Kvars nima?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Biz kundalik turmushda kvarsdan keng foydalanamizu, lekin uning kvars ekanligi haqida uylab ko‘rmaymiz. Kvarsning yana bir nomi "kremnezem". U kremniy va kisloroddan iborat bo‘lib, po‘latdan ogar, shishadan tiniq bo‘ladi.
Aralashmalarsiz kvars rangsiz yoki oq bo‘lib, boshqa moddalar qo‘shilmasida kizil, jigarrang, yashil, moviy, ko‘k, hatto qora ranglarda uchrashi mumkin. Ba’zan u tabiatda shaffof, o‘tkir qirrali, olti burchakli shakllarda uchraydi. Uni "tog’ billuri" ham deyishadi. Darhaqiqat, aksariyat tog‘lar kvarslardan bunyod bo‘lgan. Yelim moddadan birikkan qumtosh tarkibida ham kvars zarralari mavjud. Granit tarkibida ham kvars bor. Oq qum esa bu — toza kvars. Oddiy kum ham asosan kvars hisoblanadi. Aqiq, ametist, oniks kabi yarim qimmatbaho toshlar tarkibidash qo‘shimcha aralashma minerallashgan kvarslardir.
Shisha va optik asboblar tayyorlashda kvars kup qo‘llaniladi. Radio va televideniye asboblarining to‘lqin sozlagichlariga yupqa kvars plastinkalar o‘rnatilgan bo‘ladi. Kvars juda yuqori, ya’ni — 1710° S haroratda eriydi, siqilib -kengayishi juda kam, shuningdek, shishadan tiniq. Shuning uchun ham u laboratoriyalarda foydalanish uchun zarur material hisoblanadi. Olovda qizdirilgan tarelka shaklidagi kvars issiqligida suvga solinganda, unda hech qanday uzgarish ro‘y bermaydi. Kvars o‘zidan issiqlik va nurni yaxshi o‘tkazadi. Oddiy shisha oyna o‘tkazmaydigan shifobaxsh ultra-binafsha nurlarini kvars yaxshi o‘tkazadi. Shuning uchun ham, ayrim sanatoriylarning tomlariga kvars qoplanadi. Shuningdek, kvarsdan tibbiyotda keng qo‘llaniladigan shifobaxsh kvars lampalar tayyorlanadi.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80