Nega muzlikarning erishi bugungacha tugamagan?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Shimoliy Amerikada muz davrining shakllanishidan boshlangan katta-muzliklar "kontinental muzlik" deb nomlangan. Uning markazidagi muz qatlami kilometr qalinlikda bo‘lgan. Ehtimol u muz davri mobaynida to‘rt bor erib, qaytadan muzlagandir? Yerning boshqa qit’alarini qoplagan muzlikning ayrim joylari bugunga qadar ham erib tugamagan. Masalan, ulkan Grenlandiya orolining sohil buylab ensiz yo‘lagidan tashqari barcha maydoni hali ham muz bilan qoplangan. Mazkur muzlikning markazidagi ayrim nuqtalar qatlami uch kilometrdan ham qalin. Antarktida hududining ba’zi nuqtalari qalinligi turt kilometr qalinlikdagi muzlik bilan qoplangan.
Demak, bu yer yuzidagi ayrim muzliklar muz davrida yuzaga kelib, hamon erib tugamaganligini bildiradi. Lekin hozir uchraydigan ko‘pchilik muzliklar yaqinda yuzaga kelgan. Ularni asosan tog‘li tumanlardagina uchratamiz. Bunday muzliklar tog yon bagirliklarining keng va nishab joylarida paydo bo‘ladi. Tepadan o‘pirilib tushadigan qor kuchkilari ana shunday nishab joylarda to‘planib qoladi. Ustma-ust tushgan qor qatlamlari yezda erib ulgurmaidi va bu xil muzliklar yildan-yilga qalinlashib boradi. Tepadan tushuvchi ko‘chkilar hisobiga qalinlashuvchi qor qatlami yozgi issiq harorat ta’sirida qisman erib, so‘ng yana muzlash va zichlashish tufayli qattiq muzlikka aylanadi. Yuzaga kelgan ulkan massali muz va qor qatlami ogirlik kuchi bilan nishabliklardan vodiylarga qarab siljiy boshlaydi. Ana shu siljish natijasida yuzaga kelgan muzli til — tog‘ muzligi deyiladi.
Yevropaning Alp tog‘liklarida 1200 dan ortiq joyda ana shunday muzliklar yuzaga kelgan. Shuningdek, tog‘ muzliklarini Pirenei, Karpat, Kavkaz va Osiyo toglarida ham ko‘rish mumkin. Alyaska janubida, ayrimlarining uzunligi 50-100 kilometrgacha bulgan o‘n minglab muzliklar mavjud.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80