Neft (yermoy) nima?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Insoniyatga ulkan foyda keltiradigan tabiiy mahsulotlardan biri — neft. Neft tufayli xonadonlarimizda chiroq yonadi, uylar isiydi, avtomobil, traktor, samolyot va kemalar harakatga keladi. Neftsiz dvigatellar ishqalanishga uchrab, harakatdan to‘xtagan bo‘lardi.
Neftdan texnik spirt, parafin, yonilg‘i, surkovchi moylar, texnik yog, qatron, asfalt va yana boshqa ko‘plab mahsulotlar olinadi. Bizga ana shunday xilma~xil mahsulotlar yetkazib beruvchi neftning o‘zi nima? "Neft" lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, "tosh moyi" ma’nosini anglatadi. Olimlarning fikricha, neft bir paytlar yer yuzasidagi issiq suvli okeanlarda yashovchi jonzotlar va suvosti o‘simliklaridan hosil bo‘lgan. O‘lgan jonzot va o‘simliklar okean tagida cho‘kindi holida to‘plana boshlagan. Vaqt o‘tishi bilan cho‘kindilar millionlab tonna qum va loyqalar tagida qolgan. Bosim ta’siridan loyqa va qum qattiq jinsga aylangan. O‘simlik va jonzotlar qoldig‘i esa qora rangli suyuqlikka aylanib, qattiq va mustahkam g‘ovak joylarga to‘plana boshlagan. Yer qobig‘ining harakatlanishi natijasida ummon (okean)lar tagining bir qismi quruqlikka chiqib qolgan.
Odamlar neftdan ming yillar muqaddam, uning ma’lum bir qismi yer yuzasiga sizib chiqqandan beri foydalanishadi. Qadimgi xitoyliklar va misrliklar uni dory sifatida ham qo‘llashgan. Eramizdan ancha avval qadimgi Hindistonda neftdan uylarni yoritish va yonilg‘i o‘rnida, shuningdek, mash’ala yoqishda foydalanilgan. Neftni gipgglarga qo‘shishgan, suv o‘tkazmasligi uchun savat va kemalarning taglariga surkashgan. Amerikalik hindular ham neftni turli maqsadlarda ishlatishgan. Amerikaga ko‘chib kelgan birinchi oq tanlilar hindulardan "tosh moyi"dan ayrim kasalliklarni davolashni urganishgan.
Quduqlardan qazib olinadigan neftdan amalda foydalanilmaydi. Uni qayta ishlash kerak. Sababi, neft tarkibida qo‘shimcha qattiq, suyuq va gazsimon moddalar bo‘ladi. Tabiat neftga jamlagan moddalar qizdirish jarayonida, har biri o‘zining qaynash va buglanish haroratiga ega bo‘lganidan bo‘laklarga ajrala boshlaydi. Dastlabki haroratda benzin ajralib chiqsa, yuqoriroq haroratlarda parafin, gaz, moylar va moylovchi materiallar ajralib chiqa boshlaydi.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80