Nega chaqmoq chaqqan mahalda momaqaadiroq gulduraydi?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Chaqmoq chaqishi va havoning guddurashi ibtidoiy jamoa davridayoq, odamlarni vahimaga solgan birinchi tabiat hodisasi bo‘lgan bo‘lsa, ajabmas. Ular ko‘kda chaqmoq, momaqaldiroq guldurashini eshitishganida, bunixudoning qahri, deb ham o‘ylashgan.
Momaqaldiroq va chaqmoq nimaligini tushunib olish uchun elektr haqida biroz ma’lumotga ega bo‘lishimiz kerak. Bilamizki, ayrim buyumlar musbat yoki manfiy zaryadlar bilan quvvatlanadi. Musbat zaryadni manfiy zaryad o‘ziga tortadi. Zaryad hajmining ko‘paiishi tortishish kuchini oshiradi. Zaryadlarni bir-biridan ajratib turuvchi kuchlar ko‘payib, ularni ajratuvchi har qanday qarshilik turi, masalan, havo, oyna yoki boshqa izolyatorlar bartaraf etiladi yoki "yorib" o‘tiladi. Natijada, elektrsizlanish ruy berib, ikkala jismning zaryadlari tenglasha boradi.
Chaqmoqda ham xuddi shunday jarayon sodir buladi. Suv tomchilaridan tarkib topgan bulut boshqa bir bulut yoki Yer zaryadidan uzgacha zaryadlarga ega bo‘lishi mumkin. Ular orasidagi elektr kuchlanish havodagi qarshilikni yengib o‘tganida chaqmoq paydo buladi, Elektr razryadi qarshilik kam bulgan yo‘nalishlarda harakat qilgani sababli, chaqmoqlarning izi egri ko‘rinishlar hosil qiladi.
Havoning elektr utkazish darajasi uning harorati, zichlik va namligiga bog‘liq. Quruq havo zaryadlarni yaxshi ajratadi, nam havo esa ularni utkazib yuboradi. Shuning uchun ham yomg‘ir boshlanishi bilan chaqmoq tinib qoladi. Yaxshi utkazuvchi nam havoda elektr zaryadlari chaqmoqsiz harakatlanadi.
Momaqaldiroqchi? Zaryadsizlanish jarayonida havo goh kengayadi, goh siqiladi. Bunda havo oqimlarinyng harakati tezlashadi va ularning to‘qnashuvi bizga momaqaldiroq bulib eshitiladi. Momaqaldiroq sadolarining tobora yiroqlashuvi esa havo to‘lqinlarining bulutlardan-buluglarga kuchib utishi natijasida hosil buladi. Kuzga avval chaqmoq shu’lasi kurinib, keyin momaqaldiroq guldurashi eshitilishiga kelsak, ma’lumki, yoruglik sekundiga 29975 kilometr tezlikda, tovush esa sekundiga 375 metr tezlikda harakat qiladi. Ana shu sababdan, avval chaqmoq shu’lasini kuramiz, keyin momaqaldiroq guldurashini eshitamiz.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80