Keskin ozib ketish

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск
Keskin ozib ketish.jpg

Sog‘liqni saqlash san’ati odam gavdasini uning munosib va yoqadigan narsalarini saqlash orqali o‘sha tabiiy ajal deb ataladigan yoshga yetkazishdan iborat.

Abu Ali ibn Sino
Bizning fikrimizcha, mazkur risolada semizlikning qarama-qarshi holati, ya’ni ozib ketish holatini ham aytib o‘tishi lozim. Ko‘pincha ozg‘in bolani qarindosh-urug‘lari ko‘rib qolsa, "yaxshi ovqat yemabsan, qara qovirg‘alaring chiqib ketibdi" yoki "ota-onang ovqat bermayapdimi", degan hazil aralash savol berishadi. Bizning o’zbek oilalarida, oila a’zolari ichida 1 yoki 2 ta farzand bo‘yi past va ozg‘in rivojlanadi. Ba’zi hollarda oilada 2 ta farzand ichida eng kichkinasining vazni juda kam, yetishmaslik holatiga ega bo‘ladi. Bunday hollarda oilaning asosiy harakati, intilishi ushbu bolani semirtirishga qaratiladi, ushbu natijaga erishish uchun haqiqiy kurash boshlanadi. Har kuni tovuq sho'rva, 10 talab tuxum yutish, qo‘y dumbadan tayyorlangan taomlar, yuqori kaloriya ga ega mahsulotlar — bularning hammasi to‘xtovsiz beriladi, lekin natija yo‘q. Ularning ko‘pchiligi bolasini boshqa tengdoshlariga — yon qo‘shni, oddiy turmush kechirayotgan "o‘rta hol" oilaning baquvvat o‘g‘li-qizi bilan solishtirishadi. 3-4 yildan beri yaxshi boqishadi, ukollar, vitaminlar oladi, qani endi semirsa — bir gramm ham qo‘shilmagan. Yosh bola ozg‘inligicha rivojlanaveradi, sababi nima, ota-onalar hayron.Insonning keskin ozib ketishi sabablari ko‘p, bunga organizmda uzoq vaqt davomida parazit bo‘lib yashayotgan gijjalar, har xil travmalar, sil, buqoqning bir turi, bosh miya shikastlanishi, o‘smalar va hokazolar sabab bo‘ladi. Bulardan tashqari insonning ruhiy holati — har xil dipressiya, nevrozlar, uzoq davom etayotgan notinchliklar ham tana vaznining kamayishiga, keskin ozishga olib keladi. Shuningdek, keskin, kam vaqt orasida ozib ketish saraton kasalligining asosiy belgilaridan biridir.
Bir xil hollarda noto‘g‘ri, katta miqdorda dori-darmonlarni qabul qilish, uning dozasini bilmasdan kup iste’mol qilish keskin ozish holatini paydo qiladi.

QIZIQARLI MA’LUMOT:

Afrika, Amerika qit’alarida joylashgan kichik mamlakatlarda ocharchilik hukm surmoqda, million-million odamlar qorni och, bir burda nonga zor. Bunga Afrika mamlakatlardagi Nigeriya, Somali, Keniya, Xitoy respublikasining uzok, qishloqlarida yashayotgan odamlar va AQShdagi tropik o‘rmonlarda yashayotgan minglab inde­yets qabilalarini misal qilib olsak bo‘ladi.

Shulardan biri Simmonds xastaligi yoki gipotalamo-gipofizar kaxeksiyadir. Bu kasallik oddiy, somatik kasalliklarga qaraganda kam uchraydi, shunga qaramay bilib qo‘ygan yaxshi. Bu kasallik asosida gipofizar oblastining shikastlanishi kuzatilib, u adenogipofiz faoliyatining to‘xtab qolishi va peri­ferii chetda joylashgan endokrin bezlarning yetishmovchiligi bilan xarakterlanadi.Bunda keskin ozib ketish (kaxeksiya), vaqtdan oldin qarib ketish modda almashuvining buzilishi kuzatiladi. Ko‘pincha ushbu xastalik ayollarda 30-40 yoshlarda uchraydi.Bosh miyaning muhim hisoblangan gipofizar ob­lastining shikastlanishi har xil infeksiyalar, travma, qon quyilishi, xavfli o‘smalar protsessi sababli vujudga keladi. Bu kasallik yurtimizning aksariyat aholisiga ma’lum emas. Biz terapiya bo‘limida ishlayotgan 100 ta hamshiraga shunday savol bilan murojaat qildik:— Simmonds kasalligi nima? Bu savolga 92 ta hamshira birinchi eshitishimiz, bilmaymiz; 8 tasi esa bilamiz deb javob berdi. Mazkur natijalar bu kasallikni hatto o‘rta ma’lumotga ega tibbiyot xodimlari ham kam bilishini ko‘rsatadi. Oddiy aholi to‘g‘risida gapirmasa ham bo‘ladi.
Uning belgilari — umumiy xolsizlik, quvvatsizlik, di­namiya, keskin ozib ketish, ishtahaning umuman yo‘qligi, qo‘l-oyoqlarning sovuq qotishi, jinsiy faoliyatining yo‘q bo‘lishi, atrof-muhitga befarqlik qabilalarda namoyon bo‘ladi. Obyektiv holda keskin ravishda tananing teri osti kletchatkasining ingichka bo‘lib qolishi, mushaklar atrofiyasi (ki­chik hajmga ega bo‘lish), vaqtdan oldin qarib ketish, bemor terisiga ajin tushishi, yer rangida, uning burishib ketishi ko‘zga tashlanadi. Shu bilan birga soch va qo‘ltiq tagidagi tuklarning sinuvchanligi va to‘kilishi, bir xil hollarda qosh, mo‘ylov va soqol tushib ketadi. Bemorlar organizmidagi ichki a’zolar faoliyati keskin o‘zgarib gepofunksiya va atrofiyaga uchraydi. Ushbu kasallikda yuqorida aytib o‘tilganidek hamma chetda joylashgan endokrin bezlarining faoliyati ishdan chiqadi. Kattalarda ikkilamchi jinsiy belgilar orqaga qaytadi, ayollarda sut bezlari va bachadon atrofiyaga uchraydi. Qalqonsimon bez faoliyatining pasayishi gipotireoz ko‘rinishga olib keladi. Shu qatori buyrak usti bezi gipofunksiyasi belgilari sifatida kuchli holsizlik, qon bosimining tu­shib ketishi, qondagi qand miqdorining pasayib og‘ir ahvolga tushishi kuzatilishi mumkin.Kasallikni kechishi. Bir xil hollarda kasallik juda asta kuchayadi. Shunday shakllardan biri borki, ko‘p yillar mobaynida tana vazni sekin kamayadi, shu bilan birga holsizlik, kam harakatlik, gipotenziya, jismoniy faoliyatning kamayishi, gi­potireoz belgilari kuzatiladi. Kasallikning ko‘pchilik hollarida xastalik bir necha oy ichida progressiv holatda bemorni nogironlikka olib keladi. Bizning kuzatishlarimizda bemorlar har oy 3-5 kg ozishar edi. Juda kam hollarda kasallik kuchli kechishiga, rivojlanishga ega bo‘lib 2-3 oy ichida bemor teri bilan qoplangan skeletni eslatadi. Tashxis xarakterli shikoyatlar va progressiv ozib ketish aso­sida quyiladi. Eng yetakchi simptomlardan biri bu, albatta, bemorning keskin ozib ketishidir, bu holat kasalning ovqatlanish usuli va hajmiga bog‘liq emas. Gormonal tekshirishlar gipofizning trop gormonlari pasayishiga va buyrak usti, qalqonsimon hamda jismoniy bezlarning yetishmovchiligiga bog‘liq. Bunday bemorlar, albatta, dokrinologik dispanserlarida mutaxassis shifokorlar nazoratida davolanishlari lozim. Shu bilan birga insonning ozib ketishi saraton kasalligida ko‘p kuzatiladi va bu klinik belgi bemorni shifokorga murojaat qilishiga sabab bo‘ladi.

Somatik kaxeksiya, nevrogen kaxeksiya ham keskin ozib ketishning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Agarda biz nevrogen kaxeksiyani chuqur tekshirsak, unda bu kasallik o‘z nomi bilan bog‘liq bo‘lgan kuchli nerv siqilishi, ruhiy ezilish, ish faoliyatida 1-2 yillik uzoq muddatli stress holatlar sababli yuzaga kelishi isbotlanadi. Bir xil hollarda bemorlar, ayniqsa qizlar orasida "moda" bo‘lgan ozish turlari, har xil parhezlar (fransuzcha, xitoycha, hindcha, amerikancha, ukraincha, italyancha, nemischa va hokazo) yillab tutiladi va bemorning keskin ozishiga olib keladi.

QIZIQARLI MA’LUMOT:

Erkaklar asosan beli ingichka bo‘lgan ayollarni yoqtiradilar. Bu o‘rganilgan va isbotlangan dalildir. Shu o‘rinda bugunga qadar yozilgan badiiy asarlarga ham e’tibor qaratilgan. Sabab hozirgi zamon erkaklari bilan avvalgilarining didlarini solishtirishdir. Birorta hikoya, roma yo‘qki, unda ayol ishtirok etmasin va uning go‘zalligiga alohida tavsif berib o‘tilmagan bo‘lsin. Ana shunday asarlarda insoniyatning go‘zal bir bo‘lagi bo‘lmish ayollar muallif tomonidan turlicha ta’riflangan. Qaysidir asarda go‘zal ko‘zlar, boshqasida uning oy kabi nurli yuzi, siynasi va jismidagi boshsh bir qism e’tibor bilan tilga olinadi. Ammo romanlarda ayol go‘zalligini ta’riflovchi qismlar o‘rganib chiqilganda ham shu narsa aniqlandiki, ko‘pgina yozuvchilar asardagi go‘zal xislatni tavsiflayotganda aksariyat hollar­da uning ingichka beliga alohida urg‘u berib o‘tishgan.


Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. Tohir Ibragimov "Semizlik va uni yengish yo'llari". 2012 yil. Toshkent


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80