Ismlarning ma’nosini bilasizmi?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Ism insonni boshqalardan ajratib turadigan eng asosiy omildir. Bashariyat tarixida boshidanoq bolaga ism quyish tutilgan onidan yoki bir oz vaqtdan keyinroq amalga oshirilgan.
Usha zamonlarda ham ota-onalar o‘z bolalariga quygan ismlari biron bir ma’no anglatishini istagan. Chunonchi, ism bolaning tashqi kurinishidagi biror belgisiga qarab berilishi yoki unga qo‘yilgan yoqimtoy laqab kurinishida ham (bulishi mumkin edi. Nasroniy ismlarning ildizi kuhna tillarga borib taqaladi. Masalan, Benjamin (Veniamin) — yahudiy, Endryu (Andrey) — yunon, Alfred — ingliz-sakson tillaridan olingan. Ibtido davrida ham ismlar qandaydir ma’nolarni anglatgan: ocharchilik paytida tug‘ilgan qizaloqni — Una (kel’tchada "ochlik") deb atashlari mumkin edi. Oltinsoch qizaloqqa — Flaviya ( lotincha "sariq") yoki Blansh (fransuzcha "oq") ismlari quyilgan. Shuningdek, ismlar ma’lum ma’nolarni anglatgan: David (Oshiq), Syuzen (liliya), Debora (asalaricha) va Margaret (marvarid).
Angliya va Amerika Qushma Shtatlarida ota-onalar farzandlariga o‘zlari xohlagan ismlarni quyishlari mumkin, ammo Fransiya va Germaniyada ismlar faqat rasmiy ruyxat buyicha quyiladi. Ismlar bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilinganida g‘alati uzgarishlar ruy beradi. Masalan, tevtonchada "Genri" (oila boshlig‘i degan ma’noni beradi) ismi inglizchada Garri, fransuzchada Anri, nemischada Genrix, italyanchada Enriko va daniya tilida Gendrixga aylanadi.
Odamlarni ismlar orqali farqlash qiyinlashgach, bundan tuqqiz asr muqaddam familiyalarning ommalashuvi boshlandi. Dastlabki familiyalarda otaning ismi, shaharning nomi, shuningdek, shaxsning kasbi-kori aks ettirilishi mumkin edi.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80