Nega kaktuslar suvga ehtiyoj sezmaydi?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Sahroda har qanday jonivor va usimlik suv muammosiga duchor buladi. Bu muammo hal etilmas ekan, sahroda omon qolish qiyin.
Usimliklardan kaktus ham suvsiz ko‘karmaydi, lekin u uzoq davom etadigan quruq mavsumga ajoyib tarzda moslasha oladi. Usimliklar oddiy sharoitda ham suvga kup va xo‘p tuyinadilar. Barglar suvni o‘simlik shirasidan ajratib olib, so‘ng uni bug‘lantirib, havoga tarqatadi. Kaktusda esa barg bo‘lmaganligi sabab, bu o‘simlik vujudidagi suv bug‘lanmaydi. Uning tanasi ham g‘alati tuzilgan, quyosh tig‘i unga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushmaydi va o‘simlik tanasini kam yoritadi. Shuning uchun ham undagi nam deyarli bug‘lanmaydi. Bundan tashqari, uning tanasi juda yo‘gon bo‘lib, u ham namni o‘zida asrab qolish xususiyatiga ega. Qolaversa, qalin himoya pusti bilan qoplangan butalari ham namni o‘zida yaxshi saqlaydi. Utkir ignalari esa tanasidagi namni chanqoq cho‘l jonivorlaridan asrashga xizmat qiladi. Natijada, qarabsizki, ba’zi kaktus daraxtlari ikki yilgacha suvsizlikka bemalol chidashi mumkin.
Kaktuslar muntazam gullaydi, gullari esa urug‘li mevalarga aylanadi. Aksariyat kaktuslarning tanalaridagi to‘p-to‘p turfa xil gullardan sahrolar to‘q-sariq, alvon va binafsha ranglarda tovlanib, betimsol go‘zallik kasb etadi.
Janubiy va Markaziy Amerika, Meksika va AQShning janubi-g‘arbiy tomonlark "kaktuslar vatani"dir. Kaktuslarning mingdan ortiq turlari bulib, bir qarashda ular bir -biridan unchalik ham farq qilmaydi. Ammo qaktuslarning deyarli ko‘z ilg‘amaydigav jimitdegidan tortib, to balandligi 10-20 metrgacha keladiganicha bor. Ana shunday ulkan tarixiy bir kaktus Arizona shtatining timsoli (ramzi)ga aylangan.
Kaktus butalaridan olinadigan shira tibbiyotda shifobaxsh dori sifatida qo‘llaniladi, mahalliy aholi esa uni nim alkogolli ichimlik sifatida iste’mol qiladi. Uning butalari va mevasidan konfet, murabbolar tayyorlanadi. Ba’zi mayda "gavda"li kaktuslar uylarda ham ustiriladi. Ularni kukartirish uchun tuproq to‘gri tanlangan bulishi kerak. Kaktusga yezda turt kunda bir marta, qishda esa oyda ikki marta suv quyib turilsa shuning, uzi kifoya qiladi.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80