Mifologiya nima degani?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Insonni hamisha uni o‘rab turgan atrofidagi dunyo nega aynan bundayligi uylantirib kelgan. Inson qadimdan u yoki bu xil voqealar qanday sabablarga kura sodir bo‘lajagini izohlashga urinadi. Biz-ku hozir koinotda, borliqda ro‘y berayotgan voqea va hodisalarning ilmiy asoslarini sharhlab, izohlab bera olamiz. Olis utmishda esa odam bunaqa "sharh va izohlar"ni o‘zi to‘qib chiqarishga majbur bulgan. Axir quyoshning bu qadar muntazam ravishda chiqib kelishi va botib ketishining sabablari nimada, degan savolni u qanday qilib izohlashi mumkin? Yil fasllari qanday almashadi, yulduzlar qanday paydo bo‘lgan, ular qanday qilib harakatlanadi, degan savollarnichi? Insonning shaxsiy hayoti ham turli xil savollarga to‘lib-toshgan. Masalan, aytaylik, inson nima sababdan tush ko‘radi? Odam nega kasallanadi? Odamning o‘zi qanday paydo bo‘lgan? U vafot etganidan keyin nima voqealar bo‘lib o‘tadi? Bu dunyo o‘zi qanday bunyod bo‘lgan, u nimalardan tarkib topgan? Mana shundai savollarning bari odamlarni qadim-qadimlardanoq qiziqtirib kelgan va ularga javob topishga, ularni izohlashga urinishlar ko‘p bo‘lgan. Dunyoning turli burchaklarida turli qabilalar a’zolari bunday savollarni o‘zlaricha izohlab kelganlar, o‘zlaricha javob topganlar ham. Bu javoblar uylab topilgan yoki izohlashga uringan chiroyli, bir -biridan go‘zalhikoyalarni biz "mif"lar deb ataymiz, Mifologiya fani — dunyo xalqlarining miflarini, ya’ni afsonalarini o‘rganadigan sohadir. Inson shu tariqa o‘zini o‘rab turgan olam voqeliklariii miflar yordamida qadim zamonlardanoq "insoniylashtirish"ga, "shaxslashtirish"ga urinib kelgan. YA’ni u o‘zini o‘rab olgan olamdagi hamma narsa va voqealar, insonning o‘zi ham qandaydir bir tafakkur samarasi ekanligini, ular o‘zlaridan ham baland turadigan allaqanday kuchlarga bo‘ysunajagini, voqea -hodisalarning o‘zida ham allaqanday kuch-qudrat, harakatlar borligini tushunganlar, his qilganlar. Insonni o‘rab olgan hamma narsa — jonivorlar, o‘simliklar, yulduzlar, daryolar, Quyosh va Oy — bularning bari sehrli qudratga ega bo‘lgan ma’budlar deb tushunilgan. Ma’budlarning ba’zilari ezgu ishlarga amal qilsa, boshqalari yovuz ishlarni amalga oshiradi, ular kasallik tarqatadilar, ocharchilik va o‘lim urutlarini sepadilar, deb tushunilgan. Agar, deb fikr qilgan o‘tmishdagi qadimiy odam, ushbu narsalar — ma’bud bo‘lsa, ular aqlli-hushli narsalar bo‘lsa, demak, ulardan madad-imdod o‘tinsa, yordam kutsa bo‘ladi. Agar quyosh tafakkur qila oladigan aqlli narsa ekan, demak, o‘simliklar oziqlanishi, barq unib o‘sishlari uchun nurlarini ularga yo‘llashini undan so‘rasa bo‘ladi. Shu tariqa odamlar qurg‘oqchilik paytlarida yomg‘ir xudosiga yordam, suv so‘rab murojaat qilganlar, qilgan iltijolarimiz oxir bir kun o‘z manziliga yetib boradi, deb umid qilganlar. Bularning bari qadim zamonlardayoq turli xil urf-odatlar, marosimlar, e’tiqod, iltijo ma’rakalarining kelib chiqishiga sabab bo‘lgan. Yaratganga iltijo qilishning o‘ziga xos, muayyan usullari, marosimlari o‘ylab topilgan, shakllangan, shularga amal qilingan. Shundai qilinmasa, xudolar xafa bo‘ladi, jahli chiqadi, deb o‘ylashgan. Xudolar va insonlar o‘rtasidagi bunday ajoyib-garoyib munosabatlar yaxshilikka xizmat qilmog‘i joiz, deb tushunilgan. Ana shundai qilinsa, voqea-hodisalarni boshqarish, nazorat qilish mumkin bo‘ladi, shundai qilsam kunlarim osoyishta, yengil o‘tadi, o‘zim ham farzandlarim bilan baxtli yashayman, deb inson umid qilgan.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80