Kelinlik liboslari

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Kelinning odobi, uning o‘zligi, borlig‘ini namoyon etadigan, shuning uchun ham kelinlarning katta e’tibor beradigan tomonla-ridan yana biri uning «garderobi», ya’ni kiyinishidir. Bu turmushdagi eng muhim masalalarning bittasi.
Kelin bo‘lgach, onasining challarda qo‘ygan sarpolariyu, kuyov tomonning to‘yda yuborgan sarpolari o‘rtasida qolib, gangib qol-gan kelinlar ham bo‘ladi. Hazilakam gapmi axir, qizlik paytin-gizda uch-to‘rt ko‘ylakni yuvib, yaxshilab dazmollab o‘qishga, ishga kiyib yurasiz-u, kelin bo‘lgach, birdaniga ikki yoqdan bir necha o‘n sidra sarpolik bo‘lib qolasiz. Nafsilambirini aytganda, shoshib qolish hech ran emas. Ana shu shoshilib qolish ichki shukrona, sevinchdan nariga o‘tmasligi, boshqalarga oshkora bo‘lmasligi uchun to‘ydan keyinoq imkon bo‘lsa uydagi katta yoshdagi ayollarning biri, yaxshisi qaynona oyingiz bilan ikki tomon sarpolarini birma-bir saralab olganingiz ma’qul. Ana shu saralash jarayoni-da, ishoning, shunday qimmatchilik paytida bir gaz matoni fa-lon pulga olgan onangizga minnatdorchilik, uyimga kelgan kelinim yal-yal yonib ko‘zimni quvnatib yursin, deb sarpo yig‘gan (bu uzoq yillar davom etgan va qaynonangiz o‘ziga ham xo‘p yarashadi-gan gazmollarni sizning ustingizda yana ham yarashiqroq bo‘lishi-ni o‘ylab sandiqqa solib qo‘ygan) qaynonangizga minnatdorchi­lik tuyg‘ulari qalbingizda nish ursa, qalbingizda yangi uyingiz­ga mehr, qizlik uyingizga nisbatan ularni uyaltirib qo‘ymaslik burchlari tug‘ilsa ajabmas. Borini bordek ko‘rsatish, kamini yashi-rib ozgina uquv bilan to‘ldirib butunlik tuyg‘usidan chin sevi-nib yurish sizning qo‘lingizda. Shuning uchun ham dastlab gardero-bingizni yaxshilab o‘rganib olganingiz ma’qul. Bu — to‘ydan ke-yingi haftalarda shoshilmay, hovliqmasdan qilinadigan ishdir. Masalan, kechki ovqatdan keyin erkaklar televizor ko‘rayotgan yoki shaxmat surishayotgan paytlarda qaynona oyingizni o‘z xonangizga taklif qilib, bir piyola choy bilan siylab, bamaslahat bajarib olishingiz mumkin.
Ko‘pni kurgan qaynonangiz, albatta, birinchi navbatda ikki tomon sarpolarini avvalo mavsumga qarab, qishligini qishlik-ka, yozligini yozlikka ajratishda ko‘mak beradilar. Keyin kiyimlar kishiligi — kishilikka, uyligi — uylikka ajratiladi. O‘znavbatida ular yana sarxillanadi. Masalan, kishiliklar ichidan atoklik mehmonga kiyiladiganlarini (kelin salomlar, to‘y-xashamlar) shifoneringizning to‘riga chiroyli qilib ilib qo‘ying. Kerak paytida darrov kiyib chiqasiz. Uyliklar ham bir sidra saralanadi. Masalan, mehmon kelganda kiyiladigan chiroyli liboslaringizni alohida qilib osing. Mavsumga qarab ertalab, peshinda, kechqurun kiyiladiganlarni, bayram-hayitlarda kiyi-ladiganlarni ajratib qo‘ying.
Kiyim kiyish ham juda katta va jiddiy muammo. Kiyinishin-giz, yurish-turishingizga qarab didingiz, qarashingiz, munosa-batingiz, bir so‘z bilan aytganda, bor odobingiz izhor bo‘ladi.
Ana shu sarxillash jarayonida sarpodagi tikilmay qo‘yilgan-larni ham ajratib, tiktirishni maslahatlashib olish mumkin. Odatda, kelin kiyimlari ko‘p yillarga yetadi deyishadi. Bu to‘g‘ri, lekin borini eskirtirmay, ohorini tezda to‘kmay, bemavrid kiyim tiktiravermasangizgina shunday bo‘ladi! Ayrimlar kelinlar doim yasanib yurishi kerak, tez-tez kiyim almashtirishi kerak deb, bir yilga qoldirmay barcha kelinlik kiyimlarining ohorini to‘kib, kir tog‘orada umrini tugatishadi. Shuning uchun ham liboslaringizning matosini nimadanligini, turmush-ro‘zg‘orda ulardan qay darajada unumli foydalanish mumkinligini bilishingiz kerak.
Ertalab hovli supurganda, uy yig‘ishtirganda boshqalar choyga yig‘ilgunicha bajarib oladigan ishlarga kristalon xalat-lozim-laringizni kiyganingiz ma’qul. Bunday xalatlaringiz ko‘p. Lekin atlas eziladi, kir bo‘lsa tez-tez yuvilishni ko‘tarmaydi. Yaxshisi, yuvganda aynimaydigan, yengil dazmol bilan aslini tiklaydigan matolilarini uy ishlarni bajarganda qo‘rqmay kiyavering. Ortiqcha suv tegishidan asrash uchun oshxonada oldingizga fartuk tutib olsangiz yana yaxshi. Choyni tayyorlab bo‘lgach, tezda boshqa libosingizni kiyib chiqing. Bu ham chaqqonligingizni ko‘rsata-di, ham atrofdagilarning ko‘zini quvnatadi. Choydan so‘ng ishga (o‘qishga) ketasiz. Bunday joylarga yaltirog‘i yo‘q kiyimlaringizni kiying. Kelinman deb boshdan-oyoq yaltiroq kiyganlar o‘ziga diqqatni tortadi, xolos. Unday kiyim­laringizni, hali aytib o‘tganimizdek, atoklik mehmonga borganda kiyasiz. Tomoshalarga borganda ham ular yarashadi. Kunda bir xil ni kiyish ham yaxshi emas, borida chiroyli turlanib yurganga nima yetsin!
Kechki payt yana suv tekkanda zarar yetmaydigan kiyimlarin­gizni kiyib oshxonada bir oz qarashib yuborasiz. Ovqat payti, albatta, taftami, parchadanmi tiktirilgan xalat-lozim yoki ko‘ylaklaringizni kiyib oling. Bu yangi kelin tushgan oilaning kechki dasturxoniga fayz, tantanavorlik baxshida etadi. Sizga Qarab qayinsingillaringiz, boshqalar ham nimbayramona kiyinishadi.
Tungi kiyimlaringizni ham alohida tortmaga, qulay joyga taxlab qo‘ying. Qarang, ularning ham kami yo‘q ekan. Mavridi kelganida aytib o‘tganimiz yaxshi — zinhor kuni bilan kiyib yurgan ko‘ylagingizda o‘ringa yota ko‘rmang. Birinchi-dan, o‘sha ko‘ylagingiz g‘ijimlanib ertasiga kiyib bo‘lmaydigan ahvolga keladi, ikkinchidan, o‘zingiz qisilib, dam olgandek ham bo‘lmaysiz. Tungi ko‘ylaklarni tez-tez yuvib, dazmollab tursangiz, ohori ketmaydi, jinday atir ufori bilan tuningizga sexrlilik baxsh etasiz.
Uyda ham, ko‘chada ham poyabzalingizni libosingizga moslab kiyish kerakligini o‘zingiz ham yaxshi bilasiz. Ularni kiyishda palapartishlikka yo‘l qo‘ymasangiz, ayasangiz umri uzoq bo‘ladi, fayzli kelinlik davri shunchaga cho‘ziladi. Kelinlarning yal-yal yonib, xonadonni to‘ldirib yurishi bu dunyoning ziynati hisoblanadi. Yana bir nozik masalani aytib o‘tish joiz. Ayrim kelinlarning xonasi egasi ko‘chib ketgan uyga o‘xshaydi. Hamma joyda kiyim: lozim, ko‘ylak, xalat... Xonaga bosh suqqan odam o‘tirarga joy topolmaydi. Divanda er kiyimi, stulda xalat, karavotda ro‘molu ko‘ylak. Lekin turlanish kerak ekan deb yechilgan kiyimni duch kelgan joyga uloqtirib, boshqasini kiyib ketave-rish kerakmi? Keyingi kiyilguncha ularni ilgichga ilib qo‘yilsa, uy ham saranjom turadi, keyingi kiyayotganda dazmollash uchun vaqt ham ketmaydi. Kiyimni esa hurmatlab, siporishlab kiysaniz, u sizga ob­rugana emas, kayfiyat ham keltiradi, oyoq-qo‘lingizni chaqqon qiladi, ishingizda unum keltiradi, birini yechdingizmi, bu uyga hech kim kirmaydi-ku, deb beparvolik bilan duch kelgan tomonga uloqtirmay, avaylab, tekislab ilgichga ilib qo‘ying. Odam degan birinchi navbatda kishi ko‘zi uchun emas, o‘zi uchun saranjom va orasta bo‘lmog‘i kerak-ku, axir!
Kelin tushgan uy fayzli, farishtali bo‘ladi deyishadi. Bu to‘g‘ri. Fayzu farishta birinchi navbatda kelinning orastaligi, saranjomligida. Shunday kelinlardan atrofdagilarga bir ajib nur yog‘ilib, kishi qalbiga halovat baxsh etib turadi. Yal-yal yongan kelin deb shundaylarni aytadilar.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Xotin-Qizlar Ensiklopediyasi" O'zbekiston milliy ensiklopediyasi-Davlat ilmiy nashriyoti 2010 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80