Go'sht qiymasini va undan yarim tayyor mahsulotlarni tayyorlash

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Go'sht qiymasini tayyorlash uchun bo'yin, peshnob, qovurg'a go'shtlari hamda go'sht bo'laklarini tozalash, yarim tayyor mahsulotlar tayyorlashda chiqadigan mayda go'sht bo'lakchalari ishlatiladi. Agar go'sht qiymasi II darajali go'shtdan tayyorlansa, uning yumshoqlik darajasi va ta'mini yaxshilash uchun dumba yog'i qo'shiladi. Paylardan tozalangan go'sht bo'laklarga bo'linadi, dumba yog'i bilan birga go'sht qiymalagichdan o'tkaziladi. Go'sht qiymalovchi uskuna ikkita pichoqdan tashkil topgan bo'lsa, bir marta, agar bittadan tashkil topgan bo'lsa, ikki marta o'tkazilishi kerak. O'tkazilgan qiymaga biroz suv, tuz, murch qo'shib aralashtiriladi, urib pishitiladi. Yog'Uq go'shtga dumba aralashtirilmaydi, buning hisobidan go'sht miqdori oshiriladi. Bir kilogramm sof go'sht qiymasini tayyorlash uchun 800 gramm go'sht, 120 gramm dumba yog'i, 70 gramm suv yoki sut ishlatiladi.
Sof qiyma massasidan quyidagi yarim tayyor mahsulotlar tayyorlanadi: Qiymali bifshteks. Dumba yog'i mayda to'rtburchak shaklida to'g'ralib, tayyorlangan mol go'shti qiymasiga aralashtiriladi va ma'lum porsiyaga bo'linib, qalinligi 2 santimetrdan qihb doira shakli beriladi. Porsiyasiga 1 donadan ishlatiladi.
Qiymali ffle. Mol go'shti qiymasi porsiyaga bo'lib, silindr shakli beriladi. Porsiyasiga 1 donadan ishlatiladi. Qiymali langet. Mol go'shti qiymasini porsiyalarga bo'linib, qalinligi 1—1,5 santimetrdan qihb oval shakli beriladi. Porsiyasiga 2 donadan ishlatiladi.
Sof qiyma kotleti. Qo'y go'shtidan qiyma tayyorlanib, porsiyalarga bo'linadi, oval shakl beriladi, bir uchiga go'shtidan tozalangan qo'y qovuig'a suyagi uchi tiqilib, lezonga botiriladi va urvoqqa belanadi.
* Sof qiyma shnitseli. Qiyma porsiyalarga bo'linadi. 1 santimetr qalinlikda oval shakli berilib, lezonga botiriladi va non urvog'iga belanadi. Qiymali romshteks. Mol go'shti qiymasini porsiyalarga bo'lib, cho'zinchoq shakl beriladi, lezonga botirilib, non urvog'iga belanadi. Frikadelka. Go'shtni bo'laklarga bo'linib go'sht qiymalagichdan o'tkaziladi. Unga xom tuxum, jazlangan piyoz, tuz, murch va biroz suv qo'shib aralashtiriladi. So'ng miqdori 7—10 grammdan qilib porsiyalanadi va shar shakli beriladi.
Qiyma kabob. Qo'y go'shti qiymasidan tayyorlanadi. Go'shtni bo'laklarga bo'lib to'g'ralgan piyoz, dumba yog'i bilan qo'shib go'sht qiymalagichdan 2—3 marta o'tkaziladi. Tuz, murch, ziravor qo'shib aralashtiriladi. biroz limon sharbatini qo'shish ham mumkin. Aralashma marinadlanishi uchun 2—3 soat davomida sovutkichgaqo'yiladi. So'ng porsiyagaajratilib, kichik hasip bo'lagi shakli berilib sixga tortiladi va qo'yiladi.


Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. Axrorov Umid Bakirovich, Axrorov Shuhrat Umidovich "Taom tayyorlash texnalogiyasi". 2008 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma’lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80