Moxov nima?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Qadim zamonlardan beri "moxov" kasalligi inson zotini dahshatga solib kelmoqda. Ev kasalga chalinganlar utmishda umr buyi odamlardan ajralib yashaganliklari bois ham jismoniy, ham ruhiy azobga mahkum bulishgan. Bunday bemorlarga hech kim yaqinlashmaydi. Zamonaviy tibbiyot fanida bu kasallik yaxshi urganilib, davoning turli usullari ishlab chiqilgan. Darhaqiqat, moxov yuqumli bulib, kasallik bemordan yoki u bilan muloqotda bulgan uchinchi shaxsdan yuqishi mumkin. Moxov viruslari teri va asabga yoki ikkalasiga bir xilda ta’sir qiladi. Kasallikni keltirib chiqaruvchi bakteriyalar norvegiyalik shifokor Xansen tomonidan aniqlangani tufayli u yana "Xansen kasalligi" deb nomlanadi.
Kasallik juda qadim zamonlardan ma’lum bulsada, moxov mikroblari yer yuzida kam tarqalgan. Mazkur kasallik mikroblarining paydo bulish sabablari hanuz noma’lumligicha qolmoqda. Ular avval teriga tushib, uni shikastlantiradi. Agar organizmning mikroblarga qarshilik kursatish qobiliyati yuqori bulsa, unda teridagi tugunchalarning qalinlashuvi va shishlar sekin rivojlanadi. Ular asosan peshona, burun, kuz va lab atroflarida paydo bulganidan yuz xunuklasha boradi.
Kasallik viruslari organizmda asab tolalarini shikastlab bo‘lgach, bemor og‘riqni sezmaydi, ya’ni uning tana a’zosining kesilgani yoki kuygan holatini bilmaydigan holatga tushadi. Muskullar ham yaroqsiz holatga kelib, qul va oyoqlar qisqichlarga aylanib, chirish boshlanadi.
Moxov infeksiyasi deyarli butun dunyoda uchraydi, lekii tropik mintaqalarda hamda Shimoliy Afrika, Xitoy va Hindistonda ko‘proq ro‘y beradi. Shunisi taajjublanarliki, u hatto AQShda, ayniqsa uning janubida ro‘y berishi ham mumkin.
Zamonaviy tibbiyotda moxov, ilgari o‘ylaganchalik yuqumli hisoblanmaydi. Unga duchor bulgan aksariyat bemorlar davolash kurslarini yashash joylarida olishadi, zero endilikda kasallik infeksiyasini tuxtatishga qodir antibiotiklar yaratilgan. Yangicha usulda davolangan bemorlarning to‘liq sogayib ketganlari ham bor.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80