Issiq shirin taomlar

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Issiq shirin taomlarga pudinglar, xamirga botirib qovurilgan olma, olma sharlotkasi, yopilgan olma, gurev bo'tqasi, shirin quymoqlar va boshqalar kiradi. Bu taomlar tarkibida ko'p miqdorda uglevod, yog' bo'lganligi sababli katta energiya manbayiga ega bo'ladi. Issiq shirin taomlar 50—55°C li haroratda tarqatiladi. Qovurilgan non bilan meva va rezavor-mevalar. Idishga sut solinadi, unga xom tuxum, shakar solib yaxshilab aralashtiriladi. Oq baton non qobig'idan tozalanib, yupqa to'rtburchak yoki romb shaklida kesiladi va tuxum-sut aralashmasiga ikki yoqlama botirilib sariyog' yoki margarinda qizg'ish qobiq hosil qilib qovuriladi. Tarqatishda taqsimchaga 2 bo'lakdan qo'yilib, ustidan konservalangan meva solinadi va ustidan shirin sharbat yoki o'rik shirin sharbati quyib beriladi. Olma guruch bilan. Saralab yuvilgan guruchdan sutli ilashimli bo'tqa tayyorlanib, 60—70°C gacha sovitilib, shakar, xom tuxum, kishmish, vanilin, yumshatilgan sariyog' solib yaxshi aralashtiriladi va yog'langan porsiyali tovaga solinib, qovurish shkafida qizg'ish qobiq hosil bo'lguncha ushlanadi. Olma yuvilib, artilib, po'sti tozalanib, palladia shaklida kesiUb, urug' va o'zagidan tozalanib, limon ishqori qo'shilgan suvda yumshoq qilib pishiriladi. Tarqatishda tayyorlangan guruch yoniga tayyorlangan olma qo'yilib, ustidan olma yoki o'rik shirin sharbati quyib beriladi. Xamirga botirib qovurilgan olma. Bu taom uchun tuxum sarig'i, sut, tuz, shakar, nordonroq qaymok, elangan un yordamida suyuq xamir (klyar) qoriladi. Tuxum oqi ко'pirtirilib, biroz tindirilgan xamirga qo'shib aralashtiriladi. Tayyor xamir ishlatilguncha sovuq xonalarda saqlanadi. Olma yuviladi, po'sti artilib, urug'i o'zagidan tozalanadi. So'ng parrak-parrak shaklida kesilib (qalinligi 0,5 sm dan), sirlangan idishga terilib, ustidan shakar sepib qovurilguncha muzxonada saqlanadi. Ко'р 160°С darajagacha qizdirilib, tayyorlangan olmaning har bir bo'lagi tayyorlangan suyuq xamirga botirilib, yog'ga solinib, sariq yoki och qizg'ish ranggacha qovurilib, iste'molga tayyor holga keltirilib, yog'dan suzib olinadi. Bu jarayonlarni bajarishda ayri yoki ignadan foydalaniladi. Tayyor taom yog'i silqitilib taqsimcha yoki laganchalarga qog'oz sochiqlar yoyilgan holda qo'yilib, ustidan shakar uni sepilib, alohida sardak idishida o'rik shirin sardagi beriladi. Olma 100 g, shakar 3 g, bug'doy uni 20 g, tuxum 1/2 dona, sut 20 g, smetana 5 g, shakar 3 g, tuz 0,2 g, pazandachilik yog'i 10 g, shakar uni (pudra) 10 g, sardak 40 g. Sof og'irligi 140 g. Olmali sharlotka. Nonga ishlov berish, shakl berish, yopish qiyma tayyorlash jarayonidir. Olma yuvilib, artilib, po'sti, urug'i va o'zagi tozalanib, yupqa tilim-tilim shaklida kesiladi, shakar bilan aralashtirilib, sovitkichda saqlanadi. Suvi qochgan oq bo'lka non qobig'i tozalanib, qalinligi 0,5 sm qilib to'g'ri burchak shaklida kesiladi. Nonning yarmi mayda kubik shaklida to'g'ralib, qovurish shkafida qotiriladi va olma qiymasi bilan aralashtiriladi, bunga biroz dolchin ham qo'shish mumkin. Sut, xom tuxum, shakar yordamida shirin lezon tayyorlanadi. Qirqilgan non bir yoqlama lezonga biroz bo'ktiriladi. Yog' surtilgan protiven yoki porsiyali tovaga non lezonga bo'ktirilgan tomoni bilan qo'yilib, ustiga tayyorlangan olma qiymasi va uning ustidan lezonli nonning bo'ktirilgan tomoni tepaga qilib qo'yiladi, agar lezondan ortib qolsa ustidan quyilib, 180—200°C haroratli qovurish shkafiga qo'yib, sariq yoki qizg'ish qobiq hosil bo'lguncha ushlanadi. Iste'molga tayyor sharlotka 10 minut sovitilib, qolipdan ehtiyotlik bilan olinib bo'laklarga bo'linadi va taqsimchaga bir bo'lakdan qo'yib, bir chetiga o'rik shirin sardagi quyib beriladi. Murabboli blinchik. Blinchik xamirturish qo'shilmagan suyuq xamirdan tayyorlanadi. Qovurilgan taomga murabbo quyilib, konvert usulida buklanib, sariyog'da ikki yoqlama qobiq hosil qilib asosiy usulda qovuriladi. Tarqatishda taqsimchaga 2 donadan qo'yilib, ustidan shakar uni (pudrasi) sepiladi. Xuddi shu usulda olma qiymasi bilan ham blinchik tayyorlash mumkin. Agar blinchik xamiri ikki yoqlama qovurilgan holda tayyorlangan bo'lsa, blinchik to'rt qavat qilib buklanib, 2—3 donadan likopchaga solinib, ustidan murabbo quyib beriladi. Guruchli puding. Saralab tozalangan guruch va uzum yuviladi. Tuxum oqi sarig'idan ajratib olinadi. Sut-suv aralashmasida ilashimli guruch bo'tqasi tayyorlanib 60°C gacha sovitiladi. Tuxum sarig'i shakar bilan ezib aralashtiriladi va yuvilgan mayiz, vanilin solib yaxshilab aralashtiriladi. Tuxum oqi asta-sekin ko'pirtirilib aralashmagaqo'shiladi va yaxshilab aralashtiriladi. Qolip yoki tovaga yog' surtib non urvog'i sepiladi va yuqorida tayyorlangan aralashma ularga quyiladi. Idishning 3/4 qismigacha aralashma solinadi. Buning sababi issiq ishlov ta'sirida pudingning hajmi kattalashadi. Ustiga smetana yoki sariyog' surtib qovurish shkafida awal 250°C, so'ng asta-sekin sovitib 200°C darajada qizg'ish qobiq hosil qilib yopiladi. Puding asta-sekin ko'tarila boshlagach, 25—30 minut davomida iste'molga tayyor holga keltiriladi. Tayyor puding usti qizg'ish qobiqqa ega bo'ladi. Uni 5—10 minut idish chetidan oson ko'chadigan holgakelgunchasovitiladi vaqolipdan bo'shatib yoki porsiyaga taqsimlab, likopchaga qo'yib, ustidan o'rik yoki rezavor-meva sardagi yoki murabbo qo'shib beriladi. Guruch pudingini suv-bug' hammomida ham pishirib tayyorlash mumkin. Buning uchun donador guruch bo'tqasi ishlatiladi. Guruch 48 g, sut 75 g, suv 80 g, shakar 15 g, tuxum 1/2 dona, sariyog' 10 g, kishmish 10,5 g, urvoq 5 g, smetana 5 g, vanilin 0,01 g, sardak 50 g yoki murabbo 30 g. Sof og'irligi 250, 230 g. Urvoq pudingi. Kishmish saralanib yuviladi. Tuxum oqi ajratib ko'pirtiriladi. Tuxum sarig'i esa shakar bilan eziladi va biroz sut qo'shib aralashtiriladi. Vanilinli urvoq tayyorlangan suyuqlikka solinib biroz bo'ktiriladi. Yog'lanib shakar sepilgan qolipgasolishdan awal tayyorlangan kishmish va ko'pirtirilgan tuxum oqi aralashtirilib, manti qasqon yoki bug' qozonlariga qo'yib qopqog'i yopiladi va 25— 30 minut davomidapishiriladi.Iste'molgatayyor puding biroz sovitiladi, qolipdan olib likopchalarga solinadi va o'rik shirin sardagi solib tarqatiladi. Agar puding kattaroq qolipdatayyorlansa, porsiyalargabo'lib tarqatiladi. Konservalangan mevalardan tayyorlangan puding (gurev bo'tqasi). Sutni toza idishga solib, qovurish shkafiga qo'yiladi va 240—260°C darajali sharoitda yuzida qaymoq (yupqa qobiq) hosil bo'lguncha ushlanadi. So'ng qaymog'i qoshiq bilan olinadi. Shu tariqa bir necha bor sut yuzidagi qaymog'i ajratib olinadi va tayyor taom tarqatilguncha saqlanadi. Sut-suv aralashmasidan ilashimli manna bo'tqasi tayyorlanadi va unga shakar, sariyog' qo'shib aralashtirib, 50—60°C li darajagacha sovitiladi. Tuxum oqi ajratib olinib ko'pirtiriladi. Agar pudingga yong'oq solinsa, uni tozalab mag'zi maydalanadi. Sovitilgan bo'tqaga tuxum sarig'i, vanilin, yong'oq solib yaxshilab aralashtiriladi, so'ng ko'pirtirilgan tuxum oqi qo'shilib yana bir bor aralashtiriladi. Tayyorlangan mahsulot va sut qaymog'i porsiyali tovaga bir qavatdan qilib ustma—ust solinadi. Solingan mahsulot usti tekislanib, shakar sepiladi, pazandachilik ignasi qizdirilib, sepilgan shakarga kuydirilgan holda bezak berilib qovurish shkafida 5—7 minut yopiladi. Tayyor puding o'z tayyorlangan tovasida, ustidan marinadlangan meva va yong'oq mag'zi bilan bezab tarqatiladi. Alohida sardak idishida issiq o'rik shirin sardagini berish mumkin. Gurev bo'tqasi yangi mevalardan tayyorlansa, mevalar ishlovdan o'tkazilib palladia shaklida kesiladi va quyuq shakar sharbatida qaynatib olinadi.


Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. Axrorov Umid Bakirovich, Axrorov Shuhrat Umidovich "Taom tayyorlash texnalogiyasi". 2008 yil. Toshkent


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80