Quyuq ovqatlar

Материал из Wikipedia | Haqida
(перенаправлено с «Kuyuq ovqatlar»)
Перейти к: навигация, поиск

Moshkichiri. Piyoz va lo‘nda-lo‘nda to‘g‘ralgan go‘sht dog‘langan yog‘da yaxshilab qovuriladi. Sungra suv quyib, yuvilgan mosh solinadi va suyet olovda qaynatiladi. Mosh ochilgach, qozonga tuz, ziravorlar, guruch solinadi. Qozon bir oz qaynagandan keyin suvi tortiladi. Ovqat qirmoch olmasligi uchun kovlab turiladi. Tayyor taomni 10—15 minut «dam yedirib» laganga suziladi. Ustiga piyozdog‘ solinadi. Qiymali moshkichiri tayyorlash uchun go‘sht qiymalanib, dog‘lan­gan yog‘da piyoz bilan qovuriladi va idishga olib qo‘yiladi. Tayyor moshkichiri laganga suzilgach, betiga qovurilgan qiyma solinib dasturxonga tortiladi.
Moshkichiri muxashshir. Yuvilgan mosh sovuq suvga solib qaynatiladi. Mosh ochilgach, suvi to‘kib tashlanadi va yana sovuq suv quyib ishqab-ishqab pusti ajratiladi. Dog‘langan yog‘da piyoz va qiymali go‘sht qovuriladi, ozgina suv quyib, ustidan taiyerlan­gan mosh bilan birga yuvilgan guruch solib, pishirish davom ettiriladi. Qozon vaqt-vaqti bilan kovlab turiladi. Taom pish-gach, tuzi rostlanadi. Dasturxonga betiga piyozdog‘ yoki qirqilgan ko‘k piyoz solib tortiladi.
Moshkichiri muxashshir uchun 0,5 kg mosh, 0,5 kg guruch, 300 g yog‘, 2—3 bosh piyoz, 200 g qiyma, ta’bga ko‘ra tuz, ziravorlar, betiga sepish uchun 1 bog‘ ko‘k piyoz kerak bo‘ladi.
Palovlar. Qovurma palov. Kubik shaklida to‘g‘ralgan qo‘y yog‘i qozonga solib eritiladi (qo‘y yog‘ining o‘rniga omixta yog‘lar ham ishlatish mumkin), jizzasi suzib olingach, qizdiriladi. Yaxshi­lab dog‘langan yoqqa go‘shti shilib olingan suyak solib, bir oz qovuriladi. Suyak qizg‘ish tusga kirgach, qozonga parrak-parrak qilib to‘g‘ralgan piyoz va lo‘nda-lo‘nda qilib to‘g‘ralgan go‘sht soli­nadi. Masalliq yaxshi qovurilgach, qozonga somon shaklida to‘g‘ral­gan sabzi hamda oshga solinadigan tuzning yarmini solib, qovu-rish davom ettiriladi. Zirvak yaxshi qovurilgach, ziravorlar (xo-hishga ko‘ra qizil qalampir) solinadi, so‘ng oshga solinadigan suvning yarmini quyib qaynatiladi. Zirvak suyet olovda 20—25 minut davomida qaynatiladi. Zirvak pishgach, guruch solinadi. Guruch suvni tortgach, osh damlanadi. Tayyor taom sopol yoki chinni laganga uyib suziladi, ustiga suyakli go‘shtlar chiroyli qilib joylashtiriladi. Palov bilan qo‘shib yeyish uchun alohida idishda achchiq-chuchuk, bo‘lak-bo‘lak qilib to‘g‘rab suvga solib qo‘yilgan turp yoki salatlarning xohlagan bosh-qa turidan biri dasturxonga tortiladi.
Qovurma palov uchun 1 kg guruch, 500 g go‘sht, 250 g yog‘, 500 g sabzi, 4—5 bosh piyoz, bir choyqoshiq zira, zirk, 2 l suv, ta’bga ko‘ra tuz kerak bo‘ladi.
Ivitma palov. Dog‘langan yog‘da avval lo‘nda-lo‘nda qilib to‘g‘ralgan go‘sht, so‘ng parrak-parrak qilib to‘g‘ralgan piyoz qizar-guncha qovuriladi. Masalliq yaxshi qovurilgach, qozonga somon shaklida to‘g‘ralgan sabzi va ozgina tuz solib, 10—15 minutcha qovurila­di, sungra qozonga ziravorlar, tayyorlangan no‘xat (no‘xat 10 soat ivitiladi) va suv quyib qaynatiladi. Zirvak pishirishga kiri-shishdan avval guruch tuzli suvda 3—4 marta yuvilib, issiq suvga ivitib qo‘yiladi. Ivitma palov uchun 1 kg guruch, 500 g go‘sht, 150—200 g no‘xat, 300 g yog‘, 3—4 bosh piyoz, 400 g sabzi, 1,5 l suv, ta’bga ko‘ra ziravorlar va tuz kerak bo‘ladi.
Kovatok palov (tok oshi). Kovatok palovga solinadigan go‘sht ikki qiyemga bo‘linadi: bir qismi qovurish uchun to‘g‘raladi, ikkinchi qismiga piyoz qo‘shib qiyma qilinadi. Tokning yangi chiqqan barglari terib yuviladi, sungra teskari tomoniga qiyma solib tugiladi. Kovatok ochilib ketmasligi uchun ipli ignadan o‘tkazib, ipga tiziladi va alohida idishda bir qaynatib olinadi. Palov «qovurma palov» usulida tayyorlanadi. Guruch solishdan oldin zirvakka tayyorlab qo‘yilgan kovatok solinadi. Palov tayyor bo‘lgach, kovatok titilib ketmasligi uchun ehtiyotlik bilan olib qo‘yiladi, laganga suzilgan oshning ustiga ipi uzib tashlangan kovatoklarni qo‘yib dasturxonga tortiladi.
Kovatok uchun 50 g guruch, 250 g go‘sht, 4—5 bosh piyoz, yarim choyqoshiqdan murch va zira, 25—30 dona uzum bargi va ta’bga ko‘ra tuz kerak bo‘ladi.
Palov uchun 1 kg guruch, 250 g go‘sht, 250 g yog‘, 400 g sabzi, 2—3 bosh piyoz, har biridan 1 choyqoshiqda zira, zirk, qalampir, ta’bga ko‘ra tuz kerak bo‘ladi.
Behili (yoki sarimsoqli) palov ham «qovurma palov» kabi tayyorlanadi. Zirvak qaynab chiqqach, qozonga tuki tozalangan va urug‘i olinib, ikkiga bo‘lingan behi (yoki po‘stining bir qava-ti archilib, o‘zagi olib tashlangan sarimsoq) solinadi. Palov tayyor bo‘lgach, behi (yoki sarimsoq)ni idishga olib, qozondagi masalliq aralashtiriladi va laganga suziladi. Taom ustiga lo‘nda-lo‘nda qilib to‘g‘ralgan behi (yoki bo‘laklarga ajra-tilgan sarimsoq) qo‘yilib dasturxonga tortiladi. Behili (yoki sarimsoqli) palov uchun 1 kg guruch, 300 g go‘sht, 2—3 dona behi (yoki sarimsoq), 250 g yog‘, 400 g sabzi, 3—4 bosh piyoz, ta’bga ko‘ra tuz va ziravorlar kerak bo‘ladi.


Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Xotin-Qizlar Ensiklopediyasi" O'zbekiston milliy ensiklopediyasi-Davlat ilmiy nashriyoti 2010 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80