Kumush nima?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Kumush qadim zamonlardayoq qazib olingan. Yevropadagi qirollarning boyligi bir paytlar ularda bor bo‘lgan kumushning miqdoriga qarab belgilangan. Ispaniya kumush konlaridagi ma’dan tugagan paytda, Amerikaning kashf etilganligidan xabar topgan qirolning quvonchi cheksiz bo‘lgan, zero, bu kashfiyot unga Meksika va Perudagi kumush rudasiga boy konlarni qo‘lga kiritish imkoniyatini bergan. Ispan qirollari Perudagi Potosi kumush konidan 250 yil davomida yiliga to‘rt million dollarlik kumush qazib olishgan.
Oltin talvasasi yillarida Kaliforniyada oltin izlovchilar qum tarkibida ko‘p uchraydigan "qora tuproq"dan bezor bulib, uni la’natlashgan. Vaholanki, uning ham kumush rudasi ekanligi tasodifan ma’lum bo‘lgan.
Kumush tabiatda ko‘ya uchraydigan metallardan biri hisoblanadi. Ba’zan u yombi holatda ham topiladi. Masalan, Norvegyyada 300 kilogrammdan ziyod holdagi kumush yombisi topilganligi ma’lum. Lekin odatda u ruda holida uchraydi. Bunday rudada u oltingugurt bilan qorishib, kumush sulfidini hosil qiladi. Shuningdek, u mis sulfidi, qurg‘oshin sul’fidi, margimush sulfidi va boshqa sulfidlar tarkibini ham tashkil etadi. AQShda kumush qo‘rg‘oshin bilan birga qazib olinadi. Kumush boshqa metallar bilan qorishgan holda topilsa, uni keraksiz moddalardan tozalashning juda kup usullari mavjud.
Hozirgi paytda jahonda yiligi 850 500 kilogramm kumush sof holda qazib olinadi. Bu sohada Meksika, AQSH va Kanada oldingi o‘rinlarni egallab kelmoqda. Kumush bu — yumshoq metall bulib, u aksariyat boshqa metallar bilan qo‘shilgan holatda ham ishlatiladi. Masalan, kumush tangalarning 90 foizi kumush, 10 foizi misdan iborat. Turli bezak va zargarlik buyumlarida, shuningdek, kumush idish-tovoqlar tarkibida 92,5 foiz kumush, 7,5 foiz mis bo‘ladi.
"Sterling" kumush atamasining kelib chiqishi Shimoliy Germaniyada yashovchi Isterilinglar sulolasiga daxldor. Bu oila a’zolari o‘zlarining halolliklari bilan mashhur bo‘lganliklari tufayli, 1215 yilda Angliya qiroli Jon metall tanga tayyorlashni ularga ishonib topshiradi. (Mazkur topshiriq shu darajada a’lo bajarilganligidan bizning davrimizgacha eng yuksak ishonch mezoni bo‘lib kelmoqda.) Sterling kumush tangachasiga "Sterling" so‘zi yoki qaysi davlatda zarb qilinganligiga qarab, muayyan belgi, maxsus tamga bosiladi.
Sof kumush toza havoda qoraymaydi. Agar havoda oltingugurt ko‘p bo‘lsa, (masalan, havoda zararli moddalar bo‘lsa yoki neft konlariga yaqin joylar bo‘lsagina) kumush qorayishi mumkin. Ishlov berishning osonligi bo‘yicha kumush oltindan ' keyin turadigan metalldir. Uttiz gramm kumushdan 50 kilometrga yetadigan sim tayyorlash mumkin. Shuningdek, kumush — issiqlikni va elektr tokini eng yaxshi o‘tkazuvchi metall hisoblanadi.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar



Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80