Go'shtli kotlet mahsulotidan tayyorlanadigan taomlar

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Go'shtli kotlet mahsulotlaridan qovurib, dimlab va yopib taom tayyorlanadi. Taom g'ovak, mazali, yumshoq bo'lishi uchun pishi-rishga tayyor mahsulotlar tarqatishdan awal ikki yoqlama qobiq hosil qilib qovurilib, qovurish shkafida iste'molga tayyor holga keltirilishi lozim. Taom iste'molga tayyor bo'lganligini uning yuzida oq ko'pikchalar paydo bo'lganligidan yoki asta bosib ko'rganda rangsiz suyuqlik ajralib chiqishidan bilish mumkin. Qovurish jarayonida pishirishga tayyor mahsulot o'z vaznini 19% gacha yo'qotadi. Tarqatishda taom ustidan go'sht sardagi, eritilgan yog' yoki bir chetiga sardak quyib beriladi. Garnirli kotlet, bitochki. Go'sht kotlet mahsulotidan tayyorlangan kotlet yoki bitochki qizib turgan yog'da ikki yoqlama qobiq hosil qilib qovurilib, qovurish shkafida iste'molga tayyor holga keltiriladi. Tarqatishda porsiyali lagancha yoki likopchaga garnir suzilib, yoniga kotlet yoki bitochki qo'yiladi va ustidan sariyog', go'sht sardagi yoki bir chetiga sardak quyib, ko'kat sepib beriladi. 3—4 xil sabzavot aralashmasidan tayyorlangan garnir ishlatiladi. Sardaklardan esa kotlet uchun — qizil asosiy, piyozli qizil, piyozli va karnishonli qizil, tomatli oq, piyozli smetana, bitochki uchun ham qaymoq, smetana sardaklari ishlatiladi. «Qiymali shnitsel» uchun tayyorlangan mahsulot xuddi kotletga o'xshash tayyorlanib, tarqatiladi. Qiymali zraza. Pishirishga tayyorlangan qiymali zraza qizib turgan yog'da ikki yoqlama qobiq hosil qilib tovada qovurilib, qovurish shkafida iste'molga tayyor holga keltiriladi. Tarqatishda porsiyali lagancha yoki likopchaga guruch yoki grechixa bo'tqasi, kartoshka pyuresidan iborat garnir suzib, yoniga 1—2 dona zraza qo'yiladi, ustidan sariyog' sepib, yoniga qizil yoki piyozli qizil sardak quyib, ko'kat sepib beriladi. Tefteli. Pishirishga tayyor qiymali tefteli yuzaki qobiq hosil qilib qovurilib, chuqur tovaga bir qator teriladi, ustidan qaynab turgan sardak quyilib, qovurish shkafida 10—12 minut davomida iste'molga tayyor holga keltiriladi. Sardaklardan qizil yoki tomatli, smetana bilan tomat aralashmasidan tayyorlanganlari ishlatiladi. Yana teftelilar ko'p yog'da yuzaki qovurilib, chuqur tovaga 1—2 qator terib, sardakda dimlab tayyorlanishi ham mumkin. Tarqatishda porsiyali tova yoki likopchaga donador guruch, grechixa bo'tqasi yoki kartoshka pyuresi suzilib, yoniga tefteli qo'yiladi va tefteli tayyorlangan sardagidan quyib, ko'kat sepib beriladi. Mayda chopilgan sarimsoq ham sepib berish mumkin. Guruch bilan smetanada yopilgan bitochki (qozoqcha usul). Donador guruch bo'tqasiga jazlangan tomat qo'shib aralashtiriladi. Bitochki ikki yoqlama yuzaki qovuriladi.Yog'langan porsiyali tovaga bo'tqa solinib, o'rtasi ochiladi va tayyorlangan bitochki o'sha yerga qo'yiladi, ustidan smetana sardagi quyilib, yopiladi. Tarqatishda yopilgan tovasi bilan likopchaga qo'yib, ko'kat sepib beriladi. Makaronli rulet. Tayyorlangan makaron ruleti qovurish shkafida 30—40 minut davomida harorati 220—230°C li darajada qobiq hosil qilib yopib, iste'molga tayyor holga keltiriladi. biroz sovitilib, porsiyasiga 1 yoki 2 bo'lakdan kesib likopcha yoki porsiyali laganchaga solib, ustidan go'sht sardagi yoki bir chetiga qizil yoki piyozli sardak quyib, ko'kat sepib beriladi. Agar rulet piyozli, tuxumli qiyma bilan tayyorlansa, tarqatishda yoniga garnir berish ham mumkin.


Bo’limga tegishli boshqa maqolalar



Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. Axrorov Umid Bakirovich, Axrorov Shuhrat Umidovich "Taom tayyorlash texnalogiyasi". 2008 yil. Toshkent


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80