Mantilar

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Mantilarni bir nechta usulda, bir necha xil qiymalar bilan tayyorlash dumaloq, cho'ziq, qayiq, to'rtburchak qilib tugish mumkin. Tarkibidagi qiyma turlariga qarab mantilar go'shtli, go'sht va kartoshkali, qovoqli bo'lishi mumkin, shunindek, kartoshkali xonim, xoshan (qozoqcha) kabi tayyorlanishi mumkin.
Elangan un, xom tuxum, tuzli suv yordamida biroz qattiq xamir qorilib, usti ho'l mato bilan yopib, 30—40 minut tindiriladi. g'anday shaklda tugilishiga qarab, xamirga o'ziga xos ishlov beriladi.
Dumaloq manti uchun tindirilgan xamir bo'laklarga bo'linib, uzun zuvalachalar yasaladi, ularga pichoq bilan kesilgan yoki qo'lda uzilgan 25 g li silindr shakli berilib, biroz ezib, doira ko'rinishiga keltiriladi va unlanib, tindiriladi. So'ngra jo'va yordamida cheti yupqa, o'rtasi qalin(2—3 mm), diametri 12—16 sm li doira shakli beriladi. To'rt burchakli manti uchun tindirilgan xamir o'qlov yordamida yoki mashinada qalinligi 1—2 mm li qilib yoyiladi. Keyin eni 18—20 sm li kvadrat qilib kesiladi.
Go'shtli manti. Birlashtiruvchi to'qimasi o'rtacha qo'y yoki mol go'shti qiymalagichdan o'tkazilib yoki kubik qilib to'g'ralib, mayda chopilgan bosh piyoz, tuz, ziravor bilan aralashtirilib go'sht qiymasi tayyorlanadi. Jo'va yordamida doira shaklida yoyilgan manti xamiri o'rtasiga go'sht qiymasi solinib, chetlari birlashtirilgan holda dumaloq yoki qayiq manti tugiladi. O'qlovda yoki mashinada yoyilib, kvadrat shaklda kesilgan manti xamiri o'rtasiga go'sht qiymasi solinib, qarama-qarshi burchaklari o'zaro oxirgi birlashtirilgan burchaklarning etagi barmoq atrofidan aylantirilgan holda birlashtirilib, o'ziga xos ko'rinishdagi to'rt burchak shakli beriladi.
Tugilgan manti o'simlik yog'i surtilgan qasqon patnislariga terilib, 40 minut davomida bug'da pishiiiladi. Pishgan manti taqsimchaga 2 dona hisobida (har bir donasi 105 g) qo'yilib, ustidan qatiq, ta'bga ko'ra yanchilgan qora murch sepilib, dasturxonga tortiladi.
Xamir uchun: un 38 g, tuxum 1/20 g, suv 13 g, tuz 0,4 g. Qiyma: qo'y go'shti 103 g yoki mol go'shti 100 g, piyoz 88 g, murch 0,02 g, tuz 0,8 g, suv 16 (qiyma 160 g, tugilgan manti 210 g,), moylashga yog' 2 g, qatiq yoki smetana 15 g. Sof og'irligi 240 g. Qovoqli manti. Elangan un, xom tuxum, tuzli suvda qorilgan xamirga yuqoridagi usulda ishlov berib, shaklga kiritish mumkin. Sovuq ishlovdan o'tgan qovoq kubik qilib, piyoz mayda to'g'ralib, eritilgan mol yog'i yoki dumba yog'i, ta'bga ko'ra tuz, shakar qo'shib aralashtirib qiyma tayyorlanadi. Mantini tugish yuqoridagi usulga o'xshash bo'lishi mumkin. Manti yog'langan qasqon patnisiga terilib, 30 minut bug'da qaynatib pishiriladi. Pishgan qovoqli manti taqsimchaga qo'yilib, ustidan qatiq solib, dasturxonga tortiladi. Un 38, tuxum 1/2 dona, suv 13 g, tuz 0,4 g, qovoq 157 g, piyoz 48 g, mol yog'i (eritilgani) 8 g, murch 0,02 g, shakar 5 g, tuz 0,8 g, (qovoqli qiyma 160 g, tugilgani 210 g, qasqonni moylashga 2 g, pishgan manti 30 g,), qatiq yoki smetana 15 g. Sof og'irligi 240 g. Ко'rib chiqilgan mantilardan tashqari yana andijoncha manti (129), qovurma manti (132), go'shtli xunon (133), gul xunon (134), kartoshkali va qovoqli xunon (135, 136), xamir do'lma (137), qovoq barak (138) va boshqa xamir taomlarini tayyorlash mumkin.


Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. Axrorov Umid Bakirovich, Axrorov Shuhrat Umidovich "Taom tayyorlash texnalogiyasi". 2008 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma’lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80