Nega bulutlarning barchasidan yomg‘ir yog‘maydi?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Agar siz samolyotda uchgan yoki tog‘ cho‘qqisiga ko‘tarilgan bo‘lsangiz, atrofingizda bulutlarning pag‘a-pag‘a bo‘lib suzishini ko‘rib, ular oddiy tumanlarning yig‘indisi ekanligiga amin bo‘lasiz. Havo tarkibida har doim suv butlari bo‘lishini ham bilasiz. Yezda harorat balandligi tufayli, havodagi suv bug‘ining miqdori yana ham kupayadi va harorat biroz pasayishi bilan unda kondensatsiyalanish, ya’ni bug suv tomchilariga aylanish jarayoni boshlanadi. Bu jarayon havoning tuyinishi deyiladi. Harorat pasayishi bilan tuyingan havoda tomchilar paydo buladi. Tuyingan issiq havo atmosferaning yuqori qatlamiga ko‘tarilgan sayin kondensatsiyalanish, ya’ni bugning suvga aylanishi boshlanadi. Suv molekulalari uzaro birlashib, son-sanoqsiz mayda tomchilar hosil buladi. Bulut tarkibidagi mayda tomchilar issiq havo oqimiga uchraganida nima buladi? Ular butga aylanib, bulut yo‘qoladi, shuning uchun ham, uning shakli doim o‘zgarib turadi. Bulut tarkibidagi suvning bug‘dan suvga, suvdan bug‘ga aylanish jarayoni muntazam ravishda davom etadi.
Tarkibidagi suv tomchilari vaznga ega bo‘lganidan bulut yerning tortish kuchi ta’sirida muntazam tarzda pasayib boradi. Bulutning asosiy bo‘lagi atmosferaning quyi qismidagi iliq havo qatlamiga duch kelgach, undagi suv tomchilari yerga yetmasdan yana butga aylanadi. Yomg‘irsiz bulutlarning paydo bo‘lishi igu tarzda ro‘y beradi. Ammo bulut salqin, nam havo qatlamiga duch kelsa, uning tarkibidagi suv tomchilari yiriklashib borib, bugning suvga aylanishi jarayoni tezlashishi natijasida yomg‘irga aylanadi.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80