Golfstrim nima?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Golfstrim Atlantika okeanidagi eng mashhur oqim bo‘lib, bu oqim shunchalik ulkanki, uning massasi quruqlikda oquvchi jami daryolar suvining massasidan ham katta. Golfstrim Amerika Qo‘shma Shtatlarining sharqiy sohili bo‘ylab sshmoliy yo‘nalishda Atlantika okeanining shimodiy qismi orqali Yevropaning shimoli g‘arbigacha yetib boradi. Golfstrimning yorqin ko‘k rangli suvi shu yo‘nalishi bo‘ylab okeandan oqib o‘tar ekan, u okeandagi kukish va och kulrang suvlardan keskin ajralib turadi.
Golfstrim oqimi Atlantik okeanining ekvatorga yaqin nuqtasida boshlanib, harakatga kiradi. Okean suvining yuza qismi garbiy yunalishda harakatlangani sababli, Golfstrim oqimy avvaliga Janubiy Amerikaning shimolidagi Karib dengizi sari yo‘naladi. U ishmolga burilib, AQShning iliq sharqiy sohillarida Golfstrimga aylanadi. Oqimning iliq bo‘lishiga uni yuzaga keltirgan issiq mintaqa sabab. Ulkan massali mazkur iliq oqim ko‘plab mintaqalarning iqlim o‘zgarishlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi, Masalan, Shimoliy Yevropa sari esadigan shamollar Golfstrim oqimi bilan to‘qnashganda (yana u shimoliy —atlantik oqim ham deyiladi},, Norvegiya, Shvetsiya, Daniya, Gollandiya va Belgiyaga iliq ob-havo, iliqlik olib keladi, Natijada, ayni shunday kengliklardagi hududlarga nisbatan bu yerlarda qish iliqroq kechadi. Shuning uchun ham Norvegiya yaqinidagi sohillarning dengiz bandargohlaridagi suvni yilning biron bir faslida muz qoplamaydi!
G‘olfstrim sharofatidan Parij va London qishlari iliq, lekin ularga nisbatan janubroqdagi Labradorda qish nihoyatda sovuq keladi. Golfstrim ustidan o‘tgan shamollar iliqlashib, namga to‘yinadi. Shu sababli iliq shamollar Nyufaundlendga yaqinlashganda harorat pasayishidan hududni qalin tuman qoplaydi. O‘sha hududnshsh Katta Bankidagi mashhur tumanlarning sababchisi ham Golfstrim hisoblanadi.! Golfstrim oqimi Yevropaga yunalgani uchun ham Shimoliy Amerika iqlimiga deyar ta’sir qilmaydi.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar



Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80