Muhabbat bosqichlari

Материал из Wikipedia | Haqida
(перенаправлено с «Muhabbat boshichlari»)
Перейти к: навигация, поиск

Inson ruhiyati bilan shug‘ullanadigan olimlarning ta’kidlashicha, chin muhabbatni boshidan kechirish nasib etgan kishilar muhabbatning uch bosqichini, ya’ni boshlang‘ich, alangalangan va o‘zaro hurmat bosqichlaridan o‘tar ekanlar. Keling, shu bosqichlarga batafsilroq to‘xtalaylik.
Muhabbatning birinchi — boshlang‘ich bosqichi haqiqiy, kuch­li, istiqboli porloq, umri uzoq sof muhabbatning boshlanishi yoki, aksincha, shunchaki qiziqish, havas bo‘lishi, hattoki umri qisqa sevgining biron-bir ko‘rinishi bo‘lishi mumkin. Bu, albatta, sevib qolgan odamning dunyoqarashiga, uning o‘ziga xos xususi-yatlariga, hissiyotni paydo qilgan omillarga bog‘liq.
Birinchi bosqich hamma vaqt ham o‘sib, ikkinchi va uchinchi bosqichlarga o‘tadimi, degan savol tug‘ilishi tabiiy.
Birinchi bosqich, yuqorida aytganimizdek, hamisha ham muhab­bat bo‘lavermaydi. Ikkinchi bosqichga o‘tgan tuyg‘unigina haqiqiy muhabbat deyish mumkin. «Muhabbat» deb yurilgan narsa ko‘p ki-shilarda ikkinchi bosqichga o‘tib ulgurmay yo‘q bo‘ladi. Bu muhabbat emas, balki estetik didiga birmuncha to‘g‘ri keladigan, jinsiy ehtiyojlarini shunchaki qondirish (jinsiy yaqinlik shart emas) mumkin bo‘lgan qarama-qarshi jinsni ma’lum vaqtgacha idrok qilish natijasida yuzaga kelgan hissiyotdir.
Muhabbatning ikkinchi — alangalangan bosqichi bir qator xususiyatlari bilan e’tiborli. Bu xususiyatlarning ayrimlari aslida birinchi bosqichdayoq kuzatiladi va ikkinchi bosqichda ni­hoyatda kuchli hamda har jihati bilan ifodalanadi. Ular quyida-gilardan iborat: «Birgalik» effekta. Bunday hollarda sevikli yor muhabbat hislarini boshdan kechirayotgan shaxsning ongida, tasavvurida, xayolida doimo gavdalanib turadi. Nima ish qilmasin, qayerda bo‘lmasin, hatto yoridan necha ming kilometr masofada bo‘lmasin, xayolan u bilan dardlashadi.
Idrokning ideallashishi. Bunday hollarda sevilgan insoni-dek olam dunyoda yo‘qsek idrok etil ad i. Takrorlanmas darajadagi shaxe sifatida, har tomonlama mukammal shakllangan, nihoyatda aqlli, chiroyli, odobli va o‘zga ijobiy xislatlarga ega bo‘lgan yigit yoki qiz sifatida idrok etiladi. Fe’l-atvordagi salbiy tomonlar yoki biror jismoniy nuqsonlar ham sezilmaydi, hatto ba’zi nuqsonlar fazilat sifatida qabul qilinadi. Sevilgan inson va u bilan bog‘liq barcha narsalar, uning qarama-qarshi jinedagi tengdoshlaridan tashqari yaqin kishilari ham faqat ijobiy jihatdan idrok etiladi.
Altruizmning keskin ifodalanganligi. Bu bosqichda altru­izm (xudbinlikning aksi; o‘zgalar baxt-saodati haqida beg‘araz g‘amxo‘rlik qilish) nihoyatda kuchli ifodalanib, insonni sevgan kishisi uchun hamma narsaga tayyor holatga keltiradi. Sevgan qiz yoki yigitning manfaati o‘zining, ota-onasining, o‘zga yaqin ki~ shilarining manfaatidan ustun qo‘yiladi va birinchi darajali zarurat hisoblanadi.
Muhabbat kuchiga cheksiz ishonch. Bunday hollarda muhabbat hislarini boshdan kechirayotgan shaxe o‘z sevgilisi bilan birga bo‘lishni, bo‘sh vaqtlarini birga o‘tkazishni, so‘zeiz u bilan oila qurishni va hayotining so‘nggi kunigacha yonma-yon bo‘lishini orzu qiladi, shunga intiladi, ko‘pincha bu rejasini amalga oshiradi. Bunday oliy baxtga erishish yo‘lidagi turli to‘siqlar, turli-tuman qiyinchilik va qarama-qarshiliklardan, jumladan ota-onalarning qarshiligi, sevgilisining o‘zga kishi bilan nikohda ekanligi, ikkalalarining ham nihoyatda yoshligi, hayotda o‘z o‘rni-ni topolmaganligi, ijtimoiy va iqtisodiy yetilmagani, uy-joyining yo‘qligi, birining o‘zga shahardan kelganligi yoki o‘zga millatga mansubligi va hokazolarni ham yengib o‘tishiga to‘g‘ri keladi.
Sevilgan insonda boshqalar ko‘rmagan jihatlarni ko‘rish. Bu, albata, sevgan odamning ko‘zi bilan qarashga bog‘liq. Bu qarash-ning o‘ziga xos ruhiy tomoni shundaki, u basharti ijobiy tomon-larini bo‘rttirib ko‘rsatsa, salbiy tomonlarini ko‘rmaganga oladi yoki ahamiyatsiz qilib ko‘rsatadi. Sevgan odamda hayotga qiziqish kuchayadi. Buni quyidagilarda ko‘rish mumkin: ularda ruhiy jihatdan keskin o‘zgarish sodir bo‘ladi, dunyoni o‘zgacha tasavvur qilishadi, hayotni chuqurroq idrok eta boshlaydilar, o‘zgalar qalbini tushunish, ularga hamdardlik bildirish kuchayadi, ilgari yaqqoli ifodalanmagan rahmdillik xislatlari paydo bo‘ladi va ortadi. O‘zgalarga yordam qo‘lini cho‘zish, tevarak-atrofidagi go‘zalliklarni ko‘ra olish — estetik idrok qilish kuchayadi. Axloqiy qarashlari yuksaladi, oldingi zararli odatlarini tark etadi (bu muhabbatning tarbiyaviy ta’siri, o‘zga­larga bo‘lgan hurmatning oshishi tufaylidir), ijodiy faoliyati va ish qobiliyati ortadi (chunki muhabbat kishi faoliyatiga juda kuchli ijobiy ta’sir qiladi) va hokazo. Ikkinchi, ya’ni alangalangan bosqichdan birinchi bosqichga qaytilmaydi. Ikkinchi bosqichdan faqat uchinchi bosqichiga o‘tish mumkin, xolos. Demak, faqat birinchi bosqichgina qaytish xususiya-tiga ega, ikkinchi bosqichdan boshlab hissiyot ortga qaytmas xususiyat kasb etadi. Lekin ma’lum sabablarga ko‘ra bu bosqichlar «tez» bosib o‘tilishi mumkin. Yoshlarda, ayniqsa ilk sevgi-muhabbatni boshdan kechirayotganlarida, ba’zan esa tez sevib qoladigan yengil tabiatli kishilarda bunday holat ko‘p uchrashi mumkin. Xalqimiz bundaylarni birdan alanga olib, tez so‘ngan gulxanga o‘xshatadi. Binobarin bunday hissiyot uzoq davom etmaydi. Demak, muhabbat kuchli ifodalanmagani ma’qul ekan-da, degan xulosaga kelishga shoshilmang. Chinakam muhabbat bir umrlik tuyg‘u ekanini, uning kuchi, kuri ikki tomonni qarigan chog‘da ham isitib turishi kerak-ligini unutmang. Birinchi bosqichning qancha vaqt davom etishi bu hissiyotni boshidan kechirayotgan shaxening yoshiga, jinsiga, hayot tarziga, shaxeiy xulq-atvoriga, shuningdek bir qancha tashqi va ichki sa­bablarga bog‘liq. Buning aniq o‘lchovi bo‘lishi mumkin emas. Bosh-lang‘ich bosqich ikkala jins vakillari uchun har xil muddat davom etadi. Xotin-qizlar hissiyotidagi ruhiy omil kuchliroq bo‘lganligi va oilaviy hayot bilan oilaviy baxt ular hayotida muhim o‘rinni egallashi sababli sevgan kishisiga fidoyilik, uning manfaat-larini o‘z manfaatidan yuqori qo‘yish, sevgan kishisiga o‘zini baxshiyda etish fazilatining kuchliroq ekanligini nazarda tu-tib, ayollarda bu bosqich tezroq o‘tilsa kerak, deb fikr qilish mumkin.
Aksariyat ayollar muntazam jinsiy hayot kechira boshlaganidan so‘ng ilgari ularga batamom noma’lum bo‘lgan his-tuyg‘ular qursho-vida qoladilar. Ayni paytda bu tuyg‘ular ular ongida oilaviy hayotning ahamiyatini yanada oshiradi, erga bo‘lgan sevgi-muhab-batlari yanada ortadi. Demak ayollarda ikkinchi bosqichning «umri» uzunroq bo‘lishi tabiiy.
Muhabbat umrida uchinchi bosqich — o‘zaro hurmat bosqichi eng asosiy va eng davomli bosqich hisoblanadi. Birinchi, ikkinchi bosqichlardan «eson-omon» o‘tgan, uchinchi bosqich sinovlariga bardosh bergan muhabbat bu bosqichda umrining oxirigacha qolishi yoki turli ichki va tashqi ta’sirlar sabablariga ko‘ra barham topishi mumkin.
Eru xotin o‘rtasidagi muhabbat muttasil sinovlardan iborat, deydi keksalarimiz. Chamasi eru xotin o‘rtasidagi muhabbat aynan uchinchi bosqichda — eru xotin bir-birini o‘rganib, ta-nib, kashf qilib bo‘lganidan keyin — katta sinovlarga duch keladi. Sharq oila odobi aynan shu vaqtda ruhiy birlikning mavqei yuqoriligiga ishora qilib, bu davrda yurak bilan akd tenglashuviga, vaqti kelsa aql ustunroq bo‘lishi kerakligini ta’kidlaydi. O‘ylamay qo‘yilgan qadam ko‘p fojealarga olib ke-lishi mumkin. Odamlar qariganda yolg‘iz qolishdan, o‘g‘il-qiz-lar, kelinlar, nevaralar, tanish-bilishlar oldida gap-so‘z bo‘lishdan, obro‘ni yo‘qotishdan qo‘rqishadi. Buvday to‘siqlarni yengib o‘tish uchun esa, albatta, ikki o‘rtada muhabbat bo‘lishi kerak. Muhabbat uchqunini avaylab, ikkinchi bosqichda alanga oldira olgan juftlar, uzoq yillar uchinchi bosqichda birga yashab ham birga-liqda yoki alohida-alohida ikkinchi bosqichga qaytishlari mum-kin. YA’ni bunday holat er-xotinlar qanchalik yosh bo‘lishsa, shun-chalik tez va muhabbatlari qayta alangalanib turishi mumkin. Bu, ayniqsa, tashqi sabablarga ko‘ra ma’lum vaqt juftlar ayriliqsa yashaganda yoki shu paytgacha to‘siq bo‘lib turgan turmushdagi mayda-chuyda narsalar ilgarigi ahamiyatini yo‘qotgavda ham juftlar o‘rta-sidagi sevgi-muhabbat hislari qayta tiklanishi va hatto zo‘rayib ketishi ham mumkin.
Muhimi, juftlarning bir-birini topib, qalban, vujudan, ruhan bir-biriga kerakligini anglab yetishda va buni bir umr saqlay bilishda. Aksariyat bu uchinchi bosqichdagi muhabbat ishqiy, ruhiy, aqliy kechinmadir. Muhabbat shu uch narsaning uyg‘unligi, jipsligi bilan kuchli. «Sensan eng keragim, yolg‘iz malagim!» iqrori erkaklar uchun aksariyat shu bosqichga xos.
Muhabbat uchinchi bosqichda yo umr bo‘yi qoladi yoki barham topadi, dedik. Odamlar salomatlikning qadriga sog‘liqni yo‘qot-ganda, ota-onaning qadriga — ulardan ayrilganda, muhabbatning qadriga u bordan yo‘qqa aylanganda yetadilar, degan naql asosida ancha hikmat bor. Xotin erning ma’nisiga, er xotinning ma’ni-siga, ikkalasi bir bo‘lib muhabbatning ma’nisiga aynan shu — uchinchi bosqichda yetadi. Er-xotin o‘rtasidagi his-tuyg‘ularning susayishiga o‘ta faol jinsiy hayot kechirish ham, oilada bo‘lib turadigan mayda-chuyda kelishmovchiliklar ham sabab bo‘lishi mumkin. Nikohgacha bir-birlariga yaxshi ko‘rinish, dilni rom kilish maqsadida chiroyli kiyinish, pardoz-andozga zo‘r berish, xulq-atvorning faqat yaxshi tomonlarini ko‘rsatishga urinib turib, to‘ydan keyin sal vaqt o‘tmay bular haqida unutib yoki er xotinga, xotin erga yaxshi ko‘rinishim shart emas deb o‘ylab, shunga monand ish tutish ham juftlar ko‘nglini sovitadi. Sovigan ko‘ngidda esa muhabbat alan­ga olmaydi. Undan boshqacha nido chiqadi: Boshimga bolishlar botdi — kelmading, Yurakka nolishlar botdi — kelmading...
Qadriga yetish uchun yo‘qotish shartmi?.. Axir yurakka boshqa to‘lqin, boshqa tepkinlar ham tanish-ku! Quyida bundan yigirma olti asr avval, ya’ni miloddan avval-gi VII asr oxiri va VI asr boshlarida yashab o‘tgan yunon muhabbat kuychisi — shoira Sapfoning she’rini keltirar ekanmiz, bu tuyg‘ular qaysi ayolga tanish emas, ran ayol ham, erkak ham o‘zini shunday muhabbat cho‘qqisida, ya’ni uchinchi bosqichda bir umrga saqlab qolishida degimiz keladi.

shunday muhabbat cho‘qqisida, ya’ni uchinchi bosqichda bir umrga saqlab qolishida degimiz keladi. Qarshimda turganni tangrim deyyaymi, Deyyaymi ploxim, ko‘zdek yaqinim. Tiz cho‘kib, mendanmi, kulgumdan u mayet, Jiddiy quloq osmish so‘zimga manim. So‘zlash qayda! Tutib bo‘lmas sho‘x irmoq — Yurakkinam seni ko‘rgach — bo‘ldi hap! Asli gungmi edi tilim yoki sen Kuchim olgan kabi, qirqsing uni ham! Soqovman, vujudimda yoniq titroq Tomirlarda oqar qonmi yo olov! Ko‘zlarim yumug‘u nafasim otash, Quloqsa ne jarang? Bu — men yo birov?! Nima bu? Favvora misol tinmasdan, Qaynoq ter quyilar har tuk, jonimdan. Maysadan ko‘kroqman, rosa bug‘riqqan, Chiqarga keldimi, ey tangrim yo jon! Lek chida! Chidash-ku — ilohiy lazzat, Vujuding chuqurroq bo‘lsa-da faqat...

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Xotin-Qizlar Ensiklopediyasi" O'zbekiston milliy ensiklopediyasi-Davlat ilmiy nashriyoti 2010 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80