Ko'mir qanday paydo bulgan

Материал из Wikipedia | Haqida
(перенаправлено с «Kumir qanday paydo bulgan»)
Перейти к: навигация, поиск

Kumirning tabiatda paydo bulishi Yerning turli rivojlanish davrlariga tug‘ri keladi. Kumir yuzaga kelgan davr pensilvan davri bulib, u taxminan 250 000 000 yil muqaddam boshlangan va taxminan 35 000 000 yil davom etgan. Qolgan kumir konlari ham taxminan bir milliondan yuz milliongacha yillar muqaddam paydo bulgan. O‘sha davrda nimalar ro‘y bergan va qanday jarayonlar sabab kumir paydo bo‘lgan? Kumir yer qobig‘ida qatlam shaklida, uzunligi bir necha kilometr, qalinligi uch metrgacha bo‘lib, tog‘ jinslari oralarida uchraydi. Kumir yuz million yillar muqaddam issiq, nam havoli botqoqli o‘rmonlardagi daraxt va o‘simliklarning qoldiqlaridan paydo bo‘lgan.
Bunday o‘rmonlar, aksariyat tezo‘sar qamishlaru bahaybat qirqquloqlardan iborat bo‘lgan. O‘sinxdan to‘xtagan daraxtlar qulab, botqoqqa cho‘ka boshlagan. Bu ularni chirishdan asrab qolgan. Ularning shoxlari va barglari bakteriyalar ta’sirida gazga aylangan, toza ugleroddan iborat tanalari esa vaqt o‘tishi bilan kumir qatlamlariga aylangan. O‘simlik ko‘pligidan, asta-sekin qatlamlar qalinligi bir necha metrgacha yetib borgan. Nihoyat o‘sha qatlamni suv bosishi bilan bu jarayon to‘xtagan. Natijada kumir qatlamlari suvosti cho‘kindilari va qum qatlamlari orasida qolgan.
Vaqt o‘tishi bilan yuza qavatlarning bosimi suvni tepaga siqib chiqarib, pastda quyqa shaklidagi massa qolgan va u qotib ko‘mirga aylangan. Yerning ayrim joylarida bu jarayon bir necha bor takrorlanib turgan. Yuzaga kelgan qatlamni suv bosib, yana o‘sha joy botqoqqa aylanavergan. Qayta ko‘kargan daraxtlar yana qulab, suv tagida qolgan va yuqorida aytgan jarayonlar yana takrorlangan. Pirovardida bir-biridan loy va qum qatlamlari bilan ajralgan kumir qatlamlari yuzaga kela boshlagan.
Daraxt ko‘mirga aylanishi uchui kup ming yillar sarflanadi. Kumirning o‘simlik qoldiqlari ekanligini kumir qatlamlari orasidan tez-tez chiqib turadigan qirqquloq, daraxt po‘stloqlarining aniq alomatlari va ularning toshga aylangan tana va to‘nkalaridan bilsa bo‘ladi.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80