Homilador ayol organizmidagi o‘zgarishlar

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Homiladorlik — ayol uchun eng mas’uliyatli, og‘ir va dolzarb davr. Bu davrda ayolning har bir a’zosi va a’zolar tizimi organizm-dagi mavjud zahiralarni ishga solgan holda muayyan funksional o‘zgarishlarga bardosh beradi. Homilador ayol organizmida yuz berayotgan barcha o‘zgarishlar homilaning yaxshi rivojlanishini ta’minlashga va tug‘ruqning tabiiy kechishiga qaratilgan bo‘ladi. Ayni paytda a’zo va a’zolar tizimi faoliyatida murakkab qayta qurishlar sodir bo‘ladi. Bularning hammasi homilaning oziqlani-shi, yaxshi rivojlanishiga qaratilgandir.
Ona organizmida modda almashinish jarayoni tezlashadi. Ba’zi a’zolarga ayniqsa zo‘r keladi. Barcha hayotiy jarayonlarni boshqarib turuvchi markaziy asab sistemasi vazifasi o‘zgaradi. Orqa miya qo‘zg‘alishining pasa-yishi bachadon muskullarini bo‘shashtirib, uni tinch holat bilan ta’minlaydi. Homiladorlik paytida ichki sekretsiya bezlari homi­la uchun zarur bo‘lgan gormonlarni ishlab chiqaradi. Platsenta gormonlari ta’siri ostida bachadon kengayib cho‘ziladi, sut bezla­ri kattalashadi, avval ularda og‘iz suti paydo bo‘lib, tug‘ruqdan keyin bolani boqish uchun rostmana sut ajraladi. Bachadon hafta sayin kattalashib boradi. Qorinning kattalashuvi faqat 20—22 haftada bilinadi. Qin va tashqi jinsiy a’zolar bo‘rtib, elastik bo‘ladi, qin yo‘li va bachadon bo‘yni ko‘kimtir tuye oladi, ularning shilliq qobig‘i mayin duxobasimon bo‘lib qoladi. Homiladorlik davrida ayniqsa modda almashinuvidan, organizmni ortiqcha nar-salardan tozalovchi a’zolar (jigar, buyrak)ga og‘irlik tushadi, chunki ular ham onaga, ham homilaga xizmat qiladi. Homiladorlik me’yorida kechganda siydikda oqsil ham, o‘t pigmenti ham bo‘lmaydi.
Ko‘pchilik homiladorlar tez-tez siyadigan bo‘lib qoladi, bunga sabab bir tomondan homilador ayol o‘zini ham, homilani ham ta’minlash uchun ko‘p suyuklik iste’mol qilishi bo‘lsa, ikkinchi tomondan, bachadon siydik qopini qisadi. Yurak qisqarishi tez­lashadi, uning hajmi kattalashishi tufayli kislorodga boy qon onaning zarur a’zolariga va bachadonga yetkaziladi. Sog‘lom yurak faoliyati tezlashgan bu holatni tabiiy o‘tkazadi. Nafas olish chuqurlashib, qon kislorod bilan to‘liqta’minlanadi. Qon tomir-lari kengayadi, gaz almashinishi tezlashadi.
Homilador ayolning og‘irligi muttasil ortib boradi, homila­dorlikning ikkinchi yarmida hafta sayin 300—350 g, oxirida tananing og‘irligi 8—12 kg ga ortadi. Ko‘pincha homiladorlar yuz terisida, ayniqsa peshonada, labning yuqorisida, ko‘krak uchi va atroflarida jigar rang tu yeda dog‘lar paydo bo‘ladi. Homilaning kattalashishi va terining taranglashishi natijasida homilador­likning 2-yarmida qorin terisida pushti, qizg‘ish yoki ko‘kimtir taram-taram chiziqlar paydo bo‘ladi, bunday chizikdar sut bezda­ri, buksada ham paydo bo‘lishi mumkin.

Ayollarning ko‘pida homiladorlik davrida oyoq va tashqi jin-siy a’zolar teri osti tomirlarining, varikoz kengayishi paydo bo‘ladi. Bunday ayollar homiladorlik, tug‘ruq va tug‘ruqdan keyingi davrlarda maxsus kun tartibiga rioya qilishlari kerak bo‘ladi. Qorin kattalashgan sari tananing og‘irlik markazi old tomonga ko‘chadi, bu esa qadam tashlashni ham o‘zgartiradi: homilador ayol yelka va gardanlarini orqaga tashlab, belini qiyshaytirib «vi-qor» bilan yuradi.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Xotin-Qizlar Ensiklopediyasi" O'zbekiston milliy ensiklopediyasi-Davlat ilmiy nashriyoti 2010 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80