Haqiqatan ham sutka 24 soatdan iboratmi?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Vaqt o‘lchovining qulay bo‘lishi uchun odamlar kecha va kunduzni 24 soatga bo‘lib chiqishgan. Biz uchun "vaqt birligi" deb qabul. qilingan soat, daqiqa va lahzalarning muddatini ko‘rsatuvchi tabiiy belgilar yo‘q. Ammo sutka yoki kun bilan belgilanadigan vaqt birligi bundan mustasno. Sutkada Yer quyoshga nisbatan uz o‘qi atrofida garbdan sharqqa qarab bir marta tuliq aylanadi. Bu mutlaq uzgarmas muddatdir.
Sutka 2,4 soat emas, undan birmuncha kam ekanligi sizga g‘alati tuyulishi tabiiy. Olimlar yulduzlarga qarab, Yerning tuliq aylanish vaqtini aniqlatttdi. Buning uchun ular Yerning aylanishiga perpendikulyar teskari bo‘lgan Shimrliy qutbdan Janubiy qutbgacha o‘tadigan faraziy chiziq — meridian tepasida muayyan yulduz turgan vaqtni qayd etitttdi. Aynan ana shu qayd etilgan vaqt sutkaning boshlanishi deyiladi. Usha yulduzning yana meridian tepasiga kelishi bilan sutka yakunlanadi. Ana shunday oddiy usul bilan ulchangan o‘rtaliqdagi muddat astronomik yoki yulduzli sutka deb ataladi. Yulduzli sutka 23 soatu 56 daqiqa, 4,09 lahzadan iborat ekan. Bir yilimiz 366 astronomik sutkadan iborat. Yerning quyosh atrofidan bir marta aylanishi yil deb qabul qilingan. Agar sutka 24 soatdan iborat bulsa, unda yil 365 kunga teng kelyapti. Qulaylik uchun tuzilgan taqvimga asosan to‘rt yilning bir yili 366 kundan iborat bo‘lib, u kabisa yili, 365 kunlik qolgan uch yil esa oddiy yillardir.
Har doim ham vaqt bu tarzda o‘lchanmagan. Masalan, qadim Yunonistonda quyosh chiqitttdan botishgacha o‘tgan vaqt — sutka deb qabul qilingan. Tungi vaqt esa hisobga olinmagan. Lekin qadimgi Rimda xuddi hozirgiday yarim kechadan yarim kechagacha bo‘lgan muddat sutka deyilgan.
Soat ixtiro etilgunga qadar kun va tun 12 ta teng qismlarga bo‘lingan edi. Lekin kun va tunning uzunligi fasllarga qarab o‘zgarganligi tufayli bu o‘lchovga moye kelmaydi. Yezda kunlar tunlardan uzun, qishda esa buning aksi ekanligi ma’lum. Sutkani birinchi bo‘lib rimliklar 24 soatga bo‘lib chiqqanlar. Vaqt o‘lchovi bugungacha ana tu mezonga asoslanadi.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80