Issiqlik nima?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Qadimgilar issiqlikni — uziga xos suyuqlik, u jismdan-jismga o‘tish xususiyatiga ega, deb uylashgan.
Endilikda issiqlikning jismlardagi atom va molekulalar harakatidan yuzaga kelishi hammamizga ma’lum. Masalan, havodagi atom va molekulalarning tartibsiz harakatlari tezlashuvidan harorat kutarilib, kunlar isishi va aksincha, bunday harakatlarning sekinlashuvidan harorat pasayib, kunlar sovishini bilamiz. Suyuq, qattiq jismlarning atom va molekulalari havodagiday erkin bulmasa-da, ular ham harakatda buladi. Hatto erish darjasidagi haroratda muzdagi vodorod molekulalari sekundiga 1950 metr tezlikda harakatlanadi. O‘n olti kub santimetr havodagi molekulalar sekundiga million-million marotaba o‘zaro tuqnashishga ulguradi. Issiqlik bilan harorat bir —biridan keskin farq qiladi. Masalan, gazo‘choqning kichik ko‘zidagi harorat katta ko‘zidagi harorat bilan teng, lekin kattasi yonayotgan gazning miqdori ko‘p bo‘lganidan o‘zidan issiqlikni ko‘proq ajratadi. Issiqlik bu — energiya turi bulgani uchun energiya miqdori uning darajasi bilan ulchanadi va bu daraja "kaloriya" deyiladi. Bir gramm suvni 1°S gacha isitish uchun sarflanadigan issiqlik miqdori — bir kaloriyaga teng. Jismlarning harorati, ulardagi issiqlik energiyasining miqdorini anglatadi. Harorat darajasi graduslarda belgilanadi.
Ikki jismning yaqinlashuvidan bir -biriga issiqlik utmasligi, ulardagi haroratning tengligini bildiradi. u\yekin ana shu jismlardan biri issiqlik energiyasining bir qismini yo‘qotsa (undagi molekulalar harakati sekinlashsa), ikkinchi jism shuncha miqdordagi issiqlikni o‘ziga qabul qilsa (undagi molekulalar harakati tezlashsa), demak, birinchi issiq jismdagi harorat sovuq jismga o‘tgan bo‘ladi.


Bo’limga tegishli boshqa maqolalar



Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80