Mijoz va muhabbat

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Sevgi-muhabbatning paydo bo‘lishini bevosita mijoz bilan bog‘lash xato bo‘lur edi. Chunki hammada yurak bor degandek, hamma ham sevadi. Birov ochiq-oydin «pov» etib yonib, birov chuqur, samimiy, birov pinhona... Demak, mijoz bilan hissiyotning ifodalanishi orasidagi bog‘liqlikni inkor etib bo‘lmaydi. Xolerik va sangvinik mijozli kishilar yoki bu mijozlar-ning aralashuvidan iborat toifadagi kishilar o‘zgalar bilan tez va oson til topishadi. Bu toifadagi erkak va ayollar o‘zlariga dust topishda unchalik qiynalmaydilar. Shuningdek, bunday toifada­gi odamlar flegmatik va melanxolik mijozlarga nisbatan tez va oson ochiq-oshkor sevib qoladilar, chunki ularda hissiyot tashki tomondan kuchli ifodalangan va shu sababli ham hissiy qoniqish osonroq va tezroq sodir bo‘ladi. Bundaylar yuqoridagi aytib o‘tilgan muhabbat bosqichlarini birmuncha tezroq bosib o‘tishlari ham mumkin.
Flegmatik va melanxoliklarning esa o‘zgalar bilan til topishishlari ancha qiyin. Ular osonlikcha va tezda dust orttiravermaydilar, ammo do‘stlikning qadriga yetadilar va sal sabab tufayli do‘stlarini almashtirmaydilar ham. Bu toifadagi kishilarda hissiyot nihoyatda chuqur va pinhona kechadiki, boshqalar buni ta-shqi tomondan sezishi qiyin. Buni xuddi daryoning chuqurligini uning sathiga qarab bilib bo‘lmasligiga o‘xshatish mumkin.
Keyingi paytlarda o‘g‘liga kelin tanlayotgan tomon yoki, aksincha, qizini biron yigitga unashish bo‘sag‘asida turgan tomonlar yigitning ham, qizning ham sog‘lig‘ini surishtirishi, shukrki, odat tusiga kirib borayapti. Hatto qiz va yigitning tu-g‘ilgan vaqtlari aniqlangach, turli munajjimlar bashoratiga murojaat etish urf bo‘layapti. Mijozlar (temperamentlar) haqida hamma boshlang‘ich bilimga ega bo‘lib turib ham qiz va yigit­ning mijozi bir-biriga to‘g‘ri keladimi-yo‘qmi, keyin hayotda ular qiynalmaydimi degan fikrlar deyarli hech kimning esiga kelmaydi. Ko‘pincha «bir yaxshiga — bir yomon» deymizda, bu tafovutni siypalab ketishga harakat qilamiz. «Bir yomonimga yaxshingizni so‘rab keldim», deyishadi sovchilar ham. Shu «yaxshi», «yomon»lar ichiga mijozlar yashirinmaganmikan? Qolaversa, «yaxshi»-«yomon»larning baxtli va saodatli bo‘lishi, ibratli muhabbat sohibi bo‘lishlarida ikki tomonning ham o‘z juftlarining «yaxshi» yoki «yomon» tomonlarini chuqur o‘rganish, sabr va bardosh bilan muomala qilishga odatlanishga ishora yo‘qmikan!?
Oilashunos, ruhiyatshunoslarning ta’kidlashicha, oila ajralishlarining aksariyati, garchi juda kup boshqa sabablar ko‘rsatilayotgan bo‘lsa ham, aslida mijozlarning moye kelmasligi, juftlarning bir-birini tushunmasligi oqibatidir. Bir-biriga yaqin yoki bir xil mijozli er-xotinlarda yuqorida aytilgan fojea bo‘lmasligi mumkin. Bundan xolerik mijozli er-xotin istisno-dir. Bunday er-xotinlar orasida janjalli hollar ko‘p bo‘ladi. Ikkovining ham jahli burnining uchida turadi. Bo‘lar-bo‘lmasga lovullab ketishadi. Odatda ular qilg‘ilikni qilib qo‘yib, keyin mulohaza yuritadilar. Uta ehtirosli bo‘ladilar. El ham buni yaxshi biladi, ko‘pini kechirib ham ketadi. «Bir-biri bilan urishayaptimi, demak bir-biriga muhabbati bor», deyishadi.
Mijoz va muhabbat haqida muxtasar so‘z yuritishga uringanimiz boisi boshqa. Tasavvur qilingki, xolerik mijozli kiz fleg­matik yoki melanxolik mijozli yigitga turmushga chiqdi. Mijoz­lar haqida mutlaq xabarsiz kelin asal oyida kuyovning hind kinolaridek ehtiros bilan muhabbat izhor qilmayotganidan, umu-man muomalasidan qoniqmay kuyovni sovukliqda ayblashi, yana battari — uni chetda muhabbat ulashib yurishda ayblashi hech ran emas! Yoki, aksincha, melanxolik kuyov tabiati jo‘shqin, sho‘x xole­rik mijozli kelinni bir umr rashk o‘tiga qovurib o‘tishi mum­kin.
Demak, er-xotinlik, muhabbat tuyg‘ulari izhori bobida juftlar, albatta, bir-birining mijozini yaxshi bilishi kerak.


Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Xotin-Qizlar Ensiklopediyasi" O'zbekiston milliy ensiklopediyasi-Davlat ilmiy nashriyoti 2010 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты