Go'sht kotlet massasi va undan yarim tayyor mahsulotlar tayyorlash

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Go'sht kotlet massasini tayyorlashda mol go'shtining bo'yin, boldir, peshnob bo'laklari go'shtlari va suyaklarini tozalaganda chiqadigan mayda go'sht bo'lakchalari; cho'chqa ba'zan qo'y go'shti bo'laklarini tozalaganda chiqadigan mayda go'sht bo'lakchalari, bo'yinning yumshoq joyi ishlatilishi mumkin. Go'shtning yog'liqlik darajasi 10% gacha bo'lsa, tayyorlanadigan kotlet massasi sifat darajasi yaxshi bo'ladi. Agar go'shtning yog'liqlik darajasi kam bo'lsa, 5—10% miqdorda dumba yog'i qo'shib tayyorlanishi mumkin. Go'sht paylaridan, dag'al birlashtiruvchi to'qimalaridan, qotib qolgan qonlaridan tozalanib, kichik bo'lakchalar ko'rinishida kesilib, go'sht qiymalovchi mashinadan o'tkaziladi. Biroz suvi qochgan birinchi navh bug'doy bo'lka noni suv yoki sutda bo'ktirilib, suyuqligi siqiladi va go'sht qiymasi bilan aralashtirib, tuz, murch, qo'shilgan holda yana go'sht qiymalovchi mashinadan o'tkaziladi. Quyuq — suyuqligiga qarab sut yoki suv qo'shib aralashtirib, urib pishitiladi. Bunda kotlet massasining mayinlik va g'ovakli darajasi oshadi. Agar me'yoridan ko'proq urib pishitilsa tarkibidagi yog' miqdori kamayib o'z sifatini pasaytirishi mumkin.
Bir kilogramm go'sht uchun 250 gramm bug'doy noni. 300 gramm suv yoki sut, 20 gramm tuz, 1 gramm murch ishlatiladi. Go'sht kotlet massasidan quyidagi yarim tayyor mahsulotlar tayyorlanadi:
Kotlet.
Go'sht kotlet massasidan 57 gramm miqdorida uzib olinib, qalinhgi 2—2,5, uzunligi 10—12, kengligi 5 santimetrli uchi o'tkirlangan cho'ziq shakl berilib, urvoqqa (suxari panirovachniy) belanadi. Porsiyasiga 1—2 donadan ishlatiladi.
Bitochki.
Go'sht kotlet massasidan 57 gramm miqdorida uzilib, qalinligi 2— 2,5, diametri 6 santimetrli doira shakli berilib, urvoqqa belanadi. Porsiyasiga 2 donadan ishlatiladi.
Kotlet va bitochki uchun qiyma tayyorlash jarayonida porsiyasiga 5—8 gramm piyoz yoki 0,5—0,8 gramm sarimsoq piyoz qo'shish mumkin. Bunda tayyorlangan yarim tayyor mahsulot shu zahoti issiq ishlovga jo'natilishi lozim, aks holda go'sht rangi o'zgarishi va mahsulot sifati yomonlashishi mumkin.
Shnitsel.
Go'sht kotlet massasida porsiyaga taqsimlanadi,urvoqqa belanadi, qalinligini 1 santimetrga keltirilib oval shakli beriladi. Porsiyasiga 1 donadan ishlatiladi.
Zrazi.
Go'sht kotlet massasi kamroq non qo'shib tayyorlanadi. Porsiyaga taqsimlanadi, qalinligi 1 sm da, «obi non» shakli beriladi, o'rtasiga qiyma solinib, chetlari birlashtiriladi, qirrasi yedirilgan g'isht shakli berilib, urvoqqa belanadi. Porsiyasiga 1—2 donadan ishlatiladi. Qiymaga chopilgan tuxum, jazlangan piyoz, ko'kat, tuz, murch aralashtiriladi. Qiyma sifatida yana mayda kesilgan quymoq ishlatilishi ham mumkin.
Tefteli. Go'sht kotlet massasi non miqdori kamroq qo'shib tayyorlangandan so'ng mayda chopilib, jazlangan piyoz bilan aralashtirilib, porsiyalanadi. So'ng kattaroq yong'oqcha shaklida yumaloqlanib unga belanadi.
Rulet.
Go'sht kotlet massasiga kamroq non qo'shib tayyorlanadi. Ho'llangan sochiq yoki doka ustiga qalinligi 1,5—2 santimetr qilib to'g'ri to'rtburchak shaklida yoyiladi, kotlet massasi o'rtasiga biroz cho'ziq holda qiyma qo'yiladi va chetlari sochiq yoki doka yordamida birlashtirilib, baton shakli beriladi. Yog'lanib, urvoq sepilgan temir tovaga chokini pastga qilib sochiq yoki dokadan bo'shatiladi, ustiga lezon surtiUb, ustidan urvoq sepiladi va ust tomonidan bir necha yeridan teshiladi. Teshish issiq ishlovda yorilib ketishdan saqlaydi. Qiyma sifatida pishirib yog'langan makaron, pishirib chopilgan tuxum yoki jazlangan piyoz, ba'zan esa jazlangan piyoz va pishirib chopilgan tuxum aralashmasini ishlatish mumkin.


Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. Axrorov Umid Bakirovich, Axrorov Shuhrat Umidovich "Taom tayyorlash texnalogiyasi". 2008 yil. Toshkent


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80