Necha turli qum mavjud?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Shamol, yomg‘ir, sovuq ta’sirida tog‘lar nurab, mayda tosh va zarralarga aylanadi. Diametri 0,05 millimetrdan 2,5 millimetrgacha bo‘ladigan ana shunday zarrachalar "qum" deb ataladi. Qum tog jinslarining mayda zarrali minerallaridan tarkib topganligi uchun ham ular turli minerallarga boy buladi. U qattiq va tabiatda serob bo‘lgani sababli ham undan asosan kvars olinadi. Ba’zan qum 99 foiz kvarsdan iborat buladi. Boshqa minerallardan qumda dala shpati, kalsit (ohakli shpat), slyuda (shaffof mineral), temir rudasi, shuningdek, kam miqdorda yoqut, turmalin, topaz mavjud.
Qum tog‘ jinslarining nurashi tinimsiz ro‘y berib turadigan joylarda paydo buladi. Bunday joylardan biri — dengiz sohili bo‘lib, to‘lqinlarning qoyalarga tinimsiz kelib urilishi, dengiz suvining tog‘ jinslaridagi ayrim minerallarga ta’siridan bu yerda qum miqdori hamisha ortib boradi.
Shamol qumlarning qit’a (materik) ichkarisiga kuchishiga sabab buladi. Ba’zan shunchalik kup qum ko‘chganidan butun boshli bir urmon qum tepaliklari ostida qoladi. Sahrolardagi qum qayerdan kelgan? Sahrolarga qumni asosan shamol olib keladi. Ayrim sahrolarda qum tog‘ massivlarining nurashidan yuzaga kelsa, ba’zi bir sahrolar o‘rnida ming yillar muqaddam dengiz mavjud bo‘lib, endilikda u yerlarda o‘zidan xotira tarzida qum tepaliklar qoldirgan, ya’ni dengizlar o‘rni sahroga aylangan buladi. Qumni keng qullaniladigan qurilish ash’yosi, deyish mumkin. Sement, suv va qum aralashmasidan hosil bulgan yopishqoq quyuq qorishma esa "beton" deyiladi. Shuningdek, qumdan shisha, qumqayroq va suvni tozalovchi qum filtrlari ham tayyorlanadi.


Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80