Kislota nima?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Ba’zan kimningdir kislotada kuyganini eshitib qolamiz. Darhaqiqat, kislota — goyat xavfli suyu klik bo‘lib, u teri va kiyimni kuydiradi. Lekin bu xususiyat kislotalarning hammasiga ham xos emas, Ozuqa moddalari tarkibidagi kislotalar inson sogligi uchun nihoyatda kerakli moddadir. Boshqa xil kislotalardan esa dori, bo‘yoq, kosmetika va sanoat tovarlari ishlab chiqarishda keng foydalaniladi. Kislotalar turi kup bo‘lib, ularning asosiylari — organik va noorganik turlarga bo‘linadi, Endi har ikkalasining ysosiy turlari bilan tanishib chiqamiz. Sulfat kislota sanoat ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi. U ko‘zga yomon ta’sir qilib, terini kuydiradi. Yana bir o‘tkir kislotalardan biri — xlorid kislotasidir. U sulfat kislotaga osh tuzi qo‘shganda hosil bo‘ladi. Bu kislota turli xil kimyoviy aralashmalar tayyorlash va metallarni tozalashda qo‘llaniladi. Inson tanasida ovqatni hazm qilish uchun oz miqdorda kuchsiz xlorid kislota hosil bo‘ladi.
Azot kislota ham o‘tkir kislotalardan bo‘lib, ko‘zga va teriga yomon ta’sir qiladi. Borat kislota — kuchsiz kislota hisoblanadi. Tabiiy holda u Italiyada uchraydi. Bu kislota kulolchilikda, sement ishlab chiqarish va kosmetika sohalarida qo‘llaniladi, Ba’zan undan mikroblarni yo‘qotishda ham foydalaniladi, lekin kuchsizligi tufayli yetarlicha samara bermaydi. Kumir kislotasi — karbonat angidrid gazini suvda eritib hosil qilinadi. Uning ma’lum miqdori meva sharbatlariga qo‘shiladi. Mishyak kislotasi (arsenat kislotasi) — dezinfeksiya vositalari tayyorlashda qo‘llaniladi.
Organik kislotalar noorganik kislotalar kabi o‘tkir emas. Sirka kislotasi sirka tarkibida bo‘lib, u olma shirasini bijgitish yo‘li bilan olinadi. Sutda shakar hosil bo‘lsa — sut kislotasiga aylanadi. U sutni oksidlantirish, shuningdek, pishloq ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Oqsilli ozuqalar iste’mol etiluvchi aminokislotalar tarkibida sog‘ligimizni mustahkamlashga ko‘maklashadi. Apelsin, limon va greypfrutlar kabi mevalar askorbin kislotasiga ega. Bu "S" vitaminining kimyoviy nomi. Nikotin kislotasi parranda va mollarning jigari, eti tarkibida bo‘lib, u teri kasalliklarining oldini oladi. Ko‘rib turganingizdek, kislotalar haqidagi bu hikoyamizni yana davom ettiraverishimiz mumkin. Ularning ayrimlari inson uchun xavfli, sanoatda ishlab chiqarish uchun foydalidir. Ba’zi bir kislotalar inson hayotini ta’minlovchi ozuqa moddalar tarkibiga kiradi. Inson yashashi uchun zarur bo‘lgan kislotalarni organizmning o‘zi ishlab chiqaradi.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80