Mutolaa va uy kutubxonasi

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Uzbek xalqi qadimdan kitobxon, san’atsevar xalq. Ming yil-lar davomida ota-bobolarimiz kitobni eng muqaddas boylik sanab, ko‘z qorachig‘iday avaylab-asrab avlodlardan-avlodlarga yetka-zib kelganlar. U Sharq xalqlarining yaxshi kunlarida ham, yomon kunlarida ham doimiy hamroh, yaqin dust, oqil maslahatchi bo‘lib kelgan. Bundan yuz yillar oldin ham Navoiy, Fuzuliy, Bobur asarlari kirmagan birorta xonadon bo‘lmagan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bedil, Maxtumquli dilidan to‘kilib but bo‘lgan kitoblarning joyi har qachon uy to‘rida bo‘lgan. 30-yillarning qatag‘onlarida ham xalqimiz Cho‘lpon, Fitrat, Qodiriylarning durdonalarini o‘z bag‘-rilaridan qo‘ymaganlar.
Hozirgi davrda ham minglab xonadonlarda kitobga bo‘lgan samimiy hurmat iliq bir oilaviy iqlimni yuzaga keltirgan. Mutolaa bo‘sh vaqtdan unumli foydalanishning eng keng tarqal-gan turi bo‘lib, barcha yoshdagi va barcha kasbdagi kishilarning eng sevimli mashg‘ulotidir. Badiiy asarlar mutolaasi ilmiy va ilmiy-ommabop asarlar-dan farq qiladi. Badiiy asar shaxsning ruhiy hissiyotlariga ta’sir etadi, unda o‘z ona tiliga muhabbatini shakllantiradi, asar qahramonlariga qayg‘udosh bo‘lish, ularning kechinmalarini his eta olish qobiliyatini vujudga keltiradi.
Mutolaaga kirishishdan oldin birinchi navbatda gigiyenik omillarga e’tibor berish kerak: xonaning havosi toza va yaxshi yoritilgan bo‘lishi lozim. Miriqib kitob o‘qishning eng asosiy sharti tinchlikdir. Ammo tinch, osoyishta sharoit doim ham mav-jud bo‘lavermasligi mumkin. Shu sababli iloji boricha har qan-day sharoitda ham (qo‘shnilarning baland ovozdagi suhbatlari, balandlatib qo‘yilgan radio yoki televizor, boshqa shovqinlar) diqqat bilan o‘qishga o‘rganish kerak. O‘qish joyini ko‘ngildagi-day tashkil etish ham katta ahamiyatga ega. Stolning eng qulay balandligi tirsaklar bemalol stol ga yotgan vaziyat hisoblanadi. Joylashuv erkin bo‘lishi kerak. Stol lampasi yoki boshqa yoritish manbalari chap tomonda bo‘lib, yorug‘lik ko‘zga emas, balki kitobga tushib turishi kerak. Uqish jarayonida kitob uchun taglikdan foy­dalanish (ayniqsa bolalarga) tavsiya etiladi. Uni do‘kondan sotib olish yoki uy sharoitida yasab olish mumkin. Kitob mutolaasidan charchagan paytlarda dam olish uchun boshqa ishlar bilan mashg‘ul bo‘lish kerak. Har bir soatda (eng uzog‘i bilan har 2—3 soatda) kitob o‘qishdan to‘xtash, dam olish kerak. Ilmiy va badiiy sohaga oid adabiyotlar, jurnallarni navbati bilan, almashtirib o‘qib borgan ma’qul. Yaxshi eslab qolinishi lozim bo‘lgan maxsus kitoblar ertalab yoki kunning birinchi yarmida o‘qilgani ma’qul. Kechki paytdagi o‘qish unchalik samarali bo‘lmaydi. Kitoblarni, ayniqsa davriy nashrlarni faqatgina uy sharoitida o‘qish shart emas. Uzoq muddatga uydan chiqilganda kitob, jurnal yoki gazetani o‘zingiz bilan olganingiz ma’qul, chunki kun davomida mutolaa uchun vaziyat vujudga kelib qolishi mumkin.
Bolalarda kitobga muhabbat hissini uyg‘otish g‘oyatda muhim. Bola o‘qishni o‘rganishidan oldinroq kattalar vositasida u bilan yaqin muloqatda bo‘ladi. Bolalarning kitob olamiga kirishida ehtiyotkor-lik bilan, ularga moye kitoblarni tanlash, bolalarning yoshini hisobga olish lozim. Bolaning 6—7 yoshidan boshlab, uni kitobga o‘rgatish, mutolaani ijodiy jarayon sifatida uning ongiga singdi-rish lozim. Agar bola yoshligida tinglovchi sifatida faol bo‘lmasa, o‘qishni o‘rganib olganidan so‘ng ham shunday qolaverishi mumkin. Bolalarning kitobga nisbatan mehr-muhabbati kattalarga, ularning kitob tanlash, o‘qib berishdagi muvaffaqiyatlariga bog‘liq Bu ishda bolalar kutubxonasi eng yaqin yordamchi bo‘la oladi. Kitobni ovoz chiqarib o‘qib berishning davomiyligi bolaning yoshi, uning o‘ziga xos xususiyatlari, uning o‘sha paytdagi kayfiyati va kitobning yengil yoki jiddiyligiga bog‘liq. Kitob o‘qish bola uchun oddiy bir hol, shunchaki bir ish emas, balki sirli, go‘zal, ertaknamo, quvonch va shodlik bag‘ishlovchi bir jarayon bo‘lmog‘i lozim. Ba’zi kitoblar­ni bolaga bir necha marta o‘qib berishdan bosh tortmaslik kerak. Katta hajmli, yaxlit bir mavzuni o‘z ichiga olgan, bir necha kunlar davomida o‘qiladigan kitoblarni o‘qib berishda uni eng qiziq joylarida to‘xtatish kerak. Chunki shunday qilinganda bolaning bu kitobga bo‘lgan qiziqishi pasaymasdan, balki uning davomini sabrsizlik bilan kutadi. Har bir oilaning yillar davomida to‘planib borgan kitoblar majmuasi uy kutubxonasini tashkil etadi. Uy kutubxonasining bo‘lgani yaxshi. Uy kutubxonasini birdaniga tashkil etish qiyin, uni juda yoshlikdan boshlab to‘plab boriladi va har bir o‘qilgan kitob ehtiyotlab saqlanadi. Uy kutubxonasi bezak uchun yoki dabdaba uchun emas, o‘qish-o‘rganish, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish, ma’-naviy barkamollik uchun xizmat qilishi kerak. Uy kutubxonasida badiiy adabiyotlar bilan birga bolalar tarbiyasiga oid, pazanda-lik, bog‘bonlik, gulchilik, tikuvchilik hamda to‘quvchilikka oid kitoblar, qomusiy kitoblar bo‘lsa bola istagan vaqtda ularni olib foydalanishi mumkin.
Kitoblar qaysi sohaga oidligiga qarab tartib bilan maxsus kitob javonlari yoki tokchalarda, nam tegmaydigan yerda saqlana-di. Kitobning nomi va muallifi yozilgan joyi ko‘rinib turadi-gan qilib terilsa, kerak bo‘lib qolganda qidirib topish ham osondir. Kitob — eng yaxshi dust, dono maslahatgo‘y, sadoqatli hamroh. Yashashni, kurashni kitobdan o‘rganish, kitob bilan sirlashish, ovunish, zerikkanda undan bahra olib, quvonish mumkin. Lekin kitobda yozilgan gapni hayotga ko‘r-ko‘rona tatbiq qilish yaramaydi. Kitobdan olingan bilim o‘quvchining o‘z shaxeiy fikrini boyi-tishga, o‘stirishga xizmat qilishi kerak. Uy kutubxonasining yana muhim jixati — kelajak avlod uchun katta ma’naviy meros bo‘lib xizmat qiladi.
Har bir ayol, har bir ona uy-ro‘zg‘or ishiga o‘ralishib, mutolaa­ni unutib qo‘ymay, har kuni juda bo‘lmaganda yarim soat vaqt topib, o‘qishni o‘rganishidan oldinroq kattalar vositasida u bilan yaqin muloqatda bo‘ladi. Bolalarning kitob olamiga kirishida ehtiyotkor-lik bilan, ularga moye kitoblarni tanlash, bolalarning yoshini hisobga olish lozim. Bolaning 6—7 yoshidan boshlab, uni kitobga o‘rgatish, mutolaani ijodiy jarayon sifatida uning ongiga singdi-rish lozim. Agar bola yoshligida tinglovchi sifatida faol bo‘lmasa, o‘qishni o‘rganib olganidan so‘ng ham shunday qolaverishi mumkin. Bolalarning kitobga nisbatan mehr-muhabbati kattalarga, ularning kitob tanlash, o‘qib berishdagi muvaffaqiyatlariga bog‘liq Bu ishda bolalar kutubxonasi eng yaqin yordamchi bo‘la oladi. Kitobni ovoz chiqarib o‘qib berishning davomiyligi bolaning yoshi, uning o‘ziga xos xususiyatlari, uning o‘sha paytdagi kayfiyati va kitobning yengil yoki jiddiyligiga bog‘liq. Kitob o‘qish bola uchun oddiy bir hol, shunchaki bir ish emas, balki sirli, go‘zal, ertaknamo, quvonch va shodlik bag‘ishlovchi bir jarayon bo‘lmog‘i lozim. Ba’zi kitoblar­ni bolaga bir necha marta o‘qib berishdan bosh tortmaslik kerak. Katta hajmli, yaxlit bir mavzuni o‘z ichiga olgan, bir necha kunlar davomida o‘qiladigan kitoblarni o‘qib berishda uni eng qiziq joylarida to‘xtatish kerak. Chunki shunday qilinganda bolaning bu kitobga bo‘lgan qiziqishi pasaymasdan, balki uning davomini sabrsizlik bilan kutadi.
Har bir oilaning yillar davomida to‘planib borgan kitoblar majmuasi uy kutubxonasini tashkil etadi. Uy kutubxonasining bo‘lgani yaxshi. Uy kutubxonasini birdaniga tashkil etish qiyin, uni juda yoshlikdan boshlab to‘plab boriladi va har bir o‘qilgan kitob ehtiyotlab saqlanadi. Uy kutubxonasi bezak uchun yoki dabdaba uchun emas, o‘qish-o‘rganish, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish, ma’-naviy barkamollik uchun xizmat qilishi kerak. Uy kutubxonasida badiiy adabiyotlar bilan birga bolalar tarbiyasiga oid, pazanda-lik, bog‘bonlik, gulchilik, tikuvchilik hamda to‘quvchilikka oid kitoblar, qomusiy kitoblar bo‘lsa bola istagan vaqtda ularni olib foydalanishi mumkin.
Kitoblar qaysi sohaga oidligiga qarab tartib bilan maxsus kitob javonlari yoki tokchalarda, nam tegmaydigan yerda saqlana-di. Kitobning nomi va muallifi yozilgan joyi ko‘rinib turadi-gan qilib terilsa, kerak bo‘lib qolganda qidirib topish ham osondir. Kitob — eng yaxshi dust, dono maslahatgo‘y, sadoqatli hamroh. Yashashni, kurashni kitobdan o‘rganish, kitob bilan sirlashish, ovunish, zerikkanda undan bahra olib, quvonish mumkin. Lekin kitobda yozilgan gapni hayotga ko‘r-ko‘rona tatbiq qilish yaramaydi. Kitobdan olingan bilim o‘quvchining o‘z shaxeiy fikrini boyi-tishga, o‘stirishga xizmat qilishi kerak. Uy kutubxonasining yana muhim jixati — kelajak avlod uchun katta ma’naviy meros bo‘lib xizmat qiladi.
Har bir ayol, har bir ona uy-ro‘zg‘or ishiga o‘ralishib, mutolaa­ni unutib qo‘ymay, har kuni juda bo‘lmaganda yarim soat vaqt topib, kitob o‘qishga odatlansa har o‘n kunda besh soat vaqtini mutolaaga bag‘ishlagan bo‘ladi va fikr olami boyib, ruhi ko‘tariladi.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Xotin-Qizlar Ensiklopediyasi" O'zbekiston milliy ensiklopediyasi-Davlat ilmiy nashriyoti 2010 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80