Mittilikning sababi nimada?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Mittilar yoki liliputlar qadim zamonAardan beri odamlar e’tiborini o‘zlariga tortib kelishgan. Ular aksariyat qirol saroylarida hukmdorlarning ermagi sifatida asralgan. O‘tmishdagi mittilarning eng m.ashhuri — general Tom Tamba edi. Uning asl ismi Charlz Stretton bulib, yigirma besh yoshligida bo‘yining uzunligi yuz santimetr, vazni o‘n bir kilogramm bo‘lgan.
Odamlarning buylari uch xil — g‘oyat novcha, g‘oyat pakana yoki urtacha bulishi mumkin. G‘oyat novchalik bilan g‘oyat pakanalik — birorta jiddiy kasallik, nguningdek, muayyan bezlarning haddan ortiq ishlashi yoki umuman ishlamasligi natijasida ruy beradi.
Aslini olganda, bo‘yning qanday bulishi irsiyatga bog‘liq. Masalan, Afrikadagi vatuzi va masai qabilalaridagi aksariyat erkaklarning buyi ikki metrdan kam emas. Bunday novchalik ular uchun tabiiy hisoblanadi. Ayni shu Afrikaning pigmeylar qabilasiga mansub odamlarning buyi esa urtacha 130 santimetrdan oshmaydi. Bunday pakanalik ular uchun ham tabiiy hol hisoblanadi.
Inson bo‘yiga — endokrin, gipofiz, adrenalin, shuningdek, erkak va ayol jinsiy bezlari ta’sir kursatadi. Ayrim pakanalarning boshi bilan tanasi normal bulsa-da, kasallik natilsasida oyoq-qullari o‘smasdan, kaltaligicha qoladi. Sog‘lom insonning skeleti bolalik va o‘smirlik paytida rivojlanib, suyaklar uchidagi tog‘ay qotib, suyakka aylanadi. Kasallangan tog‘ay esa qo‘l-oyoqlarning normal o‘sishiga xalaqit beradi.
Bo‘yning pakanaligiga, nguningdek gipofiz bezida gormonlarning yetishmasligi ham sababchi bulishi mumkin. Bolaning buyi tug‘ilgandan keyin, dastlabki yillari yaxshi o‘sib, keyin rivojlanishdan to‘xtasa, unga gormon dorilar bilan yordam ko‘rsatish mumkin.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80