Kometa nima?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

O‘tgan zamonlarda osmonda kometaning paydo bo‘lishi odamlarni dahshatga solgan, Ular kometani iblis kelishining, o‘latning, urush va o‘limning xabarchisi deb bilishgan. Bugun biz kometa nimaligini bilsak-da, ammo ular haqidagi ko‘pgina ma’lumotlar hali hamon biz uchun mavhumligicha qolmoqda. Masalan, samoda ilk bor kometa paydo bo‘lgan paytda, uning diametri bir necha ming kilometr bo‘lsa-da, u bizga faqat kichik bir yorug‘ nuqta shaklidagina ko‘rinishi mumkin, xolos. Yorug‘lik kometaning "bosh" qismidan yoki yadrosidan tarqaladi. Olimlarning faraziga ko‘ra, u qattiq quyqa zarralar va gazlardan iborat buladi. Qiziga shundaki, biz mana shularning aslida qanday paydo bo‘lishiny bilmaymiz, buni taxmin qilib ko‘rishimiz mumkin, xolos. Quyoshga yaqinlashgan kometalarning dumi ham paydo bo‘ladi. "Dum" — siyrak gaz va mayda zarralardan iborat bulib, Quyosh issiga ta’sirida yadrodan otilib chiqadi. Kometa yadrosini uchinchi bo‘lak — qobiq qurshab turadi. U diametri 250 000 kilometrlik qattiq jismlardan, nurlanuvchi bulutlardan tarkib topadi. Kometalar dumining shakli va hajmi turlicha bo‘ladi. Ayrimlarining dumi kalta va keng yoyilgan, ayrimlariniki esa uzuy va ingichka ko‘rinishDa bo‘lishi mumkin. Odatda kometa dumlarining uzunligi 10 mln kilometrdan 180 mln kilometrgacha, ayrimlari esa umuman dumsiz bo‘ladi. Kometalarning dumi o‘sishi bilan ularning harakat tezligi ham • ortib boradi, chunki ular bunday hollarda Quyoshga yaqinlashayotgan bo‘ladilar. Bunda kometalar oldiniga "bosh"i bilan harakat qiladi. Keyin esa g‘alati hodisa ro‘y beradi — kometa Quyoshdan yiroqlashayotganida dumi oldinga chiqadi. Bu, Quyosh nurlari kometa yadrosidagi materiya zarralarini siqib chiqarib, dumni o‘ziga teskari tomondan paydo qilishi tufayli sodir bo‘ladi. Shuning uchun ham kometa Quyoshdan dumini oldinga qilib yiroqlasha boshlaydi. Bunda kometa tezligi tobora kamaya borib, biz uni asta-sekin ko‘zdan yo‘qotamiz.
Kometalar ko‘p yillab ko‘rinmay ketishi mumkin, lekin aksariyatlari yana qaytib kelib, takroran qo‘rina boshlaydi. Gap shundaki, kometalar Quyosh atrofida aylanadi, ularning ayrimlari Quyosh atrofida to‘liq aylanishi uchun juda ko‘p vaqt ketadi. Masalan, Galley kometasi Quyosh atrofini 75 yilda bir marta to‘liq aylanib chiqadi. Hozir astronomlar mingga yaqin kometani ro‘yxatga olishgan. Lekin Quyosh tizimida bizga ko‘rinmaydigan bir necha yuz minglab kometalar bo‘lishi mumkin.


Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80