Homiladorlik belgilari

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Ayolning homiladorligini bildiradigan birinchi belgi hayz ko‘rmay qo‘yishidir. Ayol sog‘lom bo‘lsa va avvaldan muntazam hayz ko‘rib yurgan bo‘lsagina hayzning to‘xtab qolishi homiladorlikning aniq belgilaridan hisoblanadi.
Hayz kelmay qolishi hamma vaqt ham homiladorlikning aniq belgisi hisoblanmaydi. Ba’zi kasallik holatlarida (kamqonlik, qand kasalligi, terlama, bezgak va silning og‘ir turlarida), kishi ayajonlanganida, qo‘rqqanida, iqlimni keskin o‘zgartir-ganda, qattiq ruhiy ta’sirlanish hamda kam ovqatlanish natija-sida oriqlab ketganda, shuningdek o‘tish davrida ham hayz kelmay qolishi mumkin. Eri bilan normal jinsiy hayot kechirayotgan ayolda hayz kelmay qolishi homiladorlik belgisidir. Kutilgan vaqtda hayz kelmay qolsa, ikki haftadan so‘ng ayollar maslahatxo-nasiga ko‘rinish kerak.
Homiladorlik boshlanishining bir qancha boshqa belgilari ham bor. Masalan, ayolning ko‘ngli ayniydi (ba’zan qayt qilish hollari ham bo‘ladi), og‘iz suv ochadi (to‘xtovsiz so‘lak ajralib, tupurishga zarurat tug‘iladi), har xil hidlar ko‘ngil ozdiradi, sho‘r va nordon narsalarni ko‘ngil tusaydi, ta’m bilish ham o‘zgarib ketadi ba’zan yeyilmaydigan narsalarni ham (masalan, bo‘r, gilvata) yegisi keladi (bu ona organizmida qorindagi bola skeletining shakllanishi uchun zarur bo‘lgan kalsiy tuzlarining yetishmasligi bilan izohlanadi). Ko‘pincha asabiylashish, mador-sizlik, uyquchanlik holatlari kuzatiladi.
Odatda homilador ayolning ko‘krak bezlari kattalashadi, ko‘krak to‘lib turganga o‘xshaydi, uchlari kattalashib, birmuncha qoraroq tusga kiradi, atrofida qo‘shimcha bezlar paydo bo‘ladi. Ko‘krak uchini sitib ko‘rilsa, homiladorlikning dastlabki davrida ti-niq suyuqlik, keyinchalik esa sarg‘ish suyuklik chiqadi, bu «og‘iz suti» deb ataladi. Qorinning o‘rtasida, kindikdan pastga qarab teri pigmenti ko‘proq to‘planadi, natijada qoramtirroq chiziq o‘tganday ko‘rinadi. Aytib o‘tilgan belgilar sekin-asta paydo bo‘lib, homiladorlikni tasdiqlaydi. Hayz to‘xtashidan 3—4 hafta o‘tgach, homilador ayol ayollar maslahatxonasiga uchrashi lozim. Vrachga o‘z vaqtida uchrashish tug‘ruq vaqtini aniq belgilash imkonini ham beradi.
Ayrim uzbek ayollar homilaning dastlabki davrida, hatto 4—5 oygacha ham vrachga uchrashmaslikni maslahat beradilar. Buni ular «tekshiruvlar bilan tinkangni quritishadi, qolaversa tug‘ruqxo-nalardagi vahimalardan nariroq yurgan yaxshi» deb izoxlashadi.
Buning o‘ta noto‘g‘ri ekanligi ko‘pchilikda shubha uyg‘otmaydi. Chunki homila paydo bo‘lgandan to bola to‘g‘ilgunga qadar bo‘lajak ona va vrach bahamjihat ishlagandagina, ayolning homilani aso-ratsiz ko‘tarishi, ko‘zi yorishi yaxshi kechadi. Axir vrach homilador ayolning salomatligi, unda kechadigan o‘zgarishlarni normal bo‘li-shini kuzatish bilan birga uni ruhan tug‘ishga ham tayyorlaydi. Ayollar maxsus mashg‘ulotlarda homiladorlik va tug‘ruq qanday kechishini, tug‘ruq jarayonlari vaqtida o‘zini qanday tutish ke-rakligini bilib oladilar. Homiladorlarga tug‘ruq vaqtidagi og‘riq-larni yo‘qotishga yordam beradigan maxsus usullar o‘rgatilishi yaxshi natija beradi: tug‘ruq davri qisqa va yengil, og‘riqsiz o‘tadi yoki og‘riq uncha kuchli bo‘lmaydi. Homiladorlikning kechishi va yaxshi tugallanishi, ko‘p hollarda ayollarning o‘ziga bog‘liqligiga ishonch hosil qildiriladi.


Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Xotin-Qizlar Ensiklopediyasi" O'zbekiston milliy ensiklopediyasi-Davlat ilmiy nashriyoti 2010 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80