Jismoniy tiklanish mashqlari

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Chilla davrida barcha sog‘lom ayollarga jismoniy mashqlar tavsiya etiladi. Chunki homiladorlik davrida ayolning qorin devorlari cho‘ziladi, bola tug‘ilgach esa bo‘shashib, osilib qoladi. Tuqqandan keyingi qorin devorlari va tos muskullari tarangligining bo‘shashab ketishi tufayli (ay­niqsa dastlabki kunlari) qovuq va ichaklar faoliyati buzilib, peshob ajralishi qiyinlashadi, qabziyat vujudga keladi. Bu no-xushliklardan yangi bo‘shangan ayolni xalos etish uchun maxsus tanlangan jismoniy mashqlar tavsiya etiladi. Sog‘lom, asoratsiz tuqqan ayollar mashqlarni tug‘ruqxonadayoq bajaraverishlari mum­kin. Jismoniy mashqlar ona organizmini mustahkamlashga, uning kasalliklarga qarshilik ko‘rsatish qobiliyatini tiklashga yordam beradi; uyqu, ishtaha sut kelishining maromida bo‘lishini ta’­minlaydi. Mashqlar avvalgi qaddi-qomatni, yurish-turishni tik­lashga, homiladorlik davrida toliqqan bel muskullariga dam berishga, bachadonning tezroq qisqarishiga, chilla davrida bacha-don bukilib qolishining oldini olishga xizmat qiladigan bo‘li­shi zarur.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar



Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Xotin-Qizlar Ensiklopediyasi" O'zbekiston milliy ensiklopediyasi-Davlat ilmiy nashriyoti 2010 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80