Nega barglar kuzda xilma-xil ranglarga buyaladi?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Yozda daraxtlar bargi bir xil — yashil buladi. Albatta, bu rang yana o‘zgacha tovlanishlarga ega bo‘lsa-da, barcha barglar bitta mo‘yqalamda, yagona rangga bo‘yalganday taassurot uyg‘otadi. Kuz kelganida esa bu barglar boshqa-boshqa ranglarda tovlana boshlaydi. Barglar rangidagi bu xilma-xillik qanday yuzaga keladi?
Barglarning yashilligi xlorofilldan ekanligini eslaylik. Aynan ana shu xlorofill ta’sirida har bir barg ozuqa ishlab chiqaradi, shuningdek, rangning uchdan ikki hissasi (pigmentatsiyasi) ulardagi xlorofillning miqdoriga bog‘liq. Barglarda o‘zga ranglar ham bor, lekin rang miqdori oz yoki kupligidan ularni ko‘z deyarli ilg‘amaydi. Xo‘sh, bu qanday ranglar?
Masalan, uglerod, vodorod va kislorodda hosil bulgan "ksantofil" moddasi sariq rangga ega. U bargni 23 foiz pigmentatsiyalantiradi. Sabziga o‘ziga xos rang bagishlaydigan "karotin" pigmenti bargda 10 foizni tashkil etadi. Shuningdek, "antotsianin" pigmenti shakarli zarang va qizil eman barglariga qizgish tuye beradi. Yezda bu pigmentlar ko‘zga ko‘rinmaydi, biz faqat yashil xlorofillarnigina ko‘ramiz. Sovuq boshlanishi bilan barglarda tuplangan ozuqa moddalar daraxt butalari va tanasiga o‘tadi. Qishda daraxtlar oziqlantiruvchi moddani ishlab chiqarishni to‘xtatgach, xlorofillning ham barglarga ta’siri tugaydi, ya’ni u o‘zi parchalanib tugaydi. Xlorofill yuqolgach, barg tarkibida bulgan boshqa pigmentlar ko‘rina boshlaydi va shu bilan biz daraxtlarning xilma-xil ranglarda go‘zal jilolanishidan zavq tuyamiz. Xazon bo‘lishidan oldin har bir barg bandining asosida yupqa hujayra qatlami paydo buladi. Shamol bargni uchirib ketgach, novdaning barg turgan joyida chandiq qoladi. Aksariyat doimo yashil daraxtlar sovuq yaqinlashishi bilanoq liboslarini birdaniga tashlamaydilar. Bu xil "yechinish" yil mobaynida asta-sekin ruy bergani uchun ham ular hamisha yashil rangda ko‘rinadilar.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80