Mikrob nima?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

O‘tgan ming-ming yillar mobaynida inson o‘zining kasalga chalinish sabablari haqida hech qanday tasavvurga ega bo‘lmay yashab keldi. Ibtidoiy jamoa davrida odamlar kasallikni o‘lja jismiga kirib olgan yovuz ruhlar keltirib chaqiradi, deb o‘ylashgan. 1865 yilga kelibgina, kasallikni mikroblar qo‘zg‘ashi ilm-fan tomonidan isbotlandi. Bu nazariya birinchi bo‘lib Lui Paster tomonidan kashf etildi. Bugun biz mikroblar insoniyatning eng xavfli dltnmanlari ekanligini yaxshi bilamiz. Ular faqat mikroskop ostida ko‘rish mumkin bo‘lgan bir hujayrali mayda mikroorganizmlardir. Ayrimlari shunchalik mayda bo‘lganidan ularni hatto ko‘rib ham bo‘LxMaydi. Mikroblar yoki mayda tanachalar hayvonlar yoki o‘simliklardan paydo bo‘lishi mumkin. Hayvonlar yuzaga keltirgan mikroblar "irotozolar", o‘simliklarniki "bakteriyalar" deb ataladi. Uchinchi guruh mikroblar esa "filtrlanuvchi viruslar" deyiladi. Ular shunchalik maydaki, katta mikroblarni o‘tkazmaydigan eng mayda filtrlardan ham o‘tib ketadi.
Bir xil turdagi mikroblar faqat bitta kasallikni qo‘zgaydi. Masalan, skarlatina (qizilcha) kasalligini qo‘zgovchi mikrob bezgak yoki boshqa xildagi kasalliklarga sababchi bo‘lmaydi. Qizilcha kasalligi kelib chiqishi uchun faqat bitta mikrobning o‘zi kifoya. Biroq kasal qo‘zg‘atuvchilar turkumiga kiradigan aksariyat mikroblar ichida insonga foyda keltiradiganlari ham bor.
Mikrob qo‘zg‘atgan kasallikdan omon qolgan odam organizmi ertami-kechmi o‘sha mikroblarni yo‘qotadi. Ayrim kasalliklarda, masalan qizilcha, qizamiq yoki tepkini boshdan kechirg'an odam bu kabi kasalliklarga qayta chalinmasligi mumkin. Tananing dard takrorlanishiga qarshiligi tibbiyot ilmida "immunitet faolligi" deyiladi. Ayrim hayvonlarda "tabiiy immunitet" bo‘lganligi sababli, boshqa jonzotlarga yuqadigan kasalliklar ularga yuqmaydi. Emlash va "antitoksinlar" insondagi ayrim mikroblarga qarshi immunitet hosil qiladi.
Filtrli viruslar qizamiq, quturish, suvchechak, bolalar falaji, oddiy gripp va tumov kabi kasalliklarni keltirib chiqaradi. Ushbu mayda, ko‘zga deyarli ko‘rinmaydigan mikroorganizmlarni olimlar hali ko‘p tadqiq qilishlari kerak.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80