyasini yaratdi, bu nazariyada olim nurni impuls yoki to‘lqin tarzida izohlaydi, xuddi tosh suvga tushganida to‘lqin sodir bo‘lgani kabi nur ham shu yo‘sinda hosil buladi, deb ko‘rsatadi.
Bu ikki nazariyaning qaysi biri to‘g‘riligi haqida olimlar o‘rtasidagi tortishuv deyarli 150 yil davom etib keldi. Ular orasida "to‘lqin" nazariyasining tarafdorlari ko‘pchilikni tashkil etardi. Lekin keyingi davrlarda ochilgan kashfiyotlar ushbu nazariyaning to‘griligiga shubha uyg‘ota boshladi. Hozirda har ikkala nazariyani tasdiqlovchi kuplab tajribalar utkazilgan va shular natijasida nur ham zarra, ham to‘lqin xususiyatlariga birday egadir, degan xulosaga kelindi. Ammo baribir hozircha "nur nima?" degan savolga to‘liq javob topilmadi.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80