Nega gullar iforli v a turli xil rangda bo‘ladi?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Biz ba’zan, ayrim o‘simliklarning "guli" — gul emasligini bilmasdan turib, undan zavqlanamiz. Agar biz o‘simlikning turfa ko‘rinishdagi, iforli qismini "gul" desak, adashamiz. Masalan, bahorda qizil daraxt bugalarida paydo bo‘ladigan qirmizi gulbarglar aslida gulbarg emas. Lekin maysalar uchidagi popuklarni — gul deb aytsa bo‘ladi! Jo‘xorining xom so‘tasi ham gul.
Botaniklarning ta’biricha, o‘simlikning changi, urug‘i yoki har ikkalasini yetishtiradigan qismi "gul" deyiladi. Faqat urug‘dan ko‘payadigan o‘simliklardagina gul bo‘ladi.
Gullardan nega ifor (yoqimli hid) taraladi? Gulbarglarni rivojlantirish uchun o‘simlik tanasi yog‘ ishlab chiqaradi. Bu yog‘lar tuzilish jihatidan murakkab, lekin ma’lum bir sharoitda ular o‘zgarib, buglanib turadi. Butlangan yog atrofga gul ifori bo‘lib taraladi. Bug‘lanuvchan yog‘lar tarkibidagi kimyoviy moddalar va ularda yuzaga keluvchi birikmalarning xilma-xilligidan gullar xilma-xil hid hosil qiladi. Darvoqe, bu yog‘lar nafaqat o‘simlik gullarida, balki barglari, pusti, tomirlari, mevasi va urug‘ida ham bo‘ladi (masalan, limon va apelsinning mevasida, bodomning urug‘ida, dolchinning po‘stida va hokazo).
Gullarda rang qanday paydo bo‘ladi? Gullar ga qizil, och binafsha, binafsha va ! yana boshqacha anvoyi tuslar bag‘ishlovchi pigmentlar ilm tilida "antotsianin" deb | nomlanadi. Mazkur pigmentlar gul shirasida erib, rangiga ta’sir qiladi.
Sariq, to‘q sariqva yashil ranglar boshqa, o‘zgacha kimyoviy tuzilishga ega pigmentlardan | hosil bo‘ladi. Ularga xlorofill, karotin va yana boshqalar kiradi. Demak, gullarning alvon rangi "antotsianin" va "plastit" kabi pigmentlarga bog‘liq ekan.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80