Mineral nima?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Mineral bu — yer qobig‘i tarkibiga kiruvchi noorganik xossali modda. Ba’zan neft, kumir va ohaktoshni ham mineral deyishadi. Aslida ular qachonlardir Yer yuzasida yashagan jonzot va o‘simliklardan paydo bo‘lgan.
Odatda minerallar ikki guruhga: Metall va nometall mineral ma’danlarga bo‘linadi. Metallarga — qo‘ng‘ir temirtosh (temir), mis rudasi, boksitlar (alyuminiy), nometallarga — kvars, asbest, kalsitlar kiradi. Odatda minerallar kristall holatda uchraydi.
Tog jinslarini minerallar bilan chalkashtnrmaslik kerak, zero ular bir-biridan farq qiladi. Mineral o‘ziga xos tuzilishga ega. Yer sharining har qanday nuqtasidan topilgan minerallarking rangi, qattiqligi (pishiqligi) va yana boshqa xususiyatlari bir xil bo‘ladi.
Tog jinslari tarkibida ham granit, kvars, dala shpati, slyuda va boshqa minerallar bor. Lekin bir joydan topilgan granit tarkibidagi minerallar soni boshqa bir hududdagi granitdagiga nisbatan kam yoki ko‘p bo‘lishi mumkin.
Minerallar turli konlardan olinadi. Ularni tog jinslari va qum tarkibida ham uchratish mumkin. Minerallar tuzilish jihatdan bir-biridan farq qiladi. Masalan, ayrim minerallar "magma" deb ataluvchi vulqonli qaynoq suyuq moddaning kristallanishi yoki qotishidan yuzaga keladi. Olmoslar, slyudalar va dala shpatlari ana shunday paydo bo‘ladi.
Ayrim minerallar bejirimligi va tabiatda kam uchraganligi tufayli qimmat sanaladi va ular qimmatbaho toshlar (olmos, yoqut, topaz) sirasiga kiradi. Ona tabiat boshqa mineralllrga ham boy. Tabiatda, ayniqsa, kvars ko‘p. Yer sharining deyarli barcha mintaqasida uning 200 ga yaqin turi borligi ma’lum.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80