Kofe, какао, shokolad

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Sof kofe. Umumiy ovqatlanish korxonalariga kofe qovurilgan donador holda va yanchilgan holda keltiriladi. Yanchilgan kofe turpi bilan yoki turpsiz holda tayyorlangan bo'lishi mumkin. Kofening muhim tarkibiy qismi kofein bo'lib, o'ziga xos ta'sir etuvchi xususiyati bilan boshqa mahsulotlardan farqlanadi. Kofe tarkibida oqsil, yog', shakar bo'lib, bu uning ozuqalik qimmatini belgilaydi. Umumiy ovqatlanish korxonalariga sof kofedan tashqari kofeli ichimliklar ham keltiriladi. Ular suli, soya yoki jelud va boshqa mahsulotlardan sof kofe qo'shilgan yoki qo'shilmagan holda tayyorlanadi. Sof kofe qo'shilgan holda «Nasha marka», «Arktika», «Do'stlik», kofe qo'shilmagan holda «Oltin boshoq» kofe ichimliklari tayyorlanadi. Kofe tayyorlashning bir necha usuli bor. Biroq bu usullarning barchasi quruq kofe tarkibidagi xushxo'r ekstrakt moddalarni xushta'm ichimlikka aylantirishdan iborat. Agar quruq kofe donachalari ichirnlik tayyorlashdan awal yanchilib suyuqlikda aralashtirilsa, kofe sifati yuqori darajada bo'ladi. Yirikroq yanchilgan kofening xushxo'rligi ko'proq saqlanib, rangi tiniq bo'ladi. Kofelarni yanchish uchun tegirmon, kofe yanchuvchi mashinalardan foydalanish mumkin. Umumiy ovqatlanish korxonalarida kofe tayyorlash uchun maxsus «Ekspress» kofe pishirgich, qopqog'i zich bekiladigan kofe pishiravchi idishdan foydalaniladi va sof qora kofe, sutli yoki qaymoqli kofe, limonli kofe, ko'pirtirilgan qaymoqli kofe, sharqcha kofe, muzqaymoqli kofe tayyorlanadi. Sof qora kofe. Elektr kofe pishirish asbobida kofe tayyorlash uchun yanchilgan kofe suv qaynashidan 5—6 minut awal asbobning setkasiga solinadi. Pishirish jarayonida kofedan ta'mli va xushxo'r moddalar ajralib chiqadi. Ichimlikning ta'mini yaxshilash uchun kofe pishgandan so'ng 5—8 minut apparatda saqlanadi. Maxsus kofe pishiravchi asbobda kofe tayyorlashdan awal idish qaynoq suv solib chayqaladi, ustidan qaynoq suv quyiladi va qaynatiladi. Kofe ko'tarila boshlagach uni qizdirish to'xtatiladi, idish qopqog'i yopilib, 5—8 minut tindiriladi. Agar kofe kastryulkada tayyorlansa, uni elak yoki dokadan suzib o'tkaziladi. «Ekspress» kofe pishirish asbobida tayyorlanganda esa iclmmikning quyqasi bo'lmaydi. Kofelarni tarqatishda 75, 100 g hajmli stakan yoki kofe idishlaridan foydalaniladi. Kofeni shakar, limon, maxsus idishda sut, qaymoq bilan ham tarqatish mumkin. Sutli kofe. Tayyor qora kofega qaynab turgan sut, shakar qo'shib aralashtirilib qaynatiladi. Stakan tagiga taqsimcha qo'yib, kofe idishida taqsimchaga qo'yilgan holda tarqatiladi. Varshavacha sutli kofe. Odatdagicha qora kofe tayyorlanadi. Unga sut qo'shilishini hisobga olib quyuqroq tayyorlanadi. Pishirib suzib olingan kofega qaynoq sut, shakar qo'shib qaynatiladi. Tarqatishda stakan yoki kofe idishlariga quyib beriladi. Ustiga qaynatishda ajratib olingan sut qaymog'idan solib berish ham mumkin. Ko'pirtirilgan qaymoqli kofe (venacha kofe). Qora kofe tayyorlanib stakanga quyiladi, ustiga shakar uni bilan birga ko'pirtirilgan qaymoq quyiladi. Ko'pirtirilgan qaymoq mahsulotini qandolatchilik qopchig'idan chiqarib qo'shish ham mumkin. Sharqcha kofe (cho'kmali kofe). Yanchilgan kofe maxsus idishga (turkuga) solinadi, ustidan shakar solib sovuq suv quyiladi va qaynatiladi. Tarqatishda kofe turkuda yoki kofe idishida beriladi. Alohida idishda esa qaynatib sovutilgan suv beriladi. «Shirin quyuqlashgan sutli sof kofe» konsen asidan tayyorlangan kofe. Kofe va shirin quyuqlashgan sut qaynoq suvda bir xil suyuqlik hohga kelguncha aralashtirib qaynatiladi va iste'molga tortiladi. Kofeli ichimlik. Kofeli ichimlik mahsuloti idishga solinib, ustidan qaynab turgan suv quyiladi, qaynatilib, 3—5 minut tindiriladi. So'ng uni boshqa idishga quyib, shakar, qaynoq sut qo'shib yana qaynatiladi. Umumiy ovqatlanish korxonalariga какао va shokolad quraq un ko'rinishida keltiriladi. Shokolad tarkibida ma'lum darajada shakari bo'ladi. Какао va shokolad tarkibida yog'i bo'lgani sababli, ularning ozuqaviy ahamiyati yuqori hisoblanadi. Bundan tashqari, ularning tarkibida asab to'qimalariga, yurak faoliyatiga ta'sir etuvchi moddalar ham bor. Sutli какао. Какао uni shakar bilan aralashtirilgandan so'ng ustidan ozroq qaynab turgan sut yoki suv quyib bir xil aralashma hosil bo'lguncha aralashtiriladi. Shundan so'ng ingichka naycha usulida qolgan sut quyilib aralashtiriladi va qaynatiladi. Kakaoni stakan yoki kofe idishida tarqatiladi. Какао ko'pirtirilgan qaymoq bilan ham tarqatish mumkin. Shokolad. Shokolad kakaoga o'xshash tayyorlanadi va tarqatiladi. Agar shokolad plitka ko'rinishida keltirilsa, awal maydalab olinadi.


Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. Axrorov Umid Bakirovich, Axrorov Shuhrat Umidovich "Taom tayyorlash texnalogiyasi". 2008 yil. Toshkent


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80