Go'sht yarim tayyor mahsulotlarni tayyorlash

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Go'shtdan tayyorlanadigan yarim tayyor mahsulotlar tayyorlanish usuliga qarab sof, urvoqqa belangan va qiymalangan turlarga bo'linadi. Yarim tayyor mahsulotlarni tayyorlash jarayonida kesish, to'qmoqchada urish, paychoqlarini biroz kesish, urvoqqa belash, ichiga ziravorlar tiqib, pishirishga tayyorlash, marinadlash kabi ishlov berish jarayonlaridan o'tkaziladi. Kesish. Go'sht to'qimasi holatiga qarab to'g'ri burchak yoki 40—45° burchak ostida kesiladi. Bunda porsiyalangan bo'laklar yaxshi ko'rinishga ega, deformatsiyalanishi kam bo'ladi.
To'qmoqchada urish. Bo'laklarga bo'lingan go'sht oldindan suvga bo'ktirib qo'yilgan to'qmoqcha bilan uriladi. Bunda go'shtdagi birlashtiruvchi to'qima g'ovakligi oshadi, go'sht yuzasi tekislanadi, usti dazmollanganday tekislashib, bo'lakka tegishlicha shakl beriladi va bir xil issiqlik ta'sir etish imkoniyati yaratiladi.
Paylarni biroz kesish. Paylari bir necha yerdan kesiladi. Bundan maqsad porsiyalangan go'shtga issiq ishlov berganda u o'z shaklini saqlab qolishini ta'minlashdir.
Urvoqqa belash. Go'shtdagi sharbatning oqishini va namlikning bug'lanishini kamaytirish maqsadida urvoqqa belanadi. Urvoqqa belangan mahsulot issiq ishlovda chiroyli va urvoq mahsulot mazasini yaxshilovchi qobiq hosil qiladi. Go'shtni urvoqqa belashdan awal lezonga botiriladi. Bunda urvoq yarim tayyor mahsulotga yaxshi yopishadi. Shpiglash. Go'shtning ichiga ziravorlar tiqib pishirishga tayyorlash shpiglash deyiladi. Shpiglash natijasida go'shtning sharbatdorligi, ta'mi va xushbo'yligi oshadi.
Marinadlash. Go'shtlar porsiyalangan yoki mayda kesilgan holda marinadlanadi. Natijada go'shtning birlashtiruvchi to'qimalari yumshaydi, uning ta'mi va xushbo'yligi oshadi. Yarim tayyor mahsulot tayyorlashda tozalangan go'sht bo'lagi ishlatiladi. Yarim tayyor mahsulotlar yirik bo'lak, porsiyaga bo'lingan bo'lak, mayda kesilgan bo'laklaiga ajratiladi.
Yarim tayyor mahsulot tayyorlashda pushtimag'iz uch qismga — yo'g'on (bosh), o'rta va ingichka (dum) qismlariga bo'linadi. Pushtimag'izning har bir qismidan o'ziga xos yarim tayyor mahsulot tayyorlanadi.
Yirik bo'lakli yarim tayyor mahsulotlar. Rostbif — paylardan tozalangan pushtimag'izning lahm joyidan tayyorlanadi. Bu yarim tayyor mahsulot yo'g'on yoki ingichka taliqdan tayyorlanadigan bo'ka, bir necha yeridan paylari va pardalari yuzaki kesilishi kerak. Pishiriladigan go'sht — sonning son, tashqi, yon qismidan, qo'l, qo'l osti, to'sh, qovurg'a qismlaridan 1,5—2,5 kg dan tayyorlanadi. Porsiyalangan yarim tayyor mahsulotlar. Bifshteks — pushtimag'izning bosh qismidan to'g'ri burchak ostida, porsiyasiga bir bo'lakdan qalinligi 2—3 sm shayba shaldida qilib kesiladi. Biroz to'qmoqchada uriladi.
Biroz yumshatilgan bifshteks sonning yuqori yoki ichki qismidan kesihb ikki yoqlama yuzaki paychoqlari chopiladi yoki yumshatuvchi mashinadan o'tkaziladi.
File pushtimag'izning o'rta qismidan, porsiyasiga bir bo'lakdan, qalinligi 4— 5 sm qilib, to'g'ri burchak ostida kesiladi va silindr shakli beriladi.
Langet Pushtimag'izning ingichka qismidan 40—45° burchak ostida, qalinligi 1,0—1,5 sm qilib oval shaldida kesiladi. To'qmoqchada biroz uriladi. Porsiyasiga 2 bo'lakdan ishlatiladi. Antrekot. Yo'g'on yoki ingichka tahq qismidan 1,5—2 sm qalinlikda kesihb, to'qmoqchada biroz uriladi, paylari va pardalari kesihb, uzunroq oval shaklida tayyorlanadi.
To'qmoqlab tayyorlangan zrazi. Sonning yon va tashqi qismidan 1,0—1,5 sm qalinlikda kesihb to'qmoqchada uriladi, bir chetdan, qiyma qo'yib o'ralib, mayda kolbasashakli berilib,'arqon yoki ip yordamidabog'lanadi.Qiymasifatidato'l^)ishirib, tozalanib mayda chopilgan tuxum yoki pishirib chopilgan qo'ziqorin, qovurilgan piyoz, urvoq, ko'kat, tuz, murch aralashmasi ishlatiladi. Duxovkada pishirishga moijallangan mol go'shti. Sonning yon va tashqi qismidan 1,5—2,0 sm qalinlikda kesilgan, to'qmoqchada biroz urilib, 1—2 dona hisobida tayyorlanadi.
Romshteks. Sonning ichki yoki yuqori qalin yoki yupqa tahq qismidan 1,5— 2 sm qalinlikda doira shakhda kesihb to'qmoqchada biroz uriladi, paylari kesiladi, tuz va murch sepiladi, lezonga botirihb, qizil urvoqqa belanadi va shakl beriladi. Mayda boiakK yarim tayyor mahsulotlar. Befstroganov — sonning yuqori va ichki qismi, qalin va yupqa qismidan kesib olinadi. Pushtimag'iz qirqimlaridan 1— 1,5 sm qalinlikda kesilib, to'qmoqchada 0,5 sm qalinligiga kelguncha uriladi va uzunligi 3—4 sm, og'irhgi 5—7 gramm qihb to'g'raladi.
Azu. Sonning yon va tashqi qismidan 1,5—2 sm qalinlikda kesiladi. To'qmoqlab 1 sm ga keltirilib, uzunligi 3—4 sm, og'irligi 10—15 g to'g'ri to'rtburchakli qihb uzun kesiladi.
�3-jadval


Go'sht bolaklari Yarim tayyor mahsulotlotko'rinishi

Yirikbolakli Porsiyalangan Mayda boiakli Pushti mag'iz Qovurish uchun Bifshteks, file, langat Bifstroganov, Moskvacha kabob Yo'g'on, ingichka taliq qismi Qovurish uchun Antrekot, romshteks Befstroganov, qovurdoq Sonning ichki, yuqori qismi Dimlab pishirish uchun Romshtekis, urib tayyorlangan zrasi Befstroganov, qovurdoq. Sonning yon, tashqi qismi Dimlab pishirish uchun shpiglangan go'sht Duxovkada pishirishga mo'ljallangan go'sht, urib tayyorlangan zrazi Azu Qovurdoq.
Sonning ichki va yuqori qismidan qalin, yupqa taliq qismidan 2 sm ga yaqin qalinlikda yupqa kesilib biroz to'qmoqchada uriladi, to'rtburchakli uzun shaklda, og'irligi 10—15 gramm qilib to'g'raladi. Moskvacha kabob. Pushtimag'izdan 30—40 grammli kubik shaklida kesib to'qmoqchada biroz uriladi, qo'y yog'i kvadrat piyoz halqa shaklida to'g'raladi. Tayyorlangan mahsulot sixga go'sht, piyoz, dumba yog'i ketma-kethgiga rioya qilib o'tkazib tayyorla-nadi. Gulyash, Qovurg'a, qo'l osti bo'laklari go'shtidan 20—30 grammli kubik shaklida kesiladi. 4—5 dona jaz porsiya hisobida ishlatiladi. 3-jadvalda umumiy ovqatlanish korxonalarida tayyorlanadigan yarim tayyor mahsulotlar turlari berilgan.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. Axrorov Umid Bakirovich, Axrorov Shuhrat Umidovich "Taom tayyorlash texnalogiyasi". 2008 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma’lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80