Kauchuk nima?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Kauchukning yoshi tabiat bilan teng. Kauchukli daraxtlarning topilgan tosh qotgan qoldiqlari uch million yoshga yetadi. Xom rezinadan ishlangan kauchukli sharlar Markaziy va Janubiy Amerikadagi bundan 900 yillar muqaddam yuzaga kelgan ink va mayya sivilizatsiyalari xarobalaridan topilgan. Kolumbning Amerika qit’asiga qilgan ikkinchi safarida u gaitiliklarning "daraxt shirasi"dan yasalgan koptok o‘ynashganini kurgan. Lekin bungacha janubi-sharqiy Osiyoning mahalliy aholisi daraxt "shirasi"dan rezina olishni bilganlar va suv utkazmasligi uchun uni savat hamda ko‘zalar tagiga surkaganlar. Kauchukning 400dan ortiq turi bo‘lib, ular har xil daraxt va butalardan olinadi. Lekin turli o‘simliklarda kauchuk miqdori turlicha bo‘lganligi sababli, masalan, qoqi o‘tidan, sutlamadan, yovshan kabi o‘simliklardan kauchuk olish samara bermaydi.
Kauchuk bu — yopishqoq, chuziluvchan, oqish, qattiq modda "lateks" bo‘lib, u daraxt shirasidan farq qiladi. U daraxt va o‘simliklarning pusti, tomirlari, poyasi, butalari, barglari va mevalaridan olinadi. Lekin ko‘proq u kauchukli daraxtlarning shox po‘stlari va tanasida bo‘ladi. Lateks mayda, suyuq, qattiq zarralar va boshqa aralashmalardan tarkib topadi. Lateksning 33 foizigina kauchuk, qolgan qismi suvdan iborat. Lateksdagi kauchuk zarralari birlashib, kauchuk shar hosil qiladi.
Kauchukli daraxtlar ekvatordan shimol va janubga qarab 10 daraja kengliklarda yaxshi usadi, shuning uchun ham ekvatorning ikkala tarafidagi 1300 kilometrlik yo‘lak "Kauchuk yulagi" deyiladi. Chunki kauchukli daraxtlar uchun iqlim judayam issiq va nam, shuningdek, hosildor tuproq kerak. Eng ko‘p kauchuk "braziliya geveya"sidan olinadi. Uning nomidan, bu daraxt dastlab Braziliyada topilganini bilish mumkin. Hozirgi paytda dunyodagi tabiiy kauchukning deyarli 96 foizi kauchuk yo‘lagidagi kuplab mamlakatlardagi ana Shu daraxt plantatsiyalaridan olinmoqda.
Aftidan, Yevropada birinchi bo‘lib fransuzlar kauchukni ishlab chiqarishga tatbiq etgan bo‘lishsa kerak, zero, ular 1800 yildayoq kauchukdan shimni kutarib turish uchun tasma va paypoq bog‘ichi ishlab chiqarganlar.


Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80