Kristall nima?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Agar siz kristallni noyob va kurkam ma’dan deb o‘ylasangiz, qisman haqsiz, zero zumrad va olmos ham kristallar turkumiga kiradi. Ammo barcha turdagi kristallarni noyob deb bo‘lmaydi, zotan tuz bilan shakar ham kristall hisoblanadi. Kristall moddaning qattiq holatidir. U atomlarning joylashish tartibiga ko‘ra, muayyan shakl va muayyan qirralarga ega. Bir xildagi modda kristallarining hajmi har xil bo‘lsada, shakli bir xildir.
Kristall hosil qiluvchi moddalar tabiatda goyat serob. Masalan, kristall hosil qiluvchi moddalarning eng serobi — suv. U past haroratda muz yoki qor kristallariga aylanadi.
Ma’danli kristallar ham muayyan jins hosil qiluvchi jarayonlarda 1pakllanadi. Chuqur yer qa’ridagi ulkan miqdordagi qaynoq va erigan tog‘ jinslari ham aslida suyuq ma’danlardir. Ana shu suyuq va erigan tog jinslari yer yuzasiga siqib chiqarilganida qota boshlaydi. Ularning sovish jarayoniuzoq davom etadi va qota boshlagach, kristallga aylanadi. Masalan, tog graniti tarkibida kvars, dala shpati, slyuda kabi kristall ma’danlar mavjud. Granit million yillar muqaddam erigan suyuq ma’dan bulib, yer yuzasiga sizib chiqqach, sovib, qattiq jismga aylangan. Hozirda ham yer qa’rida juda ulkan miqdordagi tog‘ jinslari asta-sekinlik bilan sovib, turli xil kristallarga aylanitttda davom etmoqda.
Ayrim ma’danlardan hosil bulgan kristallar ni faqat mikroskopda ko’rish mumkin, boshqalarining kristallari esa bir necha qadoqqacha yetishi mumkin.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80